Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 14.05.2009 16:34   #251  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
... Biri dilda

Bir majlisda yonimdagi kishi muhokama chog'i so'zga chiqqan har bir notiqning gapiga o'zicha, aniqrog'i, menga shipshib pisanda aralash luqma tashlab o'tirdi. Aksariyat e'tirozlari jo'yali edi. "Bilmay yurarkanman, qarang, fikri ochiqqina odam ekan", deb qo'ydim ichimda. Bir mahal uning o'ziga so'z berildi. Tavba, tanib bo'lmay qoldi haligi kishini! Oldingi notiqlarni ham yo'lda qoldirib, aravani shunday quruq olib qochdi-ki! Qaytib kelib o'tirgach, "Boya shashtingiz bo'lakcha edi-ku, taqsir!" desam, xijolat bo'lmoq u yoqda tursin, yosh bolaga aql o'rgatgandek tepadan keldi: "Qoidasi shunaqa, birodar, qoyaversangiz-chi!"
Qoidasi... ikkiyuzlamachilik, munofiqlik ekan-da? Ko'nglingdagi gapni aytolmas ekansan, minbarga yugurib nima qilarding? Jimgina o'tirsang, birov kelib yoqangdan olmaydi-ku!
Bu gaplarni unga aytmadim, albatta. Aytolmadim. Chunki-qoidasi shunaqa!
Binoyidek gaplarni gapirib turgan yana biriga mikrafon tutsangiz, daf'atan boshqa qiyofaga kirib, o'zi ham ishonmaydigan bir balolarni sayray ketadi. Yozganda ham ahvol shu. Negaki, qoidasi shunaqa emish!
Maktabda bular matematikani chala o'qigan chiqar. Arifmetikada shunday qoida bor, sonlarni qo'shuv yoki ko'paytiruvda ishlatiladi. Ko'p xonali raqamlarni zarb etganda, deylik, yettini sakkizga qo'shsangiz-o'n besh hosil bo'ladi, to'g'rimi? Lekin uni birdaniga yozolmaysiz-qoidasi shunaqa-beshini qayd etasiz-u, biri dilda turadi, uni navbatdagi qo'shiluvda ishlatasiz, ya'ni, "dildagisi" dilda qolib ketmaydi, yig'indida albatta "teshib chiqadi".
Odam bolasining hayotiyu fe'l-atvori arifmetikaga mos amal hisobiga sig'masligi ayon. Biroq dildagi gap dilda qolib ketaversa, nima bo'ladi? Ha, yashang, maddalaydi. Keyin qonni buzadi, zaharlaydi. Agar o'lmasa, bir kun qarabsizk, boshqa bir odamga aylanibdi-qolibdi. Bu toifa ko'paysa-chi? Yig'in ahli yakkash ana shunday toifadan iborat bo'lsa-chi? Unda majlis qilmoqdan nima ma'ni, ayting?
Darhaqiqat, ayrim yig'inlarimizda tilga olgulik hech nima hal qilinmaydi. aslida avvaldan ma'lum biror gap tasdiqlanadi, ma'qullanadi, xolos. Bo'lmasa, zarur-zarur yumushlarini qo'yib, buncha odam nimaga to'plandiyu savlatidan ot hurkadigan ne-ne notiq minbarga nega chiqdi? Shuncha odam nega azza-bazza uning og'ziga ko'z tikib o'tirdi? Ularniki ham biri dilda, biri tildami?
Shunaqa majlislarimiz ham bor-a, bilasiz-a?
O'shandan beri bunaqa yig'ilishlarda qulog'imni kar qilib o'tiradigan bo'lganman. Yonimdagi odam hadeb shivirlayversa, "Kechirasiz, birodar, qulog'im og'irroq, eshitolmayapman", deb qo'yaman. O'zi rostdan ham shunday, bahona yoki qo'rsligimdan emas bu. "Eshitmayotgan bo'lsang, majlisda nima qilib o'tiribsan?" deyishidan esa xavotirim yo'q. Chunki hali uning minbarga chiqib qolish ehtimoli bor!...

Erkin A'zam
Ответить 
"+" от:
Старый 14.05.2009 19:45   #252  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Aldadimi, oqibat odil
Ahd tuzdimi falak bilan yo-
Menga - kulib - bo'larkan doxil,
Yuragimni qaytardi dunyo.

Shovulladi bog' kabi tanim,
Hayotimga yugurdi shovur.
Noxoslikda tebrandi holim,
Quvonchdan to qo'rqinchga dovur.

Ne kunlarni ko'rmagay odam,
Toshdan bo'lsa boshi-o'lmasa,
Yurak bilan yashamoqqa ham
Ko'nikaman, xudo qo'llasa...

Usmon Azim
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 20.05.2009 22:09   #253  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
сўроқ

Хуррият таъмини хеч тотганмидинг?
Шунча йиллар қанд сўриб ётганмидинг?
Кодирий, Чўлпону Фитрат кўзларин
Дил аро бир бора уйғотганмидинг?
Лолазор ўлди аларнинг қонлари,
Сен бу янглиғ лолазор ўтганмидинг?
Юзларингда на алам бордир, на ёш,
Ёки сен хам қўшилиб сотганмидинг?
Шунчалар аччиқ бу ширин Хуррият,
Сен анинг таъмини хеч тотганмидинг?

Сиржиддин Саййид
Ответить 
2 "+" от:
Старый 22.05.2009 17:37   #254  
uParty Member Real ID Group
Аватар для Behzod Sulaymonov
Оффлайн
UZINFOCOM Сотрудник
ZiyoNET при МНО
AKA:BeK
Сообщений: 256
+ 1,082  261/111
– 8  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Behzod Sulaymonov с помощью AIMОтправить сообщение для Behzod Sulaymonov с помощью Skype™Мой мир
Kursdosh qiz...

Kursdosh qiz, sizni jondan sevaman men,
Aytay deyman biroz jur'at yetishmaydi.
Muhabbatim aytay desam jur'at topib'
Oldingizdan dugonalar ketishmaydi.

Lablaringiz sohilidan nurlar tomar,
Anorlarni uyaltirar yuzingiz bor.
Ayting sizni hur tuqqanmi, ayol tuqqan,
Bag'ringiz ham osmon kabi keng beg'ubor.

Uzun emas sochingiz, lek hechqisi yo'q,
Lov-lov yonar yoqutdayin ko'zlaringiz.
Qayrilmaqosh sizga juda yarashadi,
Ovozingiz asiriman ey go'zal qiz.

Sig'inadi sizga ko'kning malaklari,
Iymanadi hatto havas qilmoqqa ham.
Mo'jaz KITOB vohasiga, tog' bag'riga,
Olib ketar kelin qilib sizni onam.

Va'dasidan yigitlar hech qaytishmaydi,
Afsus qizlar sevgi ishor qilishmaydi...


Izoh:Yuqoridagi she'r MUVASHSHAX sanatida yozilgan.
Hurmatli forumdoshlar, e'tibor bersangizlar she'rning bosh harflaridan "KAMOLA ABULQOSIMOVA" kelib chiqadi. Yosh shoir Bahodir Bahrom ijodidan...
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео

Последний раз редактировалось Behzod Sulaymonov; 22.05.2009 в 17:51.
Ответить 
Старый 22.05.2009 18:30   #255  
Known ID Group uParty Member
Аватар для Husen
Оффлайн
Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559  2,642/911
– 20  13/12

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Behzod Sulaymonov Посмотреть сообщение
Bag'ringiz ham osmon kabi keng beg'ubor
Оффтоп:
Келинг, тахлил қиламиз. Қизнинг бағри кенг бўлса демак, у девдек алпқомат...Устига устак, сочи калта экан, тасаввур киламиз демак, кураш тушадиган полвон қиз бўлса керак. Шу бағирнинг беғубор эканлиги бироз ўйлантириб қўяди-да...Буни ошиқ бола қаердан билди экан-а?!!! Демак, у қиз билан ҳилватда учрашиб…, а-лаббай...Рахматли Хожибой Тожибоев айтганидек, буёги хо-хо, хи-хи, шекилли

Последний раз редактировалось Husen; 22.05.2009 в 18:44.
Ответить 
Старый 22.05.2009 18:44   #256  
uParty Member Real ID Group
Аватар для Behzod Sulaymonov
Оффлайн
UZINFOCOM Сотрудник
ZiyoNET при МНО
AKA:BeK
Сообщений: 256
+ 1,082  261/111
– 8  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Behzod Sulaymonov с помощью AIMОтправить сообщение для Behzod Sulaymonov с помощью Skype™Мой мир
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Behzod Sulaymonov Посмотреть сообщение
Bag'ringiz ham osmon kabi keng beg'ubor
Оффтоп:
Келинг, тахлил қиламиз. Қизнинг бағри кенг бўлса демак, у девдек алпқомат...Устига устак, сочи калта экан, тасаввур киламиз демак, кураш тушадиган полвон қиз бўлса керак. Шу бағирнинг беғубор эканлиги бироз ўйлантириб қўяди-да...Буни ошиқ бола қаердан билди экан-а?!!! Демак, у қиз билан ҳилватда учрашиб…, а-лаббай...Рахматли Хожибой Тожибоев айтганидек, буёги хо-хо-хо, хи-хи-хи, шекилли
She'rni taxlil qilishdan avval qoyil deyishni unitibsiz hurmatli Husen Tangriyev.
U qiz polvonmi, devmi bilmadimu, lekin bu shoirning o'xshatishlari. Buni albatta, hammayam tushunolmaydi, tushunib bilagangina tushuna oladi xolos. Men shoir emasman, shuning uchun taxlil qilmayman. Bilishimcha, siz ham Erkin ijodkor jurnalistsiz, she'rni taxlil qilganingizga qaraganda, she'r ham yozib tursangiz kerak. Sizning ham yangi ijod na'munalaringizni Forumda kutib qolamiz..!
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Старый 22.05.2009 19:36   #257  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Behzod Sulaymonov Посмотреть сообщение
Bag'ringiz ham osmon kabi keng beg'ubor
Оффтоп:
Келинг, тахлил қиламиз. Қизнинг бағри кенг бўлса демак, у девдек алпқомат...Устига устак, сочи калта экан, тасаввур киламиз демак, кураш тушадиган полвон қиз бўлса керак. Шу бағирнинг беғубор эканлиги бироз ўйлантириб қўяди-да...Буни ошиқ бола қаердан билди экан-а?!!! Демак, у қиз билан ҳилватда учрашиб…, а-лаббай...Рахматли Хожибой Тожибоев айтганидек, буёги хо-хо, хи-хи, шекилли
Оффтоп:
Husan sizdan yaxshi adabiy tanqidchi chiqmas ekan. Hech zamonda ham qiz bo'lani devga yoki alpga o'xshatadimi? Barchinoydek yoki To'marisdek deng...
Ayollarimizning sochi kaltaligiga o'zingiz sababchisiz. "Sochi uzunning aqli kalta bo'ladi" degan maqolni to'qib chiqarganingizdan so'ng hamma qiz va ayollarimiz sochlarini kesishga majbur bo'lishdi.
Ajratib ko'rsatilgan jumlalarda so'z me'yordan oshib ketibdi yoki "chegaradan chiqib ketibdi".
Ответить 
"+" от:
Старый 22.05.2009 19:42   #258  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Behzod Sulaymonov Посмотреть сообщение
Kursdosh qiz...
[COLOR=Blue]
[COLOR=Black]Kursdosh qiz, sizni jondan sevaman men,
Aytay deyman biroz jur'at yetishmaydi.
Muhabbatim aytay desam jur'at topib'
Oldingizdan dugonalar ketishmaydi.
Muvashshah emas-u, lekin har holda oshiq yigitga qizning opasi nomidan javob:

Barno yigit, sevibsiz-ku kursdosh qizni,
Qiz emas u, go’yoki bir yulduzni.
Jur’atliroq bo’lish kerak oshiq doim,
Shundagina hurmat qilar u qiz sizni...
Ответить 
Старый 23.05.2009 11:15   #259  
Known ID Group uParty Member
Аватар для Husen
Оффлайн
Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559  2,642/911
– 20  13/12

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Оффтоп:
Husan sizdan yaxshi adabiy tanqidchi chiqmas ekan. Hech zamonda ham qiz bo'lani devga yoki alpga o'xshatadimi? Barchinoydek yoki To'marisdek deng...
Ayollarimizning sochi kaltaligiga o'zingiz sababchisiz. "Sochi uzunning aqli kalta bo'ladi" degan maqolni to'qib chiqarganingizdan so'ng hamma qiz va ayollarimiz sochlarini kesishga majbur bo'lishdi.
Ajratib ko'rsatilgan jumlalarda so'z me'yordan oshib ketibdi yoki "chegaradan chiqib ketibdi".
Шунчаки, форумда бир неча кундан бери кузатилаётган жим-житлик ва сукунатни шу тахлитдаги ҳазил билан бузишга ҳаракат қилгандим, холос. Лекин, барибир шеърнинг ўша жумласи менга ёкмади...
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 23.05.2009 14:28   #260  
Аватар для Maestro
Оффлайн
Бизнес
Менеджер
Сообщений: 1,292
+ 491  1,658/631
– 1  4/4

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev Посмотреть сообщение
менга ёкмади...
Албатта, бу топикда кўпроқ хаваскорларнинг машқлари. Шунинг учун жуда ҳам жиддий қабул қилмаса ҳам бўлади. Мен ҳам ўша мисрада ўйланиб қолдим... Кейин, "меҳридарё, очиқкўнгил" маъносида бўлса керак деган хулосага келдим.
Оффтоп:
Шахсан менга келсак, назмдан кўра насрга иштиёқманд эканлигимни айтган эдим. Лекин унда-бунча ўқиб тураман. Очиқдан очиқ "севиб қолдим", "ўлиб қолдим" деган шъерлар ёқмайди (бу сафсатага ишонмаганлигим учун шундайдир ;-). Аммо мана бу каби бўлса, мазза қиламан:

Орзуларим оғулаб, сен кетдинг аста-аста.
Бормоқдаман "ё-ҳу"лаб, ортингдан ҳаста-ҳаста...
Ответить 
2 "+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх