|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#1 | ||
ученик
Сообщений: 35
+ 194
57/23
– 0
0/0
![]() |
Arslon izidan qaytmas,
Yigit – so’zidan. Vatan-muqaddas, uni himoyalash yigitning sha’ni, qiyomat qarzidir. Shu o’rinda yigit kishi oila ustuni, bolalarini bag’rida yayratib-yashnatib, mehr berib, yedirib, ichirib, kiydirib, otalikni joyiga qo’yadigan Ulug’ zotdir. “Erkak kishi ayol ustidan rahbardir”. Rahbar-ta’minlovchi, rahbar-himoya qiluvchi, rahbar-ish taqsimlovchi va ayniqsa, nazorat qiluvchidir! Rahbar- san’atkor: ba’zida vajohatli, ba’zida muloyim, ba’zida ochiq yo bosiq qiyofa-ga kira olishi kerak. Chunki bu Yaratganning hohishi erkak o’shanday bo’lol-masa, Allohning izmidan chiqgan bo’ladi va jazosi tayindir. Hayotga bir nazar tashlasak, ayoli, farzandlarini yeru ko’kka ishonmay ko’ziga javdirab turadigan, og’zidan chiqganini ijro bo’ladiganlarga ayol va farzandlari ko’pincha loqayd bo’ladilar. Oila ustuni erkakning fidoiyligini erini loqaydlik bilan qabul qiladilar. Shu sababli yigit kishi rahbarona sir boy bermay oila ishida, farzandlar tarbiyasida tarozuning ikki pallasini bir me’yorda saqlagandek ish tutmog’i lozim. Ro’zg’or yuritishda erkak kishi sara puchak-ka ajratilgan jangohda bo’ladilar. Bozor va uyning xo’jalik ishlari, oilaning ko’cha bilan bitadigan hamma muammolari faqat erkak qo’lida bo’lsin. Bu erkakcha tutumdir. Bu vazifalarni bajarmasangiz og’ir yuk ayolga tushadi, oila yumushlaridan tashqari ayol vujudida zo’riqish boshlanadi, sog’lig’i ketadi, nosog’ bolalar dunyoga keladi, ayol fe’lida erkakshodalik yuzaga keladi, ro’zg’ordan iffat ko’tariladi, oilaviy xalokat yuzaga keladi. Endi ayol kishining ovozi farmonga o’tadi, yigit o’z o’rnida itoatkor bo’lib qoladi. Bola tarbiyasida ham ikkilanish paydo bo’lib, tarbiya susayib boradi, natijada oila fojiaga yuz tutadi. Demak, Yigit borki yetti pushtigacha nomi qolar, Yigit borki, kunda nomi yo’qolar. Xalq maqoliga amal qilgan holda jamiki erkaklarimizga ulug’lik tilaymiz. |
||
|
Ответить |
![]() |
#3 | |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Цитата:
Shu bilan birgalikda oiladagi katta-kichik muammolarni ham bosh muhokamachisi- oila boshlig'idir. Hech e'tibor berganmisiz erkak kishi ayniqsa bizning o'zbek o'g'lonlari hech ham birovga bosh egishni istamaydilar ,izmiga tushishni g'urursizlik deb hisoblaydilar. Shuning uchun aytishsa kerak-da, dodonolarimiz "Erkak kishi oilaning savlati" deb. Вчера 16:43 |
|
|
Ответить |
![]() |
#4 | ||
ученик
Сообщений: 35
+ 194
57/23
– 0
0/0
![]() |
Цитата:
Umida men sizning barcha fikrlaringizga 100 foiz qo'shilaman. Haqiqatdan ham bizning o'zbek erkaklari hech qachon hech kimga bo'yin egishmagan va bundan keyin ham egishmaydi! |
||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#5 |
Shu gapga qo'shilgim, "Ha, haqiqatdan ham shunday! Biz-o'zbek ayollari ishonib yelkasiga boshimizni qo'yadigan erkaklar hech qachon hech kimga bo'yin egmaydi!, ular huddi ota-bobolarimiz kabi tarbiya topmoqdalar" deb aytgim keladi. Lekin, agar bugungi kunda "Erkak" degan nomni suiste'mol qilib, yigitlarga xos bo'lmagan xarakterda o'zini namoyon qilayotgan "yigitlar"imiz ko'payib bormayotgan bo'lganida... bu mavzu ochilmasdi, menimcha.
|
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#6 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Rost so'zlagin deydilar boshga qilich kelsa ham,
To'kilib tushar tog'lar mart ko'ziga to'lsa nam. Suvratiyu-siyrati obro' topar elda ham, Yigit qasam ichmaydi ,yigitning so'zi qasam. (Ushbu misralarni O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'atkor Ozodbek Nazarbekovning "Yigit qasam ichmaydi, yigitning so'zi qasam "qo'shiqlarida eshitgandim) |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#7 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Yigit qasam ichmaydi , yigitning so’zi qasam.
Ori yo’qning davrada joyi ostona bo’lar, Do’sti bo’lmaydi uning ,baxti begona bo’lar Essiz yigit degan nom ,ko’ngli g’amxona bo’lar, Yigit qasam ichmaydi, yigitning so’zi qasam. (qo’shiqdan). Yigit kishi oilasining ustuni ,savlati,ximoyachisi va taxtidir.Bu ta’rif faqat o’zbekning asl o’g’loniga mos va xosdir. Osmonda parvoz qilayotgan qushga bir nazar soling-a!. U qanoti yordamida uchayapti ,agar uning qanoti bo’lmasa albatta yerga qular edi. Xuddi shu qiyos “oila” deb atalmish buyuk hilqatni olsak,uning qanoti,oila boshlig’idir.Agarda ,boshliq o’zining vazifasini unutsa yoki bajarmasa ,bu “oila boshlig’i“ degan nom ,zaifaga yuklanadi. Xo’sh,nima uchun bugungi kunda o’z vazifasini xis qilmayotgan ,bo’yin toblayotgan xattoki o’zining kursisini allaqachon ayoliga bo’shatib bergan , ”ola hurjun“ ko’tarishdan iymanayotgan, to’g’riroq qilib aytsak, “it yotish mirza turish” ni kundalik kasblariga behijolat aylantirib olgan “ o’g’lonlar”ga nima deysiz!? Ba’zilaringiz ularni oqlamaysiz albatta , ammo bu ba’zilarning ,to’pig’iga ham yetib borgani yo’q.! Afsus, ming afsuslar bo’lsinkim “Alpomishlar” qayerdadur ,pana-panalarda yurishibdi, lekin negadir ularni hech zot payqamaydi.Balki, biz ayblayotganimiz faqatgina ularning ayblari emasdur, balki bu muammoda “bizning” ham qandaydur xissamiz mavjuddir. Ehtimoldan holi bo’lmoqlik va shubhalarni ozgina unutmoqlik uchun bir oz chetlashgaymiz. Nomidan ori, g’ururi baland bo’lgan o’zbegimning jasur o’g’loni,nega barchani o’zingizdek mart,mag’rur,mashxur qilib tarbiyalamayapsiz. Axir sizning bir kalomingiz qoya toshlarni ham yorib yuborguvdek, tog’larni zir titratguvdek shiddatli edi-ku!. Sizning burgut ko’z nigohingiz dushmanlarni yakson qilguvdek o’tkir,ammo sokinlik ruhida tarbiyalangan emasmidi .Bosgan har bir qadamingizda , osmonu-yer sizga salom bermasmidi. Biz zamondan to’nkab unga barchasini ag’darib qo’ya qolamiz . Muammoning yechimi qiyinlashgan chog’da,javob topishga emas, suvni bemavrid loyqalatishga o’tib ,so’ng o’zimiz bir chekkada tomoshabinlik vazifasini faxr va iftixor bilan qo’limizga olayapmiz. Biz ayollat zaifaligimizga borib duch kelganda g’am-qayg’umizni to’kib yuboraveramiz, go’yo hech hodisa bo’lmagandek yana o’zimiz bilan ,o’zimiz chalg’ib ketaveramiz. Nega erkak kishining ayol kishiga nisbatan kamroq umr kechirishi boisini bilasizmi? Yigit kishi bo’lar bo’lmasga ,dardini to’kib sochavermaydi , yuragida saqlaydi.Bu dard esa borgan sari kattalashib , bahaybat g’amga aylanadi, u shunda ham birovga to’kmaydi.Balki, shuning uchun ular kamroq umr ko’rishar. Bu yorug’ olamda o’glonlarning to’kilgan bir tomchi yoshi, ummon kabi, haybatli, sherdek zalvorli bo’lib tomadi. Ayol yig’isi ko’zdan tomsa ,yigit yig’isi yurakdan yomadi. Asl yigit uni hech qachon tashqiga to’kmaslik uchun jonu-jahdi bilan harakat qiladi. U hech qachon o’zgalarning rahmini.shavqatini qozonishni istamaydi , kutmaydi. Yuragi qon bo’lsa-da unga o’zi malham qo’yadi . Qalbi kuysa o’zi o’chiradi.Och bo’lsa-da sezdirmaydi, og’zidagini zaifasiga , farzandlariga tutadi. Qarz olsa beburdlik qilmaydi, qaytar dunyoning aylanib qaytib kelishidan qo’rqadi. O’zini panada saqlamaydi. Zarur bo’lsa-da qasam ichmaydi,chunki uning so’zi qasamdir. Aziz forumdosh , so’zimning so’ngini ikki qator misra bilan ifodalasam, o’zbegimning mag’rur o’gloniga og’ir botmagay deb umid qilaman… Dunyo yig’lasin mayli,o’g’lonlar yig’lamasin, Osmon yig’lasin mayli,o’g’lonlar yig’lamasin. Yig’lasinlar mayli zabardast, buyuk tog’lar, Ayol yig’lasin mayli , o’g’lonlar yig’lamasin. Yig’lasinlar mayliga yuraklar,dillar,tillar, Yigit yig’lamasin dunyoda!!! (hatoliklar uchun meni ma’zur tutasizlar degan umiddaman!) Umida |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#8 | |
ученик
Сообщений: 35
+ 194
57/23
– 0
0/0
![]() |
Цитата:
|
|
|
Ответить |
![]() |
#9 | |
ученик
Сообщений: 35
+ 194
57/23
– 0
0/0
![]() |
Цитата:
|
|
|
Ответить |
|