Assalomu aleykum!
Men "arbob" atamasi izohini qidirib bu yerga kirib qoldim!
"O'zbek tilining izohli lug'ati" kitobida yozilishicha:
Цитата:
Arbob - Fan, madaniyat, san'at sohasida yoki davalat ishida faoliyati bilan tanilgan, shu sohada o'zini ko'rsatgan shaxs. Jamoat arbobi. Madaniyat arbobi. San'at arbobi. Siyosiy arbob..
|
Bilamizki Alisher Navoiy, Amir temur kabi buyuk shaxslarni biografiyasini o'qiganda albatta "davlat arbobi" degan tarifga ko'zimiz tushadi. Lekin hozirgi zamon olimlari, professorlarining biografiyasida bu atamani umuman uchratmaganman.
Meni o'ylashimcha "arbob" so'zi qandaydir bir davlat unvonini anglatadi. Shunga aniqlik kiritishda yordam so'ramoqchi edim. Oldindan rahmat! (Iloji bo'lsa faktlar bilan.)
P.S: Offtopic uchun oldindan uzr, yangi mavzu ochishga huquqim yo'q ekan!