uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Школы (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=409)
-   -   O'quvchilarni darsdan nimalar chalg'ityapti? (https://uforum.uz/showthread.php?t=3513)

Ulugbek Pulatov 17.12.2007 15:27

O'quvchilarni darsdan nimalar chalg'ityapti?
 
Ayrim ma'lumotlarga qaraganda o'quvchilarning yoshi ulg'aygani sari o'qishlari yomonlashib borar ekan. Xo'sh buning sababi nimada? Bizni yaxshi o'qishimizga nima halaqit berayapti?
O'zim ham 12-maktabning bitiruvchi 9-sinf o'quvchisiman. Masalan meni darsdan faqatgina o'rtoqlarim chalg'itishi mumkin. Hozirigi fan va texnika rivojlangan bir davrda o'quvchilarni chalg'itishi mumkin bo'lgan narsalar ham ko'paydi. Ko'plab bekorchi o'quvchilarni men "Internet" klublarda ko'raman. Shunday ekan tamaki va spirtli ichimliklarga qo'yilgan +18 yosh chegarasini ham "Internet" klublarga qo'yilsa maqsadga muvofiq bo'lmasmikan?
Ota-onalarimiz o'qigan davrda o'qishga sharoitlar yaxshi emas edi. Kitoblar yo'q, turli adabiyotlar yetishmas edi. Yana bir gap bu yerda ocharchilik bo'lib tursa ko'ngilga o'qish sig'armidi? Hozir biz o'quvchi yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan-ku. Kitoblar hammasi o'z ona tilimizda chop etilayapti. Undan tashqari boshqa ilm manbaalari ham ko'pgina. Mamlakatimizda ta'limga juda kuchli e'tibor berilayapti. 2008-yilni Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov "Yoshlar yili" deb bejiz e'lon qilganlari yo'q-ku.
Zamon ham hozir o'qiganniki. Shunday ekan vaqtimizdan unumli foydalanib o'qishga ulgurib qolaylik. Axir aytadilar-ku "Yoshlikda olingan bilim - toshga o'yilgan naqsh" deb.

Husen 18.12.2007 11:34

Форумда укувчиларнинг иштироки хам кучайиб бораётгани кувонарли хол. Хурматли, Улугбек.
Саволингиз жуда уринли. Жавоблар эса талайгина. Уллардан бирини узингиз кайд килдингиз - яъни Интернет. Баъзи тенгдошларингиз, дарсдан кочиб, Интернет хоналарга шошади.
Хуллас, чалгитадиган омиллар куп.
Энг катта сабаб, укитувчиларингзининг каттикуллиги етарли эмас. Ота-онангиз укиган даврларда мактабларда эркак укитувчилар хам куп булган. Кучада, туйларда укитувчини куришса, ура кочишган. Уларнинг салобати булган. Бугун-чи? Укитувчи юкори синф кизлари билан бирга "Парикмахерская"га кириб кетишади. Биргаликда, бирон кафеда кечаларда утиришади. Илгари, укитишда "Эти сиздан суяги биздан" шиори устун булган.
Хозир-чи. укувчини чертиш уёкда турсин, сал каттик гапирсанг, ота-онаси тепангга келади - "Нега боламни урдинг?" каби дийдиёлар бошланади.
Укитувчи ва укувчи уртасидаги дистанция - алокалар чегараси кискариб борар экан, укувчилар мактабга, укиутвчиларга бефарк булиб бораверишади.

Dilmukhammad Kayumov 18.12.2007 11:52

Albatta bu muammo bugungi kundagi eng dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Yoshlarni o'ziga juda tez jalb qiladigan ko'ngil ochar, turli xil kompyuter o'yinlari ko'p. Lekin farzandlar ota-onalar va o'qituvchilar tomonidan qattiq nazoratga olinishi kerak deb o'yliman. Ota-onalar farzandini maktabga borishini, o'qituvchilar esa darslarga qatnashishini ta'minlashi lozim.

Ulugbek Pulatov 21.12.2007 11:01

Mening mavzuyim sizlarga muhim ekanligi meni juda quvontirdi. Bildirgan fikrlaringiz uchun rahmat. Sizlarning fikringiz menga juda muhimdir. :187:

Jasurbek Istamov 22.12.2007 13:12

Bu holat hozirgi paytda juda ko'p takrorlanyapti. Buning sababi menimcha darslarning qiziq bo'lmayotgani, yoki bolaga haddan tashqari ko'p pul berilayotgani. Chunki ko'p pul bo'lganidan keyin bolaning boshiga har qanday fikrlar keladi. Kompyuterlarga borishadi, sigaret yoki har qanday bo'lmag'ur narsalarga ishlatishadi. Shu sababli darslardan qochishadi. Ana shunday :187:

Ulugbek Pulatov 22.12.2007 13:21

Цитата:

Сообщение от Jasurbek Istamov (Сообщение 64150)
Bu holat hozirgi paytda juda ko'p takrorlanyapti. Buning sababi menimcha darslarning qiziq bo'lmayotgani, yoki bolaga haddan tashqari ko'p pul berilayotgani. Chunki ko'p pul bo'lganidan keyin bolaning boshiga har qanday fikrlar keladi. Kompyuterlarga borishadi, sigaret yoki har qanday bo'lmag'ur narsalarga ishlatishadi. Shu sababli darslardan qochishadi. Ana shunday :187:

Fikringiz haqiqatga yaqin chunki pul yo'q bo'lsa uni ishlatish zaruriyati ham yo'q bo'ladi. Lekin pulni ham to'g'ri ishlatish, kerakli ishlarga yo'naltirish ham mumkin-ku! Darslarga kelsak: O'qituvchilar ham odam-ku! Kuniga 6 soat darsdan keyin qanaqa qiziqtirish haqida emas, tezroq uyga ketish haqida o'ylaydilar. Hamma muammo o'quvchilarning o'zida va o'qituvchilarning bo'shligida. Shuning uchun o'qituvchilar malakalarini har yili oshrib borishlari zarurdir!!! :rtfm:

JUS 22.12.2007 15:10

Albatta juda chiroyli fikrlar bildiryapsizlar.
Man maktabda o'qib yurgan kezlarimda ham maktabdan qochish, darsga kirmaslik xollari juda ko'p bo'lardi. Bir sabab o'qituvchini yoqmasligi, yaxshi bilim berolmasligi bo'lsa, yana bir sabab o'quvchini o'zi dars tayyorlab kelmasligi bo'lardi. Ba'zi o'rtoqlarim o'sha kuni vazifani bajarib kelmasa, hozir darsga kirsam baribir vazifani so'raydi, hammani oldida mani uyaltiradi deb kirmasdan darsdan qochardi. Bilasiz, katta sinflarda, sinfni o'zida har xil xolatlar bo'ladi, yigitlar qizlarni oldida , qizlar esa yigitlar oldida uylaib qolishni xoxlamaydilar. Mana shu sabab ham vazifani bajarib kelishmasa darsga kirmasdilar. Shuning uchun bunday vaziyatlar ro'y bermasligini oldini olish uchun, berilgan topshiriqlarni o'rnida bajarishi, kunlik vazifalarni tayyorlab kelishi lozim.
O'quvchini darsdan chalg'itadigan yana bir sabab bo'lishi mumkin, u- o'quvchi o'zini juda erkin tutishi. "Man xohlaganimni qilaman, manga ota-onamdan boshqa hech kim xo'jain emas" qabilida ish tutishi. Aslida farzandni mana shunday bo'lishi uchun albatta ota-ona sababchi bo'ladi, yana bir tarafi, ko'p otalar "E o'qib manga dunyoni olib berarmiding" deya farzandini chalg'itishi. Bunday vaziyatlarni ham ko'p ko'rganman, o'sha o'quvchhilik vaqtlarimda. Mana hozir dunyoni olib berish u yog'da tursin, uyidan narsa olib chiqsa chiqadiki, uyiga biror narsa olib kirganini hech ko'rmaganman.:187:

Nozima Tashpulatova 25.12.2007 12:10

Bolalarning darsga munosabatining o'zgarsihi avvalo oiladagi muhitga bog'liq. Bizda tarbiya birinchi navbatga qo'yiladiyu lekin ko'pincha ilmiy salohiyat ikkinchi hatto undan ham keyingi darajalarga qo'yiladi. Kamdan kam oilalar farzandlari dars qilishi uchun muhit yaratishadi. Aytaylik har bir oilada mehmon kutish uchun alohida hona ajratiladi. Lekin bolalarning dars qilishlari uchun sanoqli oilalar biron honani ajratishga jazm qilishadi. Dars qilishga o'tirgan bolaga esa xalqimizning biroz qo'pol bo'lsada "O'zbekning kichigi - kuchugi" qabilidagi maqoliga amal qilingan holda kamida "nonga chiqib kelish" yoki "ukasiga qarab turish" yoki "falonchi holasinikiga to'yga biron narsani berib kelish" kabi qo'shimcha topshiriqlar beriladi. Bunda bolani diqqati o'z o'zidan buziladi. Qarabsizki sekin sekin bu bolani darsdan butunlay chetlashishga va o'qishni ikkinchi darajaga surib qo'yishga olib keladi. Menimcha buni davosini oiladan qidirgan maqul!

Nigora Umarova 25.12.2007 12:17

Цитата:

Сообщение от Jasurbek Istamov (Сообщение 64150)
Bu holat hozirgi paytda juda ko'p takrorlanyapti. Buning sababi menimcha darslarning qiziq bo'lmayotgani.... y :187:

Сизнингча, дарслар кизик булиши учун нималарга эътибор бериш керак?

Nigora Umarova 25.12.2007 12:33

Цитата:

Сообщение от Ulugbek Pulatov (Сообщение 64154)
O'qituvchilar ham odam-ku! Kuniga 6 soat darsdan keyin qanaqa qiziqtirish haqida emas, tezroq uyga ketish haqida o'ylaydilar. Hamma muammo o'quvchilarning o'zida va o'qituvchilarning bo'shligida. Shuning uchun o'qituvchilar malakalarini har yili oshrib borishlari zarurdir!!! :rtfm:



Укитувчи 6 соат дарсини утгач уйга жунайдими?!..
Дарсдан сунг соат 15-00 гача мактабдаги мажбуриятларни бажаради. Шанбалик утказади, хокимият томонидан мактабга юклатилган баъзи бир мажбуриятларни бажаради. Бугунги кунда хатто якшанба кунлари хам шанбаликлар уюштирилмокда.
Укитувчи бушлик килиб нима килибди?!!..
Тугри орамизда уз устида ишламайдиган укитувчилар хам бор. Бирок сиз узингизни хеч булмаса атиги 1 соатгина унинг урнига куйиб куринг. Синфни бошкара олармикансиз...
Укитувчилар хар йили эмас хужжат асосида 3 йилда малакасини ошириб боришади. Бирок у хар куни, хар соатда уз малакасини оширади. Чунки хозирги ахборот асрида укувчиларни фанингизга оид янгиликлардан бохабар килиб турмасангиз болаларнинг уша фанга, укишга булган кизикиши пасаяди...


Текущее время: 04:24. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»