Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)

Результаты опроса: Фарзандингизга эртак айтиб берасизми?
Фарзандим хар куни эртак эшитмаса ухламайди. Шунинг учун мажбурман. 0 0%
Имкон кадар айтишга харакат киламан 2 22.22%
Эртак айтишга менинг умуман вактим йук 0 0%
Хозирча менда бундай имкон йук, фарзандим булса балки айтарман. 7 77.78%
Эртак айтиш узи кимга керак?! Бола эртак эшитмай усса хам булаверади. 0 0%
Голосовавшие: 9. Вы ещё не голосовали в этом опросе

Ответить

Опции темы Опции просмотра
Старый 30.08.2010 09:40   #1  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Мушук хоним

Қадим замонда Юпитер ва Вена, махлуқотларнинг ўзгариш-ўзгармаслиги ҳақида баҳс қилишибди.
Юпитер:
- Ўзгаради, - дебди.
Вена эса:
- Ўзгармайди, - деб туриб олибди.

Шунда Юпитер қарори тўғрилигини исботлар учун бир мушукни олиб сулув қизга айлантириб қўйибди. Кейин уни хушбичим, келишган йигитга никоҳламоқчи бўлибди. Катта никоҳ маросимидан сўнг улар зиёфат дастурхонига келишибди. Буларни кузатиб турган Юпитер:
- Унга қара, - дебди. - Қандай одоб билан тановул қилмоқда, тўғрими? Ким шундай гўзал, ёш қизни мушук деб ўйлайди?! Қара, яратилиш ўзгарар экан.
Вена:
- Шошма, дўстим. Ҳозир ишнинг аслини биламиз.
Шу заҳоти Вена бир сичқонни олиб келиб, эшикдан ичкарига қўйиб юборибди. Сўнг иккови нима бўлишини қизиқиб кутишибди.
Ҳалиги қиз сичқонни кўрар-кўрмас, меҳмонларга ҳам қарамай, дастурхон оша сичқонни қувлай кетибди.
Шунда Вена:
- Дўстим, яратилиш аслияти ҳеч қачон ўзгармайди, - дебди.

"Лафонтен масаллари"дан.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
2 "+" от:
Старый 21.10.2010 14:46   #2  
Аватар для Iymandar
Оффлайн
Представитель компании
Сообщений: 198
+ 289  152/66
– 27  3/2

Uzbekistan
Ona haqida bolalar uchun sher

assalomu alaukum!
Yaxshi mavzu!
Aynan bizga kerak bo'lgan mavzu. Chunki mani 1-sinfda o'qiydigan qizchamga Ona haqida biror 1-2 ta to'rtlik yod olib kelishni buyurishibdi. Ona haqida sherlar talaygina, ammo bola tilidan oson aytiladiganini topa olmadik. Mabodo yordam bera olmayslarmi?
Oldindan katta rahmat!
Ответить 
Старый 21.10.2010 15:01   #3  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Iymandar Посмотреть сообщение

Ona tili haqidagi she'rlar
Цитата:
Ona tilim - onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jonu quloqqa.
Elu yurtim, xonumonim til bu,
Qadimlikda o'xshar ona tuproqqa...

Mirtemir
Цитата:
Tilini sotganlarni,
Gunohga botganlarni,
Bo'lding deya havoyi,
Kechirmagay Navoiy.
(Muallifi yodimda yo'q)
Keyingi xabarda ona haqidagi she'rlarni yozaman
Ответить 
"+" от:
Старый 21.10.2010 15:08   #4  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Iymandar Посмотреть сообщение
Aynan bizga kerak bo'lgan mavzu. Chunki mani 1-sinfda o'qiydigan qizchamga Ona haqida biror 1-2 ta to'rtlik yod olib kelishni buyurishibdi. Ona haqida sherlar talaygina, ammo bola tilidan oson aytiladiganini topa olmadik. Mabodo yordam bera olmayslarmi?
Siz dunyoda tengi yo'q,
Mehribonsiz, onajon.
Dasta-dasta gul tutay,
Doim sog' bo'ling, omon.
(Muallifi yodimda yo'q)
Ответить 
"+" от:
Старый 21.10.2010 15:34   #5  
Аватар для Iymandar
Оффлайн
Представитель компании
Сообщений: 198
+ 289  152/66
– 27  3/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Iymandar Посмотреть сообщение
Aynan bizga kerak bo'lgan mavzu. Chunki mani 1-sinfda o'qiydigan qizchamga Ona haqida biror 1-2 ta to'rtlik yod olib kelishni buyurishibdi. Ona haqida sherlar talaygina, ammo bola tilidan oson aytiladiganini topa olmadik. Mabodo yordam bera olmayslarmi?
Siz dunyoda tengi yo'q,
Mehribonsiz, onajon.
Dasta-dasta gul tutay,
Doim sog' bo'ling, omon.
(Muallifi yodimda yo'q)
Hurmatli Nigora!
mana bu zor bo'ldi! Oldingisi ona tili haqida edi. Bizga esa ona haqida kerak edi. Balki yana bordir?
Rahmat!
Ответить 
Старый 21.10.2010 16:01   #6  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Iymandar Посмотреть сообщение
Hurmatli Nigora!
mana bu zor bo'ldi! Oldingisi ona tili haqida edi. Bizga esa ona haqida kerak edi. Balki yana bordir?
Rahmat!
Ona hurmati

Ona hurmatin keltirmoq uchun
Anglamoq kerak onalar burchin.
Ona so'zi-bu juda ulug' nom,
Ona bosh bog'bon, ona ham posbon.
Ona uyimiz obodligidir,
Ona uy husni ham shodligidir.

Onadir bizni guldek bezagan,
O'ynab kech qolsak, yo'qlab izlagan.
Onamiz-Vatan sharaf va shoni,
Onamiz-tinchlik po'lat qo'rg'oni...

Onaning bizda cheksiz faxri bor,
Onalar bizda ozod, baxtiyor.

Quddus Muhammadiy
Оффтоп:
Zo'rg'a esimga tushirib yozdim.
Yana esimga kelsa yozarman
Ответить 
3 "+" от:
Старый 25.03.2011 12:12   #7  
Аватар для Sirim
Оффлайн
----
operator
Сообщений: 59
+ 155  69/35
– 13  2/2

Uzbekistan
Zo'r tovug'im bor edi, semiz va sergak
Baqaloq deb men unga qo'ygandim laqab.
Tuxum tug'ib berardi xar kuni oppoq
Shu tufayli u bilan yashardik inoq.
Ammo so'ngi paytda u bo'lib qoldi ayyor
...
Bu she'rni ukam bilan rosa yaxshi ko'rib aytib yurardik, hozir ham maktab darsliklarida bormi?
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 20.12.2010 12:50   #8  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Qo'shnimizning farzandiga "Alifbe" bayramida quyidagi she'rdan parcha berishibdi.
Menga aytib berdi. "Davomini aytib bermaysnmi?"-deb so'rasam, "Davomi yo'q"-degan javobni eshitdim. Unga she'rning davomini ham o'rgatdim. O'qituvchisiga to'liq yodlab beribdi
E'tiboringizga ushbu she'rni havola qilmoqdaman.
Цитата:
Oftob ham yaxshi, odob ham yaxshi

Oftob yaxshimi,
Odob yxshimi?
Oftob berar nur,
Odob-chi -huzur.
Lolalar uchun
Oftob yaxshidir,
Bolalar uchun
Odob yaxshidir.
Bolalar uchun
Odob yaxshidir.
Oftob bo'lmasa,
Qorong'u tushar,
Odob bo'lmasa,
G'am-qayg'u tushar.
Oftob ko'rinar
Tog'-tepalikda,
Odob ko'rinar
Salom-alikda.
Odob har kimning
Yuzi-ko'zida.
Olamning yuzi
Oftobdan isir,
Odamning yuzi
odobdan isir.
Olamning doim
Oftobi bo'lsin,
Odamning doim
Odobi bo'lsin.

Po'lat Mo'min
Ответить 
Старый 21.12.2010 12:55   #9  
Аватар для Sirim
Оффлайн
----
operator
Сообщений: 59
+ 155  69/35
– 13  2/2

Uzbekistan
Besh yoshli Yunusjondan
Onasi so'rar: O'g'lim,
Katta bo'lgach maktabda
Olasanmi sen bilim?
-Iye, oyi, maktabda
O'qib nima qilaman?
So'rang hamma narsani
Juda yaxshi bilaman.
-Aytchi nega osmonda
Har doim quyosh bitta?
-Axir ikkita bo'lsa,
Urushib qolisharda!
-Unda nega yulduzlar
Talashib tortishmaydi?
- Ular-chi, qorong'uda
Bir-birin ko'rishmaydi.
O'g'lining topqirligi
Onani xursand etdi
Yangi asr o'g'lida
Bilag'on bo'lib ketdi.

muallif-Sirimxon!

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 21.12.2010 в 14:58.
Ответить 
Старый 21.12.2010 14:50   #10  
Аватар для Sirim
Оффлайн
----
operator
Сообщений: 59
+ 155  69/35
– 13  2/2

Uzbekistan
Kalit qani, kalit qani?
Shu yerda turgandiya
Bu kalitni Abdug'ani,
Sherzod ham ko'rgandiya.
Yelka qisar Abdug'ani:
-Sherzod kirdi chiqdi- deb
-Shunday qilib mana bundoq
Cho'ntakka qo'l tiqdi- deb
-I-ye, nima bu cho'ntagimga
Tushib olgan kalit-ku
So'zlarimdan uyalgancha
Berkinib olibdi-ku!

Umida Abduazimova

Xatolari bo'lsa muallifdan uzr so'rayman, yodimda qolganini yozdim.
Ответить 
Ответить

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»

Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх