Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova
Цитата:
Сообщение от Komil Eriev
Albatta. Adabiyotda Tog'ay Murodning o'z yozish uslubi ham bor edi. Uning barcha asarlari bir xil, ya'ni Tog'ay Murodchasiga yozilgan.
|
Tog'ay Murod asarlari tilining xalqona yozilishiga sabab ko'proq xalq orasida yurganida deb bilaman. "Ot kishnagan oqshom" asarini yozish jarayonida chavandozlar orasida yurib, ularning hayotini o'rganib; "Otamdan qolgan dalalar" romanini yozayotganda esa 6 oylab paxtakorlar, suvchilar bilan suhbatlashib, ular bilan tengma teng mehnat qilib, o'zbeklar ishi Moskvada ko'rilayotganida qo'riqchilar bilan gaplashib sud jarayonlarini bevosita kuzatgani uchun ham asarlar xalqning diliga yaqin, xalqning dardini chuqur his etib aks ettirilgan. Yozuvchi qachonki xalqning dardini seaza olsagina o'lmas asar yaratadi.
|
Tog`ay Murod chin ma`noda o`z maqsadiga etdi "O`zbek xalqiga haykal qo`di".
Esimda, bir adabiy uchrashuvda xalqimizning sevimli adiblaridan biriga "Nega hamma Muhammad Yusufni eslashadi, T. Murod yoddan ko`tarilmayaptimikan" tarzida savol berilganda "50 yildan keyin Muhammad Yusufni hech kim tanimaydi, T.Murodni esa hamma biladi" javobini olgandik.