uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   G'oyat ko'rkam bu shaharda go'zal qizlar ko'p muncha?.. (https://uforum.uz/showthread.php?t=13242)

Bekmirzo 02.07.2010 12:04

G'oyat ko'rkam bu shaharda go'zal qizlar ko'p muncha?..
 
Yoz faslining ayni hozirgidek qaynoq kunlari ekan. Katta shahardagi talaba o'g'lini ko'rishga qishloqdan kelgan bobo taassurotlarga to'la safaridan qaytish oldidan, o'g'liga shunday degan ekan:

G'oyat ko'rkam bu shaharda go'zal qizlar ko'p muncha?
Sariq, malla boshlilarni unutmasman o'lguncha.

“Chavo-chavo” deb biriga men o'zbekcha so'z qotdim,
U o'zbekcha gapirganda, o'zimni-da yo'qotdim.

Saqich chaynab, “achka” taqqan kalta sochli go'zallar
“Mo'da”larni quvib-quvib, bir-biridan o'zarlar.

Ular kiygan yarim ko'ylak ikki cheti so'kilgan,
Ko'zi tushgan yigit borki, “o-oh” urgancha o'kirgan.

Nima, ulim, bu shaharda igna minan jip jo'qma?
Yirtiq kiyim ko'rgan kulmas, ko'ngil shunga yo to'qma?

Bundaylarga duch kelsam-ey, dilim andak g'ashlanar,
Oqshomlarda yirtiq joydan chaqmaydimi pashshalar? ;)

Endi aynam, safar qarib, men qishloqqa qaytaman,
Lekin, ketar chog'im senga bitta gapni aytaman:

Yaxshiyamki, apkemapman qari qaysar enangdi,
“Jirtiq yupka apper” derdi, ko'rar eding kinangdi.

Yupkasiyam boshdan qolsin, kiysa, ko'ngli to'lardi,
Lekin, “shortik kiying siz” deb, menga balo bo'lardi...

PS: She'r muallifi menga noma'lum...

Anvar Atakhanov 02.07.2010 13:24

Жуфт булсин!!!:clapping:

Colorado 03.07.2010 01:13

Цитата:

Сообщение от 3dman (Сообщение 418061)
Жуфт булсин!!!

Оффтоп:
Ёкмай колсин
малласочларга познакомка деб гап отганда ...
энагиз бир эшитиб курсаларми?

смайликни коди нечи?

OmoN 03.07.2010 02:59

Эҳ отахон, бу шаҳарнинг гўзаллиги ҳам шунда
Малла сочли гўзаллар дуч келар туну-кунда

Соқолга оқ тушганда Сиз қизларга гап отманг
Қишлоқдаги вафодор капирингиздан қолманг

Сочи калта бўлса ҳам ақли узун бўлса бас
Ўйлаб кўринг бу замонда кимга мода керакмас?

Йиртиқ кўйлак аслида европанинг модаси
Бу замонда шу йиртиқ ҳам моданинг энг додаси

Отагинам бу шаҳарда игна ҳам бор ип ҳам бор
Лекин ўша гўзалларга игна-ип нега даркор?

Гапингизни эшитганнинг кулиб кўзи ёшланар
Гўзалларни чақмайди-ку бу шаҳарлик пашшалар
(с)Булғағоний.

Nigora Umarova 03.07.2010 10:50

Шаҳарга келиб олиб гўзалларга боқибсиз,
Ўзингиз билиб-билмай қошингиз хўп қоқибсиз.

"Сочи узун, ақли калта" деган мақол бўлган-чун,
Ўзбегим қизларига мақол кўрсатди кучин.

Сочимиз кесиб олиб, бўяб олдик сариққа,
Хўрозлар кўзин узмай қараган-чун тариққа.

Рўмол нима, бизга рўмол нечун бўлсин чи кора,
Бошда дўппи, белда белбоғ бўлмагач сизга чора.

Калта шортик, бошда кепка, оғзингизда жевачка,
Сиздан қизлар ўрнак олиб энди ҳайдашар "тачка".

Ўйда ўтирган энамиз бунчалик мақтамайсиз,
Баъзан қўпол гапириб ҳурматин сақламайсиз.

Қўлда тасбеҳ, дилда дуо, ёшларга бўлинг ўрнак,
Баркамол ёш авлодга бу жуда муҳим-керак.

Арғумоғи кетидан тойчоғи илдам чопар,
Билингиз, эртанги кун от ўрнини той босар. :)

Н.бегим.

Danger 03.07.2010 14:19

Oh, qanday ona u, qanday ota u,
Qiziga avratin yopgin demasa?
Oxirat azobi qattiq azobdir
Jon qizim Allohdan qorqgin demasa
Ey ota, ey ona oylab koringiz
Sizga omonatdir farzandlaringiz.
Yetar endi shuncha oynab kuldingiz
Oxirat javobin fikr qilingiz,
Yoqangizdan olmasdan ogil-qizingiz
Farzandlaringiz bilan tavba qilingiz.
Tavba qil, ey ayol, gunohing kopdir
Kochada yurganda zinoing kopdir,
Sajda qil, tavba qil vaqting ganimat
Bilib qoy DO'ZAXDA AYOLLAR KOPDIR!!!

(muallif kimligini bilmiman)

Ustoz 06.07.2010 23:29

"Kim do`zahi, kim jannati yolg`iz Olloh biladi",
Deya senga o`sha qizlar aqllilik qiladi,
"Erkak yo`q" - deb da`vo qilar, ammo bitta naql bor -
Asli ayol erni eru, yo qaro yer qiladi.

Uzr 2 daqiqada mushoiranglar uchun yozilgan to`rtlik, kamchiligi bo`lsa aybga buyurmassizlar?

Masud Mahsudov 07.07.2010 03:20

Qiz-ayolni yerga urmang, bizlarda ham bor ayb,
Bozorlarga chiqarib qo'yib, yuribmiz-ku, gerdayib.

Qancha erkak g'ururini chaqa pulga sotishgan,
To'rva halta yo'q bo'ynida, beg'am nosni otishgan.

Pishir-kuydir, idish-tovoq, supir-sidir, uy ishi,
Shundan boshqa o'yida yo'q oilaning tashvishi.

Nima qilsin, shundan boshqa qo'ldan yumush kelmasa,
Xotin kelib janjal qilar, issiq ovqat bo'lmasa.

Pul topggan-chun, xo'jayinlik xotinjoni qo'lida,
Paxta qo'yar. Laganbardor qolib ketar yo'lida.

Xullas, do'stlar, shunday erlar jamiyatni buzmoqda,
Mag'rur erkak ildizni, bilib-bilmay uzmoqda.

Shu illatni har bir inson tugatishni boshlasin,
Xotin erlik, erkak xotin yumushini tashlasin.

Ana shunda, bobolar ham, shahar kezar uyalmay,
Xayron boqmas yoshlar tomon, hassasiga suyanmay.

Ustoz 07.07.2010 08:18

Bozorlarda yurganlarning hammasi ham muhtojmas,
Eri topib kelganiga sabr-qanoat qilmaydi.
Hech bir kimda ayollarni yerga urish niyat yo`q,
Ammo lekin ba`zilari iymon nima, bilmaydi.

Bekmirzo 07.07.2010 08:50

Цитата:

Сообщение от Masud Mahsudov (Сообщение 419247)
Qiz-ayolni yerga urmang, bizlarda ham bor ayb,
Bozorlarga chiqarib qo'yib, yuribmiz-ku, gerdayib.


Qiz-ayolni bu yerda hech kim yerga urmayapti,
Faqat, yirtiq yubka kiysa, yuzin chetga burmayapti.

:)


Текущее время: 00:05. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»