|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#261 | |
![]() ![]() |
Цитата:
![]()
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео Последний раз редактировалось Behzod Sulaymonov; 23.05.2009 в 15:23. |
|
|
Ответить |
![]() |
#262 | |
![]() ![]() |
Цитата:
Muvashshah- arabcha "ziynatlangan", "bezatilgan" degan ma'nolarni bildiradi. O'zi arab bo'lgan Muqaddam Ibn Muas tamonidan fanga kiritilgan. Muvashshah – ma’naviy san’atlardan biri,ayni vaqtda she’riy janr. Bunda she’r asosan g’azal shaklida yozilib, she’r misralari boshidagi harflar yig’indisidan bironta kishi ismi yoki narsa nomi kelib chiqadi..! ![]() Chiroyli qizcha ko’rdim, Baxtiyorlar bog’ida. Atirgullar sochadi, Tabassumi chog’ida. Rano qiz shuncha so’lim, Bir ko’rgan unga shaydo. Oy yuzi porlab turar, Qora ko’zlari shaxlo. So’radim oting nadur, Dedi otim har baytdadur.
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео Последний раз редактировалось Behzod Sulaymonov; 23.05.2009 в 16:07. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#263 | ||
![]() ![]() |
Цитата:
![]() Lekin Forumdoshlar Muvashshah san'ati haqida qisqa bo'lsada ma'lumotga e'ga bo'lishdi deb o'ylayman..!
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
||
|
Ответить |
![]() |
#264 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Umr — qumsoat ham
yarimlab qoldi, ko`nglim to`lgani yo`q bilganlarimdan. Yodimni og`ritar kechirganlarim, ko`pdir qilmaganim qilganlarimdan. Kechalar tobora oydinlashadi, ko`zingda quyoshning chechagi so`lmas, yashaging keladi, faqat umrni qumsoat singari to`nkarib bo`lmas. Go`zallar yodimdan o`chdilar bir-bir, do`stlarim bag`rimdan ko`chdilar bir-bir, yillarim uzlib tushdilar bir-bir, faqat bu ko`ngilni to`ldirib bo`lmas. Kun keldi, ohlaring uchadigan kun, yuraging olamga sig`maydigan kun, yuzingni bosgancha yerning yuziga, silkinib-silkinib yig`laydigan kun. Kimni baxtli qildim, kimni umidvor, kimlarga ko`nglimni yorib so`yladim. Qo`limni berdimmi moziy qa'ridan cho`zilgan sanoqsiz ojiz qo`llarga?! Quyosh daldasida egilganlarning yengilroq qildimmi og`irligini? Aytdimmi kimlarning asl do`stligin, kimlarning haqiqiy yog`iyligini?! Kun keldi, boshingni egadigan kun, hattoki o`zgalar gunohi uchun yuzingni bosgancha yerning yuziga, silkinib-silkinib yig`laydigan kun. Mendan nima qolur, abadiy nurlar barq urib yashnagan dunyo tomonda? Urinib-surinib, sira to`lmagan bir ko`ngil qoladi qolsa ham mendan. Shavkat Rahmon
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#265 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Diydasi tosh qoya bag'ridan,
Yorib chiqdi lolaqizg'aldoq. Qiyinchilikni yengib o'tib u, Tog'lar chakkasiga bo'ldi-ku baldoq. Agarda bosh ursa tog'lar oldida, O'tkinchi shamollar olib ketardi. Tuprog'i bo'lmasa tog'ning bag'rida, Urug'i qaylarda qolib ketardi. Taqdiri azalning bu ham o'yini, Lola bog'da emas, ochildi tog'da. Tog'u toshda kuylar hayot kuyini, Boshqa lolalar ozodlikni qo'msagan chog'da... N.U. |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#267 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Анча булди,
Шеърлар ёзмадим, Хайратларим тугмайди мева. Ич-Ичимла йиглайди кимдир, Ёзилмаган шеър каби бева. Анча булди, Сендан дарак йук, Нома келмас, сувратлар йиглар. Хотирамнинг богларидан жим Кулгуларинг хидлари келар. Анча булди, Холим паришон, Ахволимнинг ахволи хароб. Айтилмаган суз каби гирён, Сархуш килмас минг йиллик шароб. Анча булди, Юрагим бум-буш, Вайронадир, хувиллар каср. Умидларим кураётир туш, Илинжларим кул булган асир. Анча булди, Яшамай куйдим, Осмонидан кечди рухият. Узимдаги узимдан туйдим, Балоларга колди мухаббат. Анча булди... Анча булди, Ёмгир ёгмайди, Тонг отмайди, куёш ботмайди, Анча булди... Бу дунё карахт... Анча булди ер айланмайди. Фарида Афруз |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#268 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Sog’inganim ammo ko’rishni istamaganim…
...Toshkentga student bo'lib kelganimda haqiqiy sevgi va uning otashining taftini bilganman. Poytaxtda o'qib yurgan vaqtlarimda, 17 yoshimda o'zimdan 2 yosh katta qizga oshiq bo'lganman. U bilan 2 yildan ortiq vaqt mobaynida tanish, do'st bo'lib yurganmiz, sevishimni o'qish bitib hamma uyiga tarqalishdan 2-3 oy avvalgina aytishga jur'at qilganman. Mening izhorimdan keyin 'men ham sevaman,' deb bo'ynimga osilib yig'lamagan bo'lsa ham qat'iy ra'd javobini bermagan edi....Hullas hozir o'sha davrlarni eslasam "sevardi" degan fikrga ham, "sevmasdi" degan fikrga ham yetarlicha asos bo'ladigan hotiralar bor. Men uni hali ham ko'p eslayman, "meni ham eslarmikan," deb qo'yaman. "Qanday ekan, bolalari nechta ekan, o'g'li/qizi qanaqa ekan, nima ish qilyapti ekan, sog'-salomatmikan, baxtlimikan," qabilidagi savollar bilan uni eslayman... Uni ohirgi marta 12 yil avval, 19 yoshimda ko'rganman. Shundan beri uning ismi, siymosi, hotirasi, sevgisi yuragimda qolgan. Men uni tushlarimda ko'raman, birga tinglab yurgan qo'shiqlarimizni eshitib qolsam ko'zim yoshga, yuragim dardga to'lib uni eslayman. Lekin bu dard men qanchalik qiynasa ham men bu dardni yaxshi ko'raman. Bu dard meniki, mendagi kabi dard hammada ham yo'q. Ba'zi birlar bunday darddan harob bo'ladilar. Menda esa, bu dardning og'rig'i meni qanchalik azoblasa shunchalik oldinga undaydi. U meni sodda, qaysar, va chalasavod bir sportchi bola sifatida tanir edi. Balki bunday bola bilan o'zining qismatini bog'lashga ikkilangandir, balki jur'at qilmagandir. Bu tahmin meni oldinga undadi, imkonim boricha harakat qildim, unga o'chakishib u o'qigan til - ingliz tilini o'rgana boshladim.....bu o'chakish, bu intilish ohir-oqibatda mening butun hayotimni o'zgartirib yubordi.... Men uning yuzini ko'rishni qanchalik hohlasam, shunchalik qo'rqaman. Chunki u mana shu o'tgan 12 yil ichida u mening orzularim, hayollarim, hotiralarim malikasiga, yoshlik yillarimning idealiga aylanib ulgurgan. Mening tasavvurimdagi bu malikani oddiygina o'rta yashar ayol obrazi parcha-parcha qilishidan juda-juda qo'rqaman. Men yana uning yuzini ko'rgan onimda 12 yillik dard qo'rqinchli bir faryod bo'lib ichimdan otilib chiqib ketishidan qo'rqaman, men uni ko'rganimda tuyg'ularimni, yuragimni, boshqara olmayman deb qo'rqaman.... Men uni ko'rsam.....o'lib qolsam kerak deya qo'rqaman.... bir yaqin akamizning dil daftaridan...
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#269 |
Umrimni o‘tkinchi saboga berdim,
Eng so‘nggi chaqamni gadoga berdim, Bu telba ruhimni Xudoga berdim... Sabo olib bordi, gadoga berdi, Gado yig‘lab bordi, Xudoga berdi. Xudo meni senga xatoga berdi, Sen meni kimlarga berding, Azizim? Zebo MIRZO
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic: |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#270 |
ENTIKARDI…
Entikardi adirlaru dalalar, Qizil kiygan qizdek qirmiz lolalar. Qizil kiygan qizni yaxshi ko‘rardim, Bilar edi tog‘alaru xolalar. Dirillardi mendan qochib varraklar, Varragimdan cho‘chib uchgan laylaklar. Hurkak-hurkak titrab tunda yuraklar, To‘lqin-to‘lqin tortar edi nolalar. Bola edim bo‘shanggina, ko‘ngilchan, To‘shak bo‘ldi go‘shanggaga ko‘ngilchang. Mana, bugun bo‘yga etib o‘g‘ilchang Senga yozgan she’rlarimni yod olar. Mening esa qonim qaynab jo‘sh urar, To‘lqin-to‘lqin tortib, gup-gup musht urar. Qaytib-qaytib yuragimga bosh urar, Sen tug‘ishing kerak bo‘lgan bolalar. Iqbol MIRZO
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic: |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
|