Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 25.02.2009 11:55   #1  
Аватар для Robiya
Оффлайн
ученик
Сообщений: 35
+ 194  57/23
– 0  0/0

Uzbekistan
Yigit qasam ichmaydi: yigitning so’zi qasam

Arslon izidan qaytmas,
Yigit – so’zidan.

Vatan-muqaddas, uni himoyalash yigitning sha’ni, qiyomat qarzidir. Shu o’rinda yigit kishi oila ustuni, bolalarini bag’rida yayratib-yashnatib, mehr berib, yedirib, ichirib, kiydirib, otalikni joyiga qo’yadigan Ulug’ zotdir. “Erkak kishi ayol ustidan rahbardir”. Rahbar-ta’minlovchi, rahbar-himoya qiluvchi, rahbar-ish taqsimlovchi va ayniqsa, nazorat qiluvchidir! Rahbar- san’atkor: ba’zida vajohatli, ba’zida muloyim, ba’zida ochiq yo bosiq qiyofa-ga kira olishi kerak. Chunki bu Yaratganning hohishi erkak o’shanday bo’lol-masa, Allohning izmidan chiqgan bo’ladi va jazosi tayindir. Hayotga bir nazar tashlasak, ayoli, farzandlarini yeru ko’kka ishonmay ko’ziga javdirab turadigan, og’zidan chiqganini ijro bo’ladiganlarga ayol va farzandlari ko’pincha loqayd bo’ladilar. Oila ustuni erkakning fidoiyligini erini loqaydlik bilan qabul qiladilar. Shu sababli yigit kishi rahbarona sir boy bermay oila ishida, farzandlar tarbiyasida tarozuning ikki pallasini bir me’yorda saqlagandek ish tutmog’i lozim. Ro’zg’or yuritishda erkak kishi sara puchak-ka ajratilgan jangohda bo’ladilar. Bozor va uyning xo’jalik ishlari, oilaning ko’cha bilan bitadigan hamma muammolari faqat erkak qo’lida bo’lsin. Bu erkakcha tutumdir. Bu vazifalarni bajarmasangiz og’ir yuk ayolga tushadi, oila yumushlaridan tashqari ayol vujudida zo’riqish boshlanadi, sog’lig’i ketadi, nosog’ bolalar dunyoga keladi, ayol fe’lida erkakshodalik yuzaga keladi, ro’zg’ordan iffat ko’tariladi, oilaviy xalokat yuzaga keladi. Endi ayol kishining ovozi farmonga o’tadi, yigit o’z o’rnida itoatkor bo’lib qoladi. Bola tarbiyasida ham ikkilanish paydo bo’lib, tarbiya susayib boradi, natijada oila fojiaga yuz tutadi.
Demak,
Yigit borki yetti pushtigacha nomi qolar,
Yigit borki, kunda nomi yo’qolar.
Xalq maqoliga amal qilgan holda jamiki erkaklarimizga ulug’lik tilaymiz.
Ответить 
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх