|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Закрыто |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#161 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Kitobxonlar badiiy asarlarning asl mohiyatini, ilmiy talqinini adabiy-tanqidiy maqolalar orqali ham chuqurroq o`rganadilar. Adabiyot fanining bir qanoti badiiy ijod bo`lsa, ikkinchisi adabiy maqolalar hisoblanadi. Kitobxonlar Ozod Sharafiddinov, Abdug`afur Rasulov, Umarali Normatov singari adabiyotshunos olimlarimizning tahlilga boy adabiy-tanqidiy maqolalari, taqrizlari orqali yuzlab nasriy va nazmda bitilgan asarlarning asl mohiyatini yanada teranroq anglaganlari baayni haqiqat. Kitobxonning bir qo`lida badiiy kitob bo`lsa, ikkinchisida – munaqqid maqolasi turishi zaruratga aylangan. Badiiy asar ma’naviy olamingizni nur baxshida etsa, adabiyotshunosning u haqdagi maqolasi tafakkuringizni boyitadi.
Munaqqidning xolis fikri aslida asarni uqib o`qishingizga, uning asl mohiyatini anglab, turli qirralarini teranroq his etishingizga, kamchilik va nuqsonlarini bilishingizga yordam beradi. Bunday maqolalar – badiiy asarlarni xolis baholashga, ularni adabiy nuqtai nazardan tadqiq va tahlil etishga xizmat qiladi. Adabiyotshunos olim aslida ana shunday murakkab vazifani bajaradi. Abdug`afur Rasulovning "Sharafli Sharafiddinovlar" kitobi ham ana shu ezgu yo`lda o`chmas iz qoldirgan ulug` olimlarning sharafli umr yo`llariga bag`ishlangan. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#162 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Ma’lumki, XX asr o`zbek adabiyotshunosligining ravnaq topishida, milliy maktablarimizda ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda uch buyuk mutafakkir murabbiy – Olim, Oqil, Ozod Sharafiddinovlarning xizmatlari beqiyos bo`lgan. Oqilxon Sharafiddinov birinchi o`zbek "Alifbo"sini yaratgan bo`lsa, Olim Sharafiddinov "Alisher Navoiy hayoti va ijodi" asari bilan navoiyshunoslikning sobiq sho`ro tuzumi davridagi haqiqiy yo`lini ko`rsata olgan jasoratli olim edi. Oramizda hamon ruhan tirik ustozimiz Ozod Sharafiddinov 50 yillik ijodi bilan o`zbek adabiy tanqidchiligi tarixida nurli iz qoldirgan siymodir.
Olim, Oqil, Ozod Sharafiddinovlar qarindosh-urug` bo`lmaganlar. "Uchta Sharafiddinov ismi sharifida, kasbida yaqinlik bor edi,– deb yozadi muallif.– Har uchchala Sharafiddinovning o`zaro bog`liq tomonlari ko`p". Bu yaqinlik adabiyot bo`stonida, ilmu ma’rifat maydonida qanchalik uzilmas rishtalarga aylangani haqida maroq bilan hikoya qilgan muallif bir o`rinda bu olimlar "tabiatida poklik, halollik, haqiqiy adabiyotga sadoqat bor"ligini alohida ta’kidlaydi. Ularning uchchalasi ham mohir muallim, zukko ziyoli va olim sifatida e’zoz topgani, biri Mehnat Qahramoni, ikkinchisi yurtimiz mustaqilligi sharofati bilan O`zbekiston Qahramoni, uchinchisi akademik bo`lganining o`zi juda sharafli yo`l ekani to`g`ri ta’riflangan. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
![]() |
#163 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Mazkur kitobchada Olim va Oqil Sharafiddinovlar hayoti va ijodiga bag`ishlangan ikkita maqola o`rin olgan. Muallifning 2000 yilda "Sharq" nashriyot-matbaa konsterni Bosh tahririyati tomonidan chop etilgan "Iste’dod va e’tiqod" kitobida taniqli adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinovning adabiy portreti, hayot va ijod yo`li yoritilgan. Yangi to`plamda esa olimning 2004 yilda chop etilgan "Ijodni anglash baxti" hamda "Dovondagi o`ylar" kitoblari haqidagi muxtasar fikrlari, ustoz ijodi, o`ziga xos betakror uslubining muhim qirralari o`z aksini topgan. "Sharafli Sharafiddinovlar"ni mutolaa qilarkansiz, qalban, ruhan shu uch buyuk olimning mangu ma’naviy nur taratib turgan sharafli yo`llariga yo`ldoshdek his etasiz o`zingizni.
Qo`limizdagi navbatdagi kitob – "Adabiyotga sadoqat" to`plamidan esa adabiyotshunoslik olamida o`ziga xos maktabini yaratayotgan O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi Abdug`afur Rasulov ilmiy-ijodiy faoliyatiga bag`ishlangan maqolalar o`rin olgan. Olimning muborak to`yi munsabati bilan ustoz-u shogirdlari, zamondoshlari bo`lgan shoirlar, adiblar, adabiyotshunoslar tomonidan bitilgan maqolalar, she’rlar shak-shubhasiz har bir kitobxonni hayajonga soladi. Ayniqsa, Matyoqub Qo`shjonov, Erkin Vohidov, To`ra Mirzaev, Ergash Ochilov, Xudoyberdi To`xtaboev, O`tkir Hoshimov, Baxtiyor Nazarov, Umarali Normatov, Ibrohim G`afurov singari o`nlab ustozlarning dil so`zlari olim hayoti va ijodining turli qirralarini yoritib beradi. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
![]() |
#164 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Shoir quyma satrlarini ilhom jo`shganida qog`ozga to`kadi. Olim esa yillar davomida izlanadi, tadqiq qiladi, har bir fikrini etti emas, etmish o`lchab, mushhada elagidan o`tkazib yozadi. Toshkent shahrida tavallud topib, jannatmakon shaharda ulg`aygan Abdug`afur aka hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti filologiya fakultetini tamomlaganidan so`ng 1959 yilda yo`llanma bilan Qarshi Davlat pedagogika institutiga yuborilgan. Bu dargohda faoliyat ko`rsatib yurgan kezlari surxondaryolik yosh filolog Ra’noxon bilan topishadi. Ahdu paymonlari oila qasriga yo`l ochadi. Shu-shu Ra’noxon olimning oltin qanotiga aylanadi, uning ilmu ma’rifat yo`lidagi izlanishlarida hamfikr bo`ladi.
Qariyb o`n yil olis Qarshida yashab ijod qilgan yosh olim oilasi bilan Toshkentga ko`chib kelganidan buyon jonajon dorilfununi – O`zMU filologiya fakultetida talabalarga saboq bermoqda. "Hozirgi o`zbek tanqidchiligida talqin va tahlil muammosi" mavzuida doktorlik dissertastiyasini yoqlagan olimga ko`p o`tmay professor unvoni berildi. Shu tariqa yillar silsilasida ustoz hamisha kitoblar olamida yashamoqda. Kitoblar ichra kitob yaratib yashash – umrining mazmuniga aylanmoqda! Har bir asar ustida uning muallifidan kam izlanmaydi, bil’aks, bu asarning ilmiy tadqiqu talqinidek zalvorli ishni qoyillatadi! Shu tariqa olim yillar mobaynida ilmiy tahlil etib, mushohada elagidan o`tkazgan quyma fikrlarini adabiy jamoatchilik hukmiga havola etib kelgan. Qariyb yarim asrlik mehnatlari mahsuli esa bugun adabiyot ixlosmandlarining salmoqli xazinasiga aylanganini e’tirof etsa arziydi. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
![]() |
#165 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
* * *
(Ushbu maqola ustoz Pirimqul Qodirov bilan hammualliflikda bitilgan) Shukrki, O`zbekistonimiz talantlarga boy. Biz o`z sohamizga nazar tashlaganda adabiy jarayonda faol ishtirok etayotgan yangi iste’dodlarni quvonib qalamga olamiz. Adabiy jarayon esa turli irmoqlardan obi-hayot oladigan daryoday keng va sertarmoqdir. Shu fikrdan kelib chiqib adabiyotimizning muhim tarmog`i va uzviy qismi bo`lgan adabiy tanqid bilan adabiyotshunoslik haqida ba’zi mushohadamizni aytmoqchimiz. Taniqli olim Abdug`afur Rasulovning 2009 yilda “Mumtoz so`z” nashriyotida chop etilgan adabiy-tanqidiy maqolalardan iborat “Betakror o`zlik” nomli yangi kitobi “Iste’dod qadri” degan maqola bilan boshlanadi. Muallif Yurtboshimizning matbuotda e’lon qilingan va hammamizning dilimizdan o`rin olgan “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” asaridagi quyidagi otashin so`zlarini keltiradi: “Iste’dod, iste’dod va yana bir bor iste’dod sohiblarini topish, tarbiyalash va ularning mehnatini munosib qadrlash eng asosiy vazifamizga aylanishi kerak”. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
![]() |
#166 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Biz tahlil qilmoqchi bo`lgan “Betakror o`zlik” kitobi boshdan oxirigacha mana shu olijanob vazifani sidqidildan bajarishga qaratilgandir.
2010 yil – Barkamol avlod yili bo`lgani uchun qirq yildan buyon iste’dod bilan bolalar va yoshlar adabiyotini rivojlantirib kelayotgan Xudoyberdi To`xtaboev ijodiga “Betakror o`zlik” kitobida eng katta – 100 sahifadan ortiq o`rin berilgani tasodif emas. X.To`xtaboev asarlari nafaqat O`zbekistonda, balki dunyoning ko`plab mamlakatlaridagi turli tillarga tarjima bo`lib nashr etilgan va qiziqib o`qiladi. “Betakror o`zlik” kitobida adibning “Sariq devni minib”, “Shirin qovunlar mamlakati yoki sehrgarlar jangi”, “Sehrli qalpoqcha” va boshqa asarlari Parijda, Rimda, Moskvada, Berlinda, Buxarestda, Norvegiyada, Finlandiyada, Turkiyada, xullas, jahonning yigirmadan ortiq mamlakatlarida tarjima bo`lib o`qilmoqda. Uning “Sariq devni minib” romani haqida jahonga mashhur itlayan adibi Janni Rodari qanday yuksak baho bergani “Betakror o`zlik” kitobida keltirilgan. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
![]() |
#167 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
O`z o`rnida A.Rasulov haqli ravishda shunday deydi: “Afsuski, o`zbek adabiyotshunosligi yozuvchi reytingi masalasiga e’tibor bermaydi. Vaholanki, reyting – ko`zgu”. Reyting nafaqat ko`zgu, balki talantning qadrini belgilovchi mezon. “Betakror o`zlik”da biz nihoyat mana shu mezonni topamiz va unga qarab Xudoyberdi To`xtaboevning eng yaxshi asarlari adabiyotimizni jahon miqyosiga olib chiqa oladigan zo`r iste’dod manbai ekanini, ularni astoydil qadrlashimiz zarurligini sezamiz. Shu faktlarga asoslanib aytishimiz mumkinki, o`zbek adabiyotshunosligida X.To`xtaboevning talantini chinakam qadrlagan va yangidan kashf qilgan zarshunos olim Abdug`afur Rasulov bo`lyapti.
Biz yuqorida Yurtboshimizning iste’dod haqida aytgan so`zlarini keltirgan edik. Iste’dodning eng yorqin belgisi – uning bektakrorligi, o`z asari bilan kitobxonni yangicha zavq, yangi taassurotlar bilan boyitishidadir. A.Rasulovning o`z kitobini “Betakror o`zlik” deb atagani – uning betakror iste’dodlarga bag`ishlanganidan dalolat beradi. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
![]() |
#168 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Muallif adabiy jarayonlar bilan bog`liq har bir fikrini ilmiy asoslashga, aniq misollar bilan izohlashga harakat qiladi. Ko`plab shoir va yozuvchilarimiz asarlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan bo`lsa-da adabiyotimiz dunyoda biz kutgan darajada dong tarata olmayotgani sababi haqida mushohada yuritar ekan, “ularni talqin, tahlil qilish, tashviq-targ`ib etish past saviyada,– degan xulosaga keladi.– Mantiqan xorijiy adabiyotlar bo`yicha disserastiya tayyorlagan olim o`zbek adabiyoti, uning namoyondalari ijodini suvday bilishi lozim. Afsuski… Oliy Attestastiya Komissiyasining filologiya sohasi bo`yicha eksperti sifatida achinarli hollarga guvoh bo`ldim... Ularning aksariyati o`zbek tili va adabiyotini bilmaydilar”. Ilmiy ishini himoya qilgan yosh olimlar bilan suhbat o`tkazilganida ulardan o`zbek adiblarining mashhur asarlari haqida ham so`raladi. Shunda ularning “maktabda o`qiganmiz, esdan chiqib ketgan” degan javobidan har qanday ziyolining ensasi qotadi. “Vaholanki, o`z adabiyotini bilmagan, uning taraqqiyoti bilan qiziqmagan “olim” allaqaysi yurt adabiyoti bo`yicha yaxshi mutaxassis bo`la olmaydi,– degan xulosaga keladi muallif.– Qolaversa, shu mutaxassisning ilmiy ishini uzoq yurtdagi olimlar o`qiydi, deb o`ylaysizmi?” Bu bilan u, xorijiy adabiyot bo`yicha olimlik da’vosini qiluvchilar avvalo o`z adabiyotini yaxshi bilishi, kerak bo`lsa, ularni dunyoga targ`ib qilishi, o`sha xalq tiliga o`girilgan o`z asarini talqin qilib, maqola yoza olishi kerakligini ta’kidlaydi. Yaqinda Angliya-Amerika adabiyoti bo`yicha taniqli olimning dissertastiyasi haqida fikr almashuv bo`lganida unga Abdug`afur Rasulov shunday savol bergan:
(Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#169 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
“– Siz amerikalik yozuvchilarning satirik romanlari haqida doktorlik dissertastiyasini himoya qilibsiz. Unda Amerika adabiyotidagi bolalarga atalgan asarlarda satira mavzusiga urg`u beribsiz. Ayting-chi, mashhur yozuvchimiz Xudoyberdi To`xtaboevning satirik romanlarini Amerika bolalar adabiyoti namunalariga qiyoslab ko`rdingizmi?”
Bu bilan muallif Amerika adabiyoti haqida so`z yuritganda o`zbek adibi Xudoyberdi To`xtaboevning ham jahon adabiyoti maydonida salmoqli o`rni borligini isbotlaydi. Dissertant esa hayron bo`lib qarab, “Siz nomini aytgan yozuvchini bilmayman. Romanlari haqida eshitmaganman”,– deb javob bergan. O`sha olimning bir necha shogirdi G`arb, Amerika adabiyotidan ilmiy ish yoqlagani, ular ham o`zbek adabiyotidan mutlaqo foydalanmaganlari haqida muallif kuyunib yozadi. Darhaqiqat, xorijda ilmiy maqola yoritayotgan bo`lg`usi olimlar shu tariqa milliy adabiyotimiz durdonalarini jahonga chiqishiga hissa qo`shsa nur ustiga a’lo nur bo`lur edi, degan xulosaga kelasiz. Zamon bilan hamnafas olim A.Rasulov milliy adabiyotimiz mavqeini dunyo qadar ko`tarish haqida mushohada yuritar ekan, o`zbek tilidagi internet adabiyotini, jumladan, tanqidchiligini shakllantirish, shoir va yozuvchilar, munaqqidlarning veb-saytlarini rivojlantirish orqali milliy adabiyotimizni keng miqyosda targ`ib-tashviq qilish zarurligiga e’tibor qaratadi. “Hozirgi o`zbek adabiyoti – jahon adabiyotining boy, rivojlanayotgan, badiiyligi yuksak tarkibiy yo`nalishlaridan biri” ekan, uni zamonaviy kommunikastiya texnologiyalari orqali dunyoga ko`rsatish chindan-da galdagi dolzarb vazifalardan biridir. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
![]() |
#170 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
O`tmishi buyuk xalqning kelajagi shunga yarasha bo`lishi oddiy hayot haqiqatiga aylangan. Adabiyotda ham shu: buyuk o`tmish – kelajak poydevori bo`lib xizmat qiladi. “Betakror o`zlik”da o`zligimizni namoyon etishga qodir shoirlar, adiblar va munaqqidlar ijodi tahlilu talqin qilinadi. “Xotima-xotira asar” sarlavhali maqolasida hayotning past-balandini nozik his qiladigan san’atkor adib Sadriddin Ayniy hayoti va ijodi tadqiq etilgan bo`lsa, “Abdulla Qahhor universiteti” maqolasida buyuk adibning ijod maktabi haqida so`z boradi. “Abdulla Qahhor o`nlarcha betakror, o`z mohiyatiga ega timsollarni yaratgan san’atkordir,– deb yozadi muallif.– Yozuvchi yaratgan adabiy universitetning hali uzoq yashashiga, kishilarni ma’nan-ruhan tarbiyalashiga shubha yo`q”.
Kitobdan o`rin olgan “Hamid Olimjon she’rlarida diyor madhi”, “Intellektual siymo”, “Hazrati inson yodi”, “Yozuvchi taqdiri – adabiy avlod tarixi”, “Asarlari yashayaptiki…” sarlavhali maqolalarida adabiyot osmonida yorqin iz qoldirib ketishgan Hamid Olimjon, Asqad Muxtor, Rahmat Fayziy, Ramz Bobojon, O`lmas Umarbekov sigari siymolar ijodi bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Eng muhimi, o`sha shoir va adiblarning davrlar sinovidan o`tgan va ayni damlarda ham maroq bilan o`qilayotgan o`nlab asarlariga xolis baho berilib, ibratli jihatlari ko`rsatiladi. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|