uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Интернет и общество (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=320)
-   -   O'zbek tilidagi sayt qaysi grafikada bo'lishi kerak? Lotin yoki kirill? (https://uforum.uz/showthread.php?t=5651)

Muxrim Agzamxodjayev 06.07.2008 12:27

O'zbek tilidagi sayt qaysi grafikada bo'lishi kerak? Lotin yoki kirill?
 
Yangi sayt ochmoqchi bo'lsam, uni qaysi grafikada qilganim ma'qul? Kirilldami yoki lotindami?

To'g'risi, Uznetda o'zi davlat tilidagi resurslar kam bo'lgani holda, ular yana ikki xil grafikada. Qaysi biri lotinda, yana biri kirillda. Hukumat saytlari asosan lotinda. Hozir juda ham ko'payib ketgan varez, shou-biznesga oid saytlarning ham aksariyati lotinda.

Man ko'proq futbol yangiliklarini kuzatib borganim uchun Uznetning aynan shu qismidagi saytlarni ko'proq bilaman.

Hozir u yerda (uzfutbolnetda :)) g'alati. Ko'pchilik biladi, eng ko'p kiriladigan o'zbekcha futbol haqidagi sayt uff.uz. U kirillchada. O'z vaqtida lotinchada ishlagan "InterFUTBOL", O'zbekiston Futbol Federatsiyasi saytlari bilan raqobatlashgan. Har holda qandaydir raqobat bor edi. Hozir uff.uz ancha mashhur. Va so'nggi o'zgarishlarga qarab, boshqa saytlar bu holat (odam ko'p kirshini) sayt kirillchada bo'lgani bog'layaptimi degan hayolga borib qoldim.

Yuqorida aytib o'tib, "InterFUTBOL" ham, O'FF rasmiy sayti ham lotinchada edi. Hozir ular kirillchada. Futbol klublarimizning saytlari o'zbekcha versiyalari ham kirillchada. Yangi ochilayotgan o'zbekcha futbol haqida sayt ham kirillchada.

Man kimnidir aybdor qilmoqchi emasman. Faqat bilmoqchiman. Keyinchalik ortiqcha ish orttirmaslik uchun (masalan, hozir bir grafikada sayt boshlab, uni kontent bilan to'ldirsam, tahminan besh yil o'tib uni boshqa biriga convert qilishga to'g'ri kelib qolmaydimi?) qaysi grafikada sayt qilish kerak?

Adham Kurbanov 06.07.2008 15:15

Lotincha o'zbekchani o'qish juda qiyin... Yaxshishi kirill alifbosida bo'lgani maqul ;)

Behzod Saidov 06.07.2008 17:26

Цитата:

Сообщение от Muxrim Agzamxodjayev (Сообщение 117329)
Man kimnidir aybdor qilmoqchi emasman. Faqat bilmoqchiman. Keyinchalik ortiqcha ish orttirmaslik uchun (masalan, hozir bir grafikada sayt boshlab, uni kontent bilan to'ldirsam, tahminan besh yil o'tib uni boshqa biriga convert qilishga to'g'ri kelib qolmaydimi?)

To'g'ri keladi. Hozir kirill yozuvidagi futbol haqidagi saytlarning mashxurligi hozirgi aksariyat futbol muxlislari maktabda kirill yozuvida o'qishgan, badiiy va ish bo'yicha adabiyotlarni ham kirill alifbosida o'qishgan. Shu uchun ham ularga kirill alifbosi qulay.

Lekin kelajak avlod uchun manimcha lotin alifbosi qulay bo'ladi. Shunday ekan saytingiz mehmonlarining fikriga qarab yo'l tutishingiz lozim...
Variant: Sayt muxlislari o'rtasida ovoz berish usulida hal qilsangiz ham bo'ladi..

Behzod Saidov 06.07.2008 17:28

Цитата:

Сообщение от xattabych (Сообщение 117341)
Lotincha o'zbekchani o'qish juda qiyin...

Menga qiyin emas.. :)

Muxrim Agzamxodjayev 06.07.2008 20:04

Цитата:

Сообщение от xattabych (Сообщение 117341)
Lotincha o'zbekchani o'qish juda qiyin... Yaxshishi kirill alifbosida bo'lgani maqul ;)

O'zingiz doim lotincha yozasiz-ku? :187:

Avaz Ibragimov 06.07.2008 23:07

Lotin alifbosiga o'tish to'g'risida qonun chiqarilgan. Hozircha majburiy bo'lmasa ham, yaqin kelajakda lotin alifbosidan foydalanish yanada kengayadi va umid qilamanki kiril alifbosidan butunlay qutulamiz. Ayniqsa yosh avlod kirilchada o'qishga juda ham qiynaladi. Uzoqni ko'zlasangiz, lotin alifbosida yozganingiz ma'qul.

AbuMuslim 06.07.2008 23:10

Менга хам лотинча ўкиш кийин эмас... аммо кирилча кулайрок... Кейин негадир лотинчани ўкигим келмайди...

olimbek 07.07.2008 08:14

Мен хар доим лотинча кирил алифбосига алмаштириб оламан. Кейин маза килиб укийман Сал иши купрок холос :buba:

Nigora Umarova 07.07.2008 09:50

Katta avlod vakillari (40-50 yoshlilar) uchun lotin alifbosini o'qish mushkulroq. Yohlar tez va oson lotin alifbosini o'qiy olishadi.

Fozil Teshaev 07.07.2008 09:56

Цитата:

Сообщение от Muxrim Agzamxodjayev (Сообщение 117329)
Yangi sayt ochmoqchi bo'lsam, uni qaysi grafikada qilganim ma'qul? Kirilldami yoki lotindami?

Lotin grafikasida ochishni tavsiya qilaman.


Текущее время: 05:56. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»