|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Закрыто |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
|
|
#1 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Азиз Нигорахон!
Сиз адолатли супермодератор сифатида баъзи нохолис фикр билдираётган ва муаллиф шаънига тегадиган гаплар ёзаётган айрим форумдошларни ҳам тартибга чақириб туришингизни истардим. Очиғи, мен уларни ҳозирча (туркум эсон-омон поёнига етгунича!) ўқимасликка қарор қилдим. Бунга вақтим ҳам етишмаяпти. Форумимиз, жумладан, ушбу саҳифамизни эътибор билан кузатиб бораётган азиз ўқувчиларимизга энг эзгу истакларимни билдирар эканман, "Гап ҳақида гаплар"имиздан безавол баҳраманд бўлишларини тилаб қоламан. Бир суҳбатимизда таъкидлаганимдек, "қитмир гаплар"га қирон келтириб, қаймоқ гапларни кўпайтириш истаги билан, Тўлқин Эшбек. ҚАЙМОҚ ГАП Гар эшитсанг қаймоқ гапни, Бамисоли қаймоқдир. Бундай гаплар орқасидан, Ҳамма уруғ-аймоқдир! Муаллифнинг эзгу мақсади барчани қаймоқ гаплари ила уруғ-аймоққа айлантириш эканини зукко ўқувчиларимиз яхши англаб турибдилар, деган умиддаман. Фақат, шу қаймоқ гапларимиз юзига чанг-тўзон тушишининг олдини олишга қарашиб турсангиз ғоят миннатдор бўлур эдим. Яна бир бора эҳтиром ила... |
|
|
|
|
#2 |
![]() |
Domla gaplarning "qahramoni"ga aylanib ketyaptilar.
"To'lqin domlaga maktubning muallifi kim?" degam mavzu ochamiz chog'i...
|
|
|
|
|
#3 | |
![]() |
Цитата:
O'ta sinchkov odam ekan. Xabarlarni beshta ko'zoynak taqib olib o'ta sinchkovlik bilan, rentgen nuriday o'tkir ko'zlar bilan o'qir ekan maktub egasi. ![]() Maestroning aqliy salohiyatigina ko'rsatib o'tilmabdi. |
|
|
|
|
"+" от:
|
|
|
#4 |
![]() програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743
5,086/2,116
– 69
99/68
![]() |
Оффтоп: Агар гап менинг хабарим ҳақида бўлса мен ҳеч нарсани белгиламадим. Фақат Тўлқин домлага Тфуғфуркамикошпангарфенархиннишвайнцхумарболадзе амакининг ёзган хатидан олинган хулосани математик кўринишини ёздим холос.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер. Последний раз редактировалось OmoN; 30.06.2010 в 12:07. |
|
|
|
|
#5 |
![]() |
|
|
|
|
"+" от:
|
|
|
#6 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Gap haqida gaplar
Turkum (Boshi o`tgan sahifalarda) Atoqli adibimiz Pirimqul Qodirovning 2005 yilda G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan “Til va el” ilmiy badiasida qayd etilganidek, “Har qanday tarixiy haqiqat til vositasida, esda qoladigan yorqin so`zlar, obrazlar yordamida avloddan-avlodga yetkazib berilmasa unut bo`lib ketadi”. Zero, qancha muassasa, idora va tashkilotlar faoliyatlari gap-so`zlar mohiyatini o`rganishga qaratilgan! Demak, har bir gap-so`zimiz mudom e’tibor talab etadi. (Davomi bor) |
|
|
|
|
#7 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Устозга аталган калом (ёхуд дилдаги ГАПлар)
Бугун таниқли адабиётшунос олим ва мураббий, Ўзбекистон Республикаси Фан арбоби, профессор Абдуғафур Расулов таваллуд топган кун! (Устоз 1937 йил 1 июлда Тошкент шаҳрида туғилганлар!) Устозни чин дилдан қутлар эканмиз, у кишининг ижодий, илмий ва мураббийлик фаолияти ҳақида қоғозга туширган битикларимиздан бир қисмини форумимизнинг муҳтарам ўқувчилари эътиборига ҳам ҳавола этишни лозим топдик. * * * O`tgan asrning saksoninchi yillarida hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti talabalari domlamiz Abdug`afur Rasulovning darsiga "progul" bo`lmaslik yoki baho olish uchun emas balki, chinakam ilm egallash, adabiyot, adabiy tanqidchilik, qolaversa, badiiy ijod sirlaridan bahramand bo`lish ishtiyoqida kelardilar. Domlamiz darsini shu qadar jonli, qiziqarli o`tar edilarki, tanaffusga qo`ng`iroq chalinganini sezmay qolardik. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|
| Реклама и уведомления | |
|
|
#8 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Ustozning o`nlab asarlar haqidagi teran tahlilini tinglar ekanmiz, beixtiyor shunday savol tug`ilardi: mualliflar ham o`z ijodidagi o`sha "nozik qirralari"ni bilisharmikin? Ochig`i, ba’zi adiblarning "asarimdagi shu jihatlarga e’tibor bermagan ekanman" deya e’tirof etganini eshitib, domlaga tan berardik. Adabiyotshunos olim nimalarga qodirligi va adabiyot bo`stonidagi o`rni nechog`li yuksakligini anglab etganmiz. Yoshligimizga borib, hatto shunday bahslashgan edik: "yozuvchi kuchlimi yo munaqqid?" Shunda bir hamkursimizning topqirligidan miriqib kulganmiz. U sekin domlaga ishora qilib, shunday degan: "Agar yozuvchi ham Abdug`afur akaga o`xshasa, demak, u ham juda zo`r!"
Ona allasi qalbimizga muhrlangani kabi ustoz ta’limi ham yurakka umrbod jo bo`lgan. Allaga teng ta’lim dunyoqarashimizni shakllantirgan, ma’naviy yuksaklikka chorlagan. Buni qarangki, dorilfunun bilan xayrlashganimizga chorak asrdan oshgan bo`lsa hamki, ustozning betakror fikrlari, quyma iboralari biz uchun hamon ma’naviy pillapoya bo`layotir. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|
|
|
#9 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Ustoz bugun ham bo`lg`usi jurnalistlarga saboq berayotganini ko`rib, dilim ravshan tortadi. Negaki, dunyoqarashlari butunlay o`zgacha "zamona yoshlari"ning ulug` ustozlardan ham ta’lim olishi ularning katta hayot yo`liga eson-omon chiqib olishlarida muhim o`rin tutishini izohlashga hojat yo`q. Ochig`i, chaqalog`ini eplashga qiynalayotgan tajribasiz yosh ota-ona yana oilaning kattalariga tayangani misol bugungi o`nlab yosh o`qituvchilar Abdug`afur akadek ustozlardan murabbiylik sirlarini o`rganayotganlari shubhasiz. (O`zim ham talabalarga dars berayotib, bizni o`qitgan domlalar ayrim "mahmadana"larga qanday muomalada bo`layotgani va ularni qay usulda "yo`lga solayotgani"ni surishtirib, tajribalarini o`rganib boraman!) Domlamiz auditoriyada "jim o`tiringlar!" deyishiga hojat qolmasdi. Salobat bilan sukut saqlab, shundoq qarardiki, unga ko`zlarimiz dosh berolmay, nafasimiz ichimizga tushib ketar, so`ng jon qulog`imiz bilan tinglab o`tirardik. (Uzr, hozir ayrim yosh murabbiylarda na salobat, na "burgutqarash san’ati" bor...)
(Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|
|
|
#10 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Filologiya fanlari doktori, professor Abdug`afur Rasulov nainki nazariyotchi olim, shu bilan bir qatorda munaqqidlik bobida maktab yaratgan ijodkor, tinib-tinchimas murabbiydir. Bugungi kunda filologiya va jurnalistika fakultetlarida ana shu mehridaryo ustozga havas qilib, u kishining izidan borayotgan shogirdlarining sanog`i yo`q.
Bugun ortidan shogirdlarini ergashtirib yurgan domlamiz bu dorilomon kunlariga osonlikcha erishmaganini izohlashga hojat bo`lmasa kerak. Ilmning mashaqqatli so`qmoqlarini o`n chandon mushkullashtiradigan "g`ov"lardan ilgariroq u sobiq mustabid tuzimning "yozilmagan qonun"lari jafosini chekkandi. Sho`ro davrida "kadrlar siyosati"ga binoan Toshkent shahridan o`qishga kelganlarga shunday "shart" qo`yilardi: kirish imtihonlarini faqat "5"ga topshirishi shart! Keyin biror zavod yo fabrikada ishlagan bo`lishi, "Mehnat daftari" talab etilardi... Bu talablar "poydevori" ham mustahkamlanib, maktabda o`qib yurgan kezdayoq "Kim bo`lsam ekan?" degan mavzuda insho yozdirishar, qishloq maktabi o`quvchilariga "dehqon bo`laman", shaharliklarga "ishchi bo`laman" deb yozish tavsiya etilardi. Maktabni bitirgach, "endi so`zingda tur!" qabilida muomala qilinardi. Qishloqliklardan xo`jalik raisining maxsus "ruxsatnoma"si, shaharliklardan "ishchilik ish staji" talab etilardi... Xullas, Beshyog`ochdagi 90-o`rta maktabni a’lo baholarga tamomlagan Abdug`afur ham SAGU (hozirgi O`zMU) filologiya fakultetiga kirish imtihonlarini a’lo baholarga topshirganiga qaramay "Toshkentlik bo`lgani" uchun tom ma’noda kamsitilgan edi... (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|
|