Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 28.08.2010 15:14   #111  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Endi, boshqa she'r yozolmasam kerak...
Hazil she'rlaringizni, postlaringizni to'g'ri tushundik, xafa bo'lganimiz yo'q, aslo rahmat..
Forumdoshlarning tanqidini eshitib ijod bulog'ingiz qaynab, ilhom parisi sizning yoningizga, "Dugonajon, qo'lingga qalam olsang bo'lmaydi"- deb uchibgina keladi. Birgina misol forumdoshlar TE domlani qanchalik ko'p tanqid qilishsa, u kishi shunchalik ko'p ash'or bitadurlar.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 28.08.2010 в 15:19.
Ответить 
Старый 28.08.2010 15:16   #112  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Siz kabi ayollarni qadrlaydigan, e'zozlab hurmat qiladigan mard yigitlarni yomonlab bo'larkanmi? Uzr so'radikku, endi tavba qildirmasangizlar... Men baribir ayollarni u hatto adashib xato qilganida ham avaylash kerak, chunki u ojiza deb hisoblayman.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 29.08.2010 14:34   #113  
Аватар для Shokirbek
Оффлайн
Сообщений: 62
+ 124  146/45
– 1  0/0

Saudi ArabiaОтправить сообщение для Shokirbek с помощью YahooОтправить сообщение для Shokirbek с помощью Skype™
Qizlarimizga atab yozilgan she'rlardan biri ("Janub-Vodiy aytishuvi"da yozilgan edi):

Yuzda kulgich, hayosiyu ibosi bor,
Egnida ko'k uzun harir abosi bor,
So'ylaganda qo'ng'iroqday sadosi bor,
Sochi belin quchgan go'zal o'zbek qizi..

Bu sifatlar ayting qaysi qiznikidir?
Toshkentlikmi, yoki Vodiy, siznkidir?
Yoxud go'zal voha yurti - biznikidir?
Zabonlari qandu asal o'zbek qizi..

Bizni hayron etgan faqat suvratmidi?
Yoki go'zal ma'noga boy siyratmidi?
Hayoli yuz, iboli so'z, iffatmidi?
Ko'zi yerda bo'lgan azal o'zbek qizi..

Qaydan bo'lsin, janub yoki shimolidan,
Ayrilmasin uzun ko'ylak, ro'molidan,
Ibrat olsin boshqalar bul jamolidan,
G'arb tannozin qilsin o'sal o'zbek qizi!

__________________
Tilar bo'lsang jahon ichra imorat # Faqirlar ko'nglini qilg'il imorat.
Ответить 
Старый 29.08.2010 15:48   #114  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Arslonyurak, qalbida g'ururi bor,
Belda belbog', salobat- sururi bor.
Ayoliga gard yuqtirmas, asraydi,
So'zlarida iymon, ishonch nuri bor.
Bu albatta o'zbegimning Begidir,
Asli toza yigiti o'zbekidir.

Har ishni qilganida vijdoni bor,
Chunki asl insonlarning qoni bor.
Ojizlarni asramaslik sanar or,
Balki shunga bo'lar omad unga yor.
Bu albatta o'zbegimning Begidir,
Asli toza yigiti o'zbekidir.

Оффтоп:
She'rning davomini keyin yozib qo'yarman.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 16.10.2010 21:52   #115  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
(Bu she'r tengdoshlarim yoki singlillarim qatori bo'lgan,
qizlarimizga mehr ko'rguzib yozildi. Aslo, ranjitish uchun emas)


Zebo qizlarga

Hinolardan judo bo'lganmi,
Sarg'ayibdi qaro sochingiz.
Haq yo'lida fido bo'lganmi,
Kamayibdi kamon qoshingiz.

Ne sababdan bilakda kishan,
Qaysi elga tushdingiz asir?
Nigohingiz etmasmu ravshan,
Surma ila aylasak basir.

Singlim, nechun barmoqlaringiz
Uchlarida kamalak dunyo.
Ne ajab bu tirnoqlaringiz,
Yarashurmi, nayzadek go'yo?

Singlim, sizga yarashur, agar,
Kishanlardan bo'lsangiz ozod.
Sizga osmon qarashur, agar,
Bitta uyni etsangiz obod.

Qo'ying, mayli zamon zaylini.
Ro'molingiz tushmasin, faqat.
Iymon butun bo'lsin, maylimi?
Shunda bo'lar, hayo, haqiqat...


K. (c) 2010
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Kavsar; 16.10.2010 в 21:56.
Ответить 
Старый 20.10.2010 12:09   #116  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
"Kimning sochi uzun bo'lsa, aqli qisqadir",
Deb o'tmishdan qolgan g'alat naql bor, biroq
Til aqlning tarozusi, soch emas axir,
Kim behuda so'zlar ekan, aqli qisqaroq.
Оффтоп:
(Qayerdadir eshitgandim)
Ответить 
"+" от:
Старый 21.10.2010 00:31   #117  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow

Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от diploboy Посмотреть сообщение
...Qosh kiprigi qing'ir no'noq
Ko'rinishi misli timsoq...



© Ilhom Fayzullayev
Qiz bolaga "timsoh" deb ta'rif berishlarini birinchi marta o'qishim...
"Nofelet qaerda" filmida ishlatiladi. Ilhom shoir bu filmni ko'p ko'rgan bo'lsa kerak.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
Старый 24.10.2010 23:22   #118  
Аватар для Husniddin
Оффлайн
редакция
корреспондент
Сообщений: 55
+ 5  15/11
– 0  2/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
"Kimning sochi uzun bo'lsa, aqli qisqadir",
Deb o'tmishdan qolgan g'alat naql bor, biroq
Til aqlning tarozusi, soch emas axir,
Kim behuda so'zlar ekan, aqli qisqaroq.
Оффтоп:
(Qayerdadir eshitgandim)
O'tmishdagilar nega bunday deyishgan.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 25.10.2010 01:10   #119  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Husniddin Посмотреть сообщение
O'tmishdagilar nega bunday deyishgan.
Sababi oddiy. TVdan eshitgan edim. Sochi uzun qizlar negadir ta'sirchan bo'lishar ekan. Shu sababdan balki o'tmishda "sochi uzun-u, aqli kalta" deb ketishgandir. Chunki emotsiya hamisha real fikr yurutuvchi aqlga parda bo'ladi. Shu sabab sochi uzunmi, kaltami hech qachon his-tuyg'ularni birinchi o'ringa qo'yib olmaslik va dunyoda faqat qalb tuyg'ulari uchun yashamaslik kerak nazarimda. Chunki qalbni ham, insonni ham aql boshqaradi. Agar tuyg'u boshqarsa odam xarob bo'lsa kerak. Sababi, tuyg'ular og'ma, o'zgaruvchan bo'ladi. Uning maskani - yurak. Aql esa sobit bo'ladi. Uning xonasi - ong.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 25.10.2010 12:43   #120  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
...hamisha real fikr yurutuvchi aqlga parda bo'ladi. Shu sabab sochi uzunmi, kaltami hech qachon his-tuyg'ularni birinchi o'ringa qo'yib olmaslik va dunyoda faqat qalb tuyg'ulari uchun yashamaslik kerak nazarimda. Chunki qalbni ham, insonni ham aql boshqaradi. Agar tuyg'u boshqarsa odam xarob bo'lsa kerak. Sababi, tuyg'ular og'ma, o'zgaruvchan bo'ladi. Uning maskani - yurak. Aql esa sobit bo'ladi. Uning xonasi - ong.
Xilqat bizga e'tiborin xo'p qaratgan,
Tag'in boshsiz bo'lmasin deb, bosh yaratgan.
Xilqat bizga e'tiborin xo'p qaratgan,
Boshmiz bo'sh qolmasin deb, ong yaratgan.
Xilqat bizga e'tiborin xo'p qaratgan,
Vujudida hayot doim qaynasin deb
Kech-kunduz ko'piruvchi qon yaratgan.
Xilqat bizga e'tiborin xo'p qaratgan,
Bir-birovin tushunsin deb til yaratgan.
G'oyat uzoq o'ylab-o'ylab fikr qilib,
Bekor turmay ishlasin deb, qo'l yaratgan.
Xilqat bizga e'tiborin xo'p qaratgan,
Baland-pastni ko'rsin deya ko'z yaratgan.
Bilib-bilmay uyat ishni qilib qo'ysa,
Nomus ichra qizarsin deb, yuz yaratgan.
Xilqat bizga e'tiborin xo'p qaratgan,
Yuragi muz bo'lmasin deb, his yaratgan.
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх