Yangi sayt ochmoqchi bo'lsam, uni qaysi grafikada qilganim ma'qul? Kirilldami yoki lotindami?
To'g'risi, Uznetda o'zi davlat tilidagi resurslar kam bo'lgani holda, ular yana ikki xil grafikada. Qaysi biri lotinda, yana biri kirillda. Hukumat saytlari asosan lotinda. Hozir juda ham ko'payib ketgan varez, shou-biznesga oid saytlarning ham aksariyati lotinda.
Man ko'proq futbol yangiliklarini kuzatib borganim uchun Uznetning aynan shu qismidagi saytlarni ko'proq bilaman.
Hozir u yerda (uzfutbolnetda

) g'alati. Ko'pchilik biladi, eng ko'p kiriladigan o'zbekcha futbol haqidagi sayt uff.uz. U kirillchada. O'z vaqtida lotinchada ishlagan "InterFUTBOL", O'zbekiston Futbol Federatsiyasi saytlari bilan raqobatlashgan. Har holda qandaydir raqobat bor edi. Hozir uff.uz ancha mashhur. Va so'nggi o'zgarishlarga qarab, boshqa saytlar bu holat (odam ko'p kirshini) sayt kirillchada bo'lgani bog'layaptimi degan hayolga borib qoldim.
Yuqorida aytib o'tib, "InterFUTBOL" ham, O'FF rasmiy sayti ham lotinchada edi. Hozir ular kirillchada. Futbol klublarimizning saytlari o'zbekcha versiyalari ham kirillchada. Yangi ochilayotgan o'zbekcha futbol haqida sayt ham kirillchada.
Man kimnidir aybdor qilmoqchi emasman. Faqat bilmoqchiman. Keyinchalik ortiqcha ish orttirmaslik uchun (masalan, hozir bir grafikada sayt boshlab, uni kontent bilan to'ldirsam, tahminan besh yil o'tib uni boshqa biriga convert qilishga to'g'ri kelib qolmaydimi?) qaysi grafikada sayt qilish kerak?