|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Школы Школьные темы |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#11 |
o'quvchilarni darsga jalb qiladigan nima bor???
bu yerda tarbiya, ota-ona, internet, kompyuter, pul masalalari ko'tarildi, lekin har biriga e'tiroz bildirish mumkin. Birinchi navbatda ota-onasi o'qimagan umuman boshqa dunyodan bo'lgan oilalarda qanday o'qimishli farzandlar chiqishi kam tarqalgan hol emas, va aksincha, o'qimishli oila farzandlari g'irt ahmok tentak bo'lib chiqishi ham juda ko'p tarqalgan. Ikkinchidan, pul haqida gapirilganda, man o'zim qaaancha boy-badavlat, maktablik davridan qo'lida har doim puli sotkasi bo'lgan, moshinmasi bo'lgan lekin qandayin o'qimishli bolalarni ko'rganman. Uchinchidan, internet deyilgan, internet nima yomonlik manbaimikin??? Agarda mani o'zimga 96-97 yillarda kompyuter bilan internet berishmaganligida man hozir erishgan 4tala kasbimmi bunchalik egallay olgan bo'larmidim? man bunga ishonmiman. Urib o'qitish ham ish emas, bizani maktablarda qarasela, asosan alochila ota-onasi yoki ustozlari qattiqqo'lligi tufayli besh bahoga o'qisa ham, u nima uchun o'qiyotganini o'zi tushunmasa, ertaga baribir o'sha narsani esdan chiqarvorsa, boshini lishniy musorga to'ldirib nima hojat? man bunaqa narsani faqat keraksiz ahlat deyman, boshqacha tushunolmayman. Bugungi kitoblarni kim zo'r dedi? man rus va ingliz tillarini yaxshi bilganimga juda hursanman, hamma o'rgangan narsalarimni yoki rossiya, yoki yevropa nashriyotlari kitoblaridan o'rganganman. Bu narsalarni ham o'ylab ko'rila |
|
|
Ответить |
![]() |
#12 | |
![]()
Сообщений: 1,829
+ 814
1,598/765
– 60
19/16
![]() |
Цитата:
Узру манимча беш баҳога ўқийдиган, калласи зўр аълочилар нима учун ўқиётганини жуда яхши билади. Иккинчидан ўқимайдиган одам барибир ўқимайди ва у мажбурий аълочи ҳам бўлолмайди. Айтишадику "Ўзи ҳохламаган болага билим бериш-игна билан қудуқ қазиш билан баробардир" деб. Учинчидан қаттиққўллик билан билим олса нимаси ёмон? Бир кунмас бир кун мана шу қаттиққўлликни ҳам фойдаси бўладику, қандайдир вазиятларда ас қотиши мумкинку? Билимли инсон ҳеч қачон хор бўлмайди, хатто қаттиққўллик билан билим олса ҳам. Қаерда бўлмасин ўзини бошқариб кета олади деган фикрдаман. ![]() |
|
|
Ответить |
![]() |
#13 | |||
ToshKTI
Aniq fanlar 2-kurs talabasi
Сообщений: 22
+ 4
24/12
– 0
0/0
![]() |
Цитата:
ulardan to'g'ri va oqilona foydalana bilish bizning asosiy burchimizdir. Hozirgi kunga kelib juda ko'plab kollejlar, litseylar, institutlar va turli bilim markazlari mavjud. Meni juda quvontirgan narsa Prezidentimiz qaroriga binoan 12 yillik majburiy ta'lim tizimini joriy etilishi bo'ldi. ![]() |
|||
|
Ответить |
![]() |
#14 | ||||
ToshKTI
Aniq fanlar 2-kurs talabasi
Сообщений: 22
+ 4
24/12
– 0
0/0
![]() |
Цитата:
|
||||
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#15 | |||
ToshKTI
Aniq fanlar 2-kurs talabasi
Сообщений: 22
+ 4
24/12
– 0
0/0
![]() |
Цитата:
Ikkinchidan fikrlaringiz to'g'ri, lekin iltimos imlo hatolariga e'tibor bering. Chunki behato va sof o'zbek tilida yozilgan jumlalarni o'qish ham odamga o'zgacha zavq bag'ishlaydida. Sizning fikringiz bo'yicha hamma o'zi bilgan, o'zi hohlagan ishlari bilan shug'ullanishi kerak, qolganlari esa kerak emas demoqchimisiz? Mening tanish maktabdoshlarim orasida darsga umuman e'tibor bermaydiganlar ko'p, ularning aksariyati o'z kelajaklarini shou-biznes bilan bog'lash niyatida. Ularda tabiiy tug'ma mahorat yoki shirali tovush bo'lsa-ku mayli-ya, lekin besh qo'l barobar emas-ku. Yomon honanda, o'rtameyona aktyor bo'lgandan ko'ra oddiy ishning mutahassisi bo'lgan yaxshi emasmi? Internetni bilish bu juda kerak, lekin undan to'g'ri foydalanish ham muhim. Siz mana shu kasbni tanlashingizga Internet ta'sir qilgan ekan. Lekin men fikrimda "Internet klub"lar degan edim. U yerda faqat Internet emas balki turli virtual o'yinlar ham bor. Ular o'quvchilarga faqat manfiy ta'sir ko'rsatmoqda. Chet tillarini bilganingiz juda ham yaxshi "Til bilgan, dil biladi" deb bejizga aytishmaydi. Lekin shu chet tillari orasida o'zbek tilini unutib qo'ymang. Ularni aralshitirish kerak emas deb o'ylayman. Har bir til o'zicha muhimdir. Keyinchalik forumda ingliz tilida mavzu ochish niyatim ham yo'q emas. ![]() |
|||
|
Ответить |
![]() |
#16 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Дархакикат, хар бир дарсда дарсликдаги маълумотлардан ташкари жамият хаётидаги кандайдир бир мухим янгиликни дарсимизга олиб киришимиз шарт деб уйлайман. Якинда тажриба урганиш ва дарсни кузатиш максадида устозимизнинг кундалик дарсларига кирдим. Дарс академик лицейда ва адабиёт фанидан, мавзу эса "Алпомиш" достони хакида эди. Мавзуни бошка фанлар социология, психология, тарих, араб тили, этика, мусикага боглаб утдилар. Хуллас, фанимизни бугунги кунга боглашимиз керак. Укувчиларни жамиятдаги, хаётларидаги кузатишлари асосида мавзуларни утсак, киёслашга ургатсак укишга нисбатан муносабати узгаради, кизикиши ортади, мустакил фикрлайди. Улар билан фикр алмаша олишимиз керак. |
|
|
Ответить |
![]() |
#17 | |
![]() |
Цитата:
Бу соволга жавоб эса жуда хам оддий, укувчилар узларида айибни кидирсалар жавоб албатта топилади. |
|
|
Ответить |
![]() |
#18 | |
Цитата:
endi, mani imlo hatolarimga qaridigan bo'se, birinchidan, rasmiy hujjatla, ko'chada e'lonla, qancha-qancha hamma o'qidigan kitobla, deyarli hamma gazeta jurnallada hatola bo'ganidan keyin endi mani gapirmasez bo'ladi, jaaaa to'g'allagiz kesa eplolsez o'shaladan boshlen birinchi bo'lib. ikkinchidan, man faqatgina rasmiy hujjatlarda va nashriy maqolalarda sof adabiy tilni ishlataman, bu asnoda, ba'zilardan farqli o'laroq, ancha-muncha xatosiz yozaman kere bo'sa, forumlada, norasmiy xatlada, yozishuvlada man qanaqa gapirsam huddi shunaqa yozaman, chunki shunda mani o'sha payttigi tuyg'ularim bilinadi, aks holda, qanaqa hayol bilan yozganim o'chib ketadi, quru grammatika qoladi endi 5 bahoga o'qidiganlani ko'radigan bo'se, mani davrimdigi a'lochilani ko'radigan bo'se (institutni yaqinda tugatganman), o'shaladan 80% bitta ish eplomidi, bunga nima disiz yana bir masala, ingliz tilida mavzu ochish haqida gapirganakansiz, manimcha u faqat o'zini ko'rsatish uchun yaridi, chunki forum biron tilda to'g'ri gapirish emas, fikrini aniq ifoda etish uchun kerak, bu forumda na rus tilini, na o'zbek tilini chunadigan qatnashchila 70% dan aniq oshmaganligi sababli bu quru o'zini ko'rsatish bo'ladi, to'rirog'i etganda pont. p.s. agar qatturo gapirgan bo'sam uzr |
||
|
Ответить |
![]() |
#19 |
ЦИПКПРНО
ст.преп
Сообщений: 10
+ 1
0/0
– 0
0/0
![]() |
Агар укитувчи укивчиларни дарсга кизиктира олса ва талабчанрок булса бундай дарсдан укувчилар хеч качон кочишга харакат килмайдилар. Уз навбатида ота оналар хам уз масъулиятларини унутмасалар олам гулистон. Лекин куп холларда хамма нарсани "замон огир"га йуйиб куя коламиз. Буни мен хам она, хам укитувчи сифатида айтаяпман.
|
|
Ответить |
![]() |
#20 |
НамМИИ
Проректор
Сообщений: 5
+ 0
0/0
– 0
0/0
![]() |
Judayam yaxshi tema o'rtaga tashlanibdi meni o'zim xam O'qituvchiman bazan bollarni darsda qilayotgan xarakatlaridan tepa sochingiz tikka bo'ladi nimagadur xozirgi zamon bollarini tinchlantirish xam qiyinlashmoqda.Lekin shu darajada bilimi yuqori bollalar xam borki ularga tan bermasdan ilojimiz yo'q Ana ularga ishonsak bo'ladi biz kelajakni
|
|
Ответить |
|