|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Закрыто |
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
![]() |
#1 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
|
|
![]() |
#2 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Бироқ 338-339-хабарларни нима деб тушунса бўлади. Кечирасиз-у, вақтинчалик форумда ижод намуналарингизни қўя олмайсиз. Бошқа форумдошларга: Муҳтарам форумдошлар! Изоҳга ҳожат йўқ. "Муросаи-мадора" дейишади. Домла билан ўзаро муносабатларингизни шахсий хабар орқали ҳал қилинглар. Мавзу ижодни муҳокама қилишга мўлжалланган. Огоҳлантириш:Домла билан шахсий муносабатларни мавзуда ҳал қилган форумдош жарима олади.[/MOD] |
|
|
3 "+" от:
|
![]() |
#3 | |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Цитата:
Talaba qizning “jevachka”sini CHAYNASH sizga sira yarashmabdi... Talaba izlanadi, o`rganadi. Ijodiy izlanish yo`llarida yozganlari goho ustozining uslubiga o`xshab ketishi ajablanarli hol emas! Unga nazariy bilim berish bilan bir qatorda amaliyot va ijodiy mahorat sirlarini o`rgatganimizdan, alalxusus, shunday ulug`vor ishlardan ham kir axtarishingiz bachkanalikdan boshqa narsa emas... Bir paytlar ulug` ustozlardan ijodiy mahorat sirlarini o`rgandik. Endi esa gazeta va jurnallar tahririyatlarida, kitob nashriyotlarida ko`plab yosh qalamkashlarga amaliyot va ijodiy mahorat sirlarini o`rgatishga harakat qilyapmiz. Iste’dodli yosh qalamkashlar ijod maydonida o`z ovozlariga, munosib o`rnilariga ega bo`layotganidan juda-juda faxrlanamiz. Bugun OAV orasida internet yetakchi o`rinni egallayotgan ekan, bu mo`’jizakor ijod maydonida ham qo`ldan kelganicha iqtidorli yoshlarga mahorat sirlarini amalda o`rgatish burchimdir. (Bu borada avvalo o`zim ham muttasil izlanayotganimni, mahorat sirlarini o`rganayotganimni ko`rib (yo ko`rolmay!) turibsiz, albatta). Afsuski, ustoz ko`rmagan shogird ming maqomga yo`rg`alar, deganlaridek, birovlarga behuda loy chaplashdan boshqa tuzikroq narsa yoza olmayotganingizga juda achinaman... Bir gal, adashmasam, sizning rahbarligingizda ilmiy ish qilsam, degandek bo`lgandingiz. Agar shunday ezgu ishga qo`l ursangiz, avvalo o`sha talabalar darajasiga yetib olishingizga biz kafil! Ishni nimadan boshlay, deysizmi? Chaynashdek bema`ni odatingizni tashlasangiz, u yog`iga ijod bo`stonining nurafshon yo`llarida boshqa qoqilmas edingiz! Boshqa mijg`ovlik qilmaysiz, degan umiddaman. |
|
|
"–" от:
|
![]() |
#4 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Яна бир бор илтимос, муҳтарама модераторимизнинг огоҳлантиришига қатъий амал қилган ҳолда иш тутишларингизни сўрайман. Неки фикрларингиз бўлса почтамга юборасиз, деган умиддаман.
|
|
![]() |
#5 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
ИЗЛАНИШ ЙЎЛЛАРИДА
Ижод жараёнида энг муҳими - ижодий изланишдир. Бу жараён қай тариқа давом этишини тушунтириш нақадар қийиндир. Санъаткор ҳеч кимникига ўхшамаган янги куйни қандай яратади, яратгунига қадар изланиш жараёни қай тариқа кечади, ижодкор ҳам янги мавзуни топиши, қоғозга тушуриши, қайта-қайта ишлаб қиёмига етказиши шу қадар мураккаб. Турли газеталар (айниқса норасмий нашрлар)да эндигина қалами қайралаётган, ўзи чархланаётган ёш қаламкашлар ИЗЛАНИШ аталмиш ижод йўлининг бошида тургандек. Этапи билан улар "ЎзАС", "Халқ сўзи", "Ўзбекистон овози", "Миллий тикланиш", "Ҳуррият", "Моҳият", "Маърифат", "Туркистон" каби ижодий муҳит жуда яхши шаклланган таҳририятларда ҳам маҳорат сирларини ўргансалар нур устига аъло нур бўлади. Айни дамда журфакни тамомлаган ўнлаб ёш ижодкорлар ана шу таҳририятларда қалами қайралаётгани, чинакам журналист бўлиб шаклланаётгани умид уйғотади. Улардан бири - истеъдодли ёш журналист Ҳусниддин Бердиевнинг яқинда "Энг улуғ, энг азиз" танлови ғолиби бўлганини кўриб бениҳоя қувондим. Келгусида мазкур форумимизни ҳам ана шундай ижод бўстонига айлантира олсак нур устига аъло нур бўлур эди. Бу эзгу йўлда аввало муҳтарама модераторимиз жуда кўп саъй-ҳаракатлар қилмоқда. Жумладан, майда-чуйда, икир-чикир гапларга барҳам беришга қаратилган даъвати жуда одилона бўлган. Шахсий фикрларни почта орқали йўллаб, бутун дунё кузатиши мумкин бўлган саҳифаларимизни салмоқли ижод намуналари билан бойитиб борсак мақсадга мувофиқ бўлур эди. Германияда китобим чиқди, деган синглимиз ўша китобидан биттасини бериб турса, гапига ишониб, сўнг тақриз ёзиб "ЎзАС"да ёритардик. Унга берадиган айрим саволларимни ўшанда ўзига айтарман. (Бошқаларнинг бошларини беҳуда оғритиш яхшимас). Ижодий изланишнинг турли йўлларини кўриб келаётган бир ижодкор сифатида ғоят мамнуният билан айтмоқчиманки, қаламингиз чархланиши, ижодингиз гуллаши учун форумимиз яратган имкониятнинг баҳоси йўқ! Унинг қадрига етайлик! |
|
![]() |
#6 | |||
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Цитата:
Оффтоп: Aslida o'sha "talaba" bilan Sizning postlaringiz judayam o'xshashligining sababi boshqa ekanini ko'pchilik yaxshi biladi
Iltimos, yuqoridagi qoidalarni buzganliklari uchun chora ko'rishingizni so'rayman (So'ngra ushbi xabarimni ham o'chirib tashlashingiz mumkin)
__________________
Мой ЖЖ |
|||
|
![]() |
#7 | ||||||||
![]() ![]() ![]() програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743
5,086/2,116
– 69
99/68
![]() |
Цитата:
Сиздай доно одамга Префферминзенинг жевачкасини чайнаш Цитата:
Цитата:
Цитата:
Цитата:
Цитата:
Цитата:
Цитата:
Ақлим бўлганида шу ерда тортишиб ўтирармидим... Менимча уятга қоламан-ов...
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер. Последний раз редактировалось OmoN; 28.08.2010 в 09:59. |
||||||||
|
4 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#8 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Огоҳлантиришга риоя қилмаганлар жарима олдилар. Айбга буюрмайсиз.[/MOD] Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 29.08.2010 в 09:15. |
|
|
"+" от:
|
![]() |
#9 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
IZLANISH VA SABOQ
Har kimki hayotdan olmasa ta’lim, unga o`rgatolmas biror muallim, deganlaridek, o`rganaman degan odamga hayot o`zi istaganidan ko`prog`ini o`rgatib qo`yarkan. Hech kim onadan shoir yo kuychi bo`lib tug`ilmaydi. Dard (masalan, ishq dardi!) chekkan – shoir, kuygan – kuychi bo`laverar ekan. Yoshlikda qanchalik sodda va ishonuvchan bo`lganimni eslab entikaman. Qon bilan kirgan jon bilan chiqadi, deganlaridek hamon o`sha soddalik va ishonuvchanlik tark etmadi. Biroq, hayot ozmi-ko`pmi shumlikka ham o`rgatib qo`ydi. Bu – yaxshilikka, ezgulikka xizmat qiladigan “shumlik”. Undan hech kim ozor chekmaydi hisobi. Ozroqqina bo`lsa-da vijdoni borlarga tegishli xulosa chiqarishlari uchun yordam beradi. Murg`ak qalbimda ijodga ishtiyoq paydo bo`lganidan buyon ko`p aziz ustozlardan saboq oldim. Ijodning nozik sirlarini o`rganishda hamon davom etyapman. Hozir ham ustozlarning har bir durdona so`zini qalbimga jo qilishga intilaman. Gul bor joyda tikan ham uchragani misol o`sha ustozlarni topgan ijod maskanlarida goho bitta-yarimta “tikan”ga ham duch kelaman. Agar uning “maslahati” o`rinli bo`lsa, har qancha achchiq bo`lsa ham jon deb qabul qilgan bo`lur edim, afsuski... Ilk “tikan”ga roppa-rosa 35 yil ilgari, beshinchi sinfda o`qib yurgan kezlarim duch kelganman. Undan avval maktabimiz devoriy gazetasida, so`ng respublika bolalar nashrlarida (hozirgi “Tong yulduzi”, “Turkiston” gazetalari va “Gulxan” jurnali) ancha-muncha she’r, ertak va maqolalarim chiqqandi. O`sha tahririyatlardan ijod sirlari bayon etilgan xatlar kelardi. Ijod bo`stonida adabiyot o`qituvchimizdan keyingi ustozlarim menga e’tibor bilan xat yo`llashgan o`sha aziz insonlar bo`lgan! Beshinchi sinfda o`qib yurgan kezlarim o`qituvchimiz tuman gazetasiga ham yozishimni maslahat berdi. Pochta orqali maqola jo`natsam, butunlay o`zgartirib (o`zlaricha “tahrir” qilib) yoritishdi. Ochig`i, ba’zi “tahrir”lar sira yoqmasdi. Undan o`zim yozganlarim tuzukroqligini his etardim. Axiyri bir kuni o`ntacha she’rimni ko`tarib o`sha tahririyatga bordim. Kimdir “Madaniyat” bo`limiga kirishimni aytdi. Qiya ochiq eshikdan sekin mo`ralasam, qoshi qalin bir kishi savlat to`kib o`tiribdi. Salom bergancha iymanibgina kirdim. (Olloh rahmat qilgurlarning nomlarini aytmay va ruhini bezovta qilmay qo`ya qolaylik…) U qo`lyozmalarimni hijjalab o`qirkan, barmoqlari bilan nimanidir sanardi. Chamasi, sanog`i to`g`ri chiqdi. Demak, she’rlarning vazni joyida! Qofiyasiga ham e’tiroz bildira olmadi. Baribir, u aftini bujmaytirgan sari mening yuragim g`ijimlanib ketayotganga o`xshardi. Xuddi gunoh ish qilib qo`ygandek his etardim o`zimni. Nihoyat, “Madaniyat” bo`limi mudiri menga g`alati yuzlanib, shunday dedi: – Ulug` shoir ...ning she’rlarini ko`chirib kelgani uyalmadingizmi? Bu tuhmatomuz ta’nadan xafa bo`lish o`rniga xursandligimdan boshim shiftga tekkudek sakrab ketdim: – Ming rahmat, sizga! Demak, she’rlarim ulug` shoirniki darajasida! Men hech qachon birovdan ko`chirmayman, boshqalar mendan ko`chirsin! O`sha shoirning darslikka kiritilgan she’rlaridan boshqasini o`qimagan edim... – Muncha chuldiraysiz?!– Gapimni cho`rt kesdi mudir.– Sizdan shoir chiqmaydi, she’r yozish texnikasini bilganingiz bilan orginal fikr yo`q. Yaxshisi, maqola yozing. Faqat, birovlar bilan gaplashganda muxbirman deb osmondan kelmang, balandparvoz gaplarni yig`ishtiring!.. – Qachon, qaerda, kimga osmondan kelibman? Kimga muxbirman, debman? Balandparvoz gap, deysizmi?. Pastparvoz gap qanaqa bo`ladi?! – Muncha jizzakisiz?– Mudir boshini sarak-sarak qildi.– Sizga kasb etikasini tushuntirdim. Xohlamasangiz muxbirlik qilmang... Bo`g`zimga nimadir tiqilgandek indamay chiqib ketayotgandim, karidorda istarasi issiqqina kishi to`xtatdi. Gazeta muharriri ekan. She’rlarimni olib, meni xonasiga boshladi. Qo`lyozmalarimning u er-bu eriga qalam tekkizgan bo`ldi-da mayingina boqqancha shunday dedi: (Davomi navbatdagi sahifada) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 19.08.2010 в 08:54. |
|
![]() |
#10 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
IZLANISH VA SABOQ
– Mashqlaringiz yomonmas. Gazetaning keyingi sonida beramiz. Qurg`oqchilikdan so`liy boshlagan nihol suv ichganida qanday yashnab ketsa, bu ajoyib muomaladan shu qadar yayradimki, asti qo`yaverasiz! Birinchi uchragan “tikan”ga ko`rsatib qo`yish istagi tinchlik beramadi. Qandaydir qitmirlik paydo bo`la boshladi. Maktabimiz kutubxonasidan o`sha shoirning kitobini olib, to`rt-beshta she’rlarini ko`chirdim-da tagiga ism-familiyamni yozdim. Tahririyatga borib “Madaniyat” bo`limi mudiriga uzatdim. Qoshi qalin amaki yana barmoqlari bilan har bir “satrim”ning bo`g`inlarini sanab chiqdi-da bosh chayqadi. – Umuman she’rga o`xshamabdi,– dedi g`alati qarab.– Sizga maqola yozing, dedim-ku. Bu tuman gazetasi! Ko`proq xabar, maqola yozish kerak... Qo`lyozmalarimni qaytarib olgach, qayta ko`z yugurtirgan kishi bo`ldim-da atay boshimni changalladim: – Voy, kechirasiz, sizga boshqa narsani ko`tarib kelibman. Bu she’rlarni o`sha shoirning kitobidan ko`chirib olgandim. Shunchaki mashq qilish uchun,– dedim sumkamdan kitobni chiqarib ko`rsatib.– Mana, ishonmasangiz… Mudir shunday vajohat bilan qaradiki… o`zimga kelganimda avtobusda uyga qaytayotgan ekanman. O`shanda “IZLANISH va saboq” degan maqola yozdim. IZLANISH, bu – o`ziga xos ijodiy IZLANISH bo`lib, o`rischasiga aytganda, ayrim “tupoy”lar yo`limga to`siq bo`lganida uning basharasini ko`rsatib qo`yish uchun topgan usulim. Saboq – “tikan”ning basharasini fosh qilgach, chiqaradigan xulosa! Bu xulosani avvalo o`zi, keyin ijod muxlislari chiqaradi, degan umiddaman. Keyinchalik o`sha “Madaniyat” bo`limi mudiri bilan apoq-chapoq bo`lib ketdik. Menga ko`p yaxshiliklar qilgan bo`ldi. “Mang, manavi olmani eng,– degan gapi sira qulog`imdan ketmaydi.– Bu redakstiyaning bog`idan! Tatib ko`rsangiz, umringiz redakstiya bog`larida o`tadi!” Chindan ham umrim ijod bog`larida o`tmoqda! Qachonki biror muvaffaqiyatga erishsam, farishtadek ustozlar qatorida o`sha “tikan”ni ham eslab, ruhiga duo qilib qo`yaman… Ijod bo`stoniga kirib borar ekanman, tangrimning o`zi biri-biridan oqilu dono, fikri teran, bag`rikeng ustozlarga oshno qila boshladi. Onda-sonda biri-biridan beso`naqay, o`zini dono ko`rsatishga chiranadigan nodon, kaltafahm, “tikan”larga ham duch kelaverdim. O`shanda bu usul Umar Xayyom iborasi bilan aytganda, ko`p mushkul tugunni hal etishda qo`l kelaveradi. Jurnalistika fakultetini tamomlagach, boshqa bir tuman gazetasida faoliyatimni boshladim. Yana yangi ajoyib ustozlarga va yana qandaydir “tikan”larga duch kela boshladim. Farishta nurdan, odam tuproqdan yaralgan, deyishadi. Biroq, bu gazeta muharriri rosa mag`zava to`kilgan tuproqdan yaralgan ekan, desam jizzakiga chiqarmang... Yo`llanma bilan kelgan yosh jurnalistni g`oyat mehribonlik bilan kutib olgan muharrir ko`zimga avval farishta bo`lib ko`rindi. Bir kuni u menga shunday topshiriq berdi: “Gazetamizning o`tgan haftada chiqqan uchta sonini obzor qilib keling. Tanqidiy fikr bo`lsa tortinmay aytavering. Tahririyatimizga yangi kuch kelgani sezilsin!” O`shanda muharririmizning oppoq sochlari ostida qanday qora fikrlar g`ujg`on o`ynaganini qayoqdan bilibman. Ustamon sinab ko`rayotganini sal bo`lsa-da sezganimda qulfi dilimni bu qadar ochmasmidim, ularning g`ij-g`ij xatolarini xaspo`shlab gapirishga o`rganarmidim … Xullas, gazetamizning uchta sonini qip-qizil qilib bo`yab tashladim. Letuchkada bamisoli bulbuligo`yo bo`lib ketsam, deng… – Shunaqa shablon gazeta chiqargandan chiqarmagan...– deb boshlagan navbatdagi ta’nali gapimning yarmi bo`g`zimda qoldi. (Davomi navbatdagi sahifada) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 19.08.2010 в 08:56. |
|
|