|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Маърифат Адабиёт, тарих, таълим, маданият, санъат ва ҳоказо |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#10 |
YTT
Сообщений: 141
+ 62
125/57
– 2
1/1
![]() |
Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining tashkil topishi va e’lon etilishi Istiqlol mujodalasi va jumhuriyatning e’lon qilinishligi G’ulja shaxridan boshlandi. Hitoy askarlari bilan 3 kunlik urush oqibatida ILI viloyati to’laligicha egallandi. Ili viloyati ozod bo’lganini eshitgan Oltoy viloyatidagi mahalliy uyg’ur, qozoq, tunganlar ham mujodalani boshlashdi. Shu bilan 3 viloyatda boshlangan mujodala harakati Sharqiy Turkiston halqlarini ozodlikka erishtirdi. 7-avgust kuni Sharqiy Turkiston Jumhuriyati e’lon qilindi. Alixon To`ra Viloyat Saroyidagi Xitoy bayrog’ini tushirib, yirtdi va oyog’inign ostiga olib: “Mana bu bizning bayrog`imiz” deb oldindan xozirlagan oy-yulduzli oq bayroqni yuqoriga tikdi va o`n ikki vazirlikdan tashkil topgan hukumatni e’lon qildi. Bundan tashqari to`qqiz moddadan iborat bo`lgan bayonot ishlab chiqardi. Alixon To`ra bu Jumhuriyatning Prezidenti deb qabul etildi. Hukumat a’zoligiga quyidagi insonlarni tanlab oldi: Hakimboy Hoja ve Abul Hayri To`ra (Qozoq): Prezident yordamchilari, Rahimjon Sabiri: Ichki Ishlar Vaziri, Xarb Ishlari Vaziri Muovini, Anvar Musaboyev: Moliya Vaziri, Habib Yunisiy (Tatar): Maorif Vaziri, Muhammadjon Mahsun: Oliy Sud (Yarg`itoy)Raisi, Abdurrauf Mahzum: Hukumat Bosh Kotibi, Solihjon Boy: Tuproq, Yer ve Suv Vaziri, Joni Yo`ldosh: Davlat Mufattish Vaziri, Zunnun Tabib : Xarbiy Muovin, Palinov ( Rus ) : Xarbiy Vazir, Umarjon : Zaxira Vaziri, Karim Hoji : Milli Bank Raisi, Sayfiddin Aziz : Tashviqot Vaziri ( Keyinchalik maorif raisi bo`ldi), Abdulkarim Abbos : Matbuot Vaziri, Qosimjon Qambariy: Xarbiy Sud Raisi, Ahmad Afandi Qosimiy : Alixon To`raning Tarjimoni. Hokimiyat qurilgan paytda G`ulja shahrida 4 xarbiy samolyot, 618 miltiq, 56 to`pponcha, 12 minomyot, bir necha tonna o`q-dori va bomba qo`lga kiritildi. Bu orada Sovet Ittifoqi Yaponiya va Markaziy Xitoy Hukumatiga qarshi tampon davlat sifatida Sharqiy Turkiston Jumhuriyatini yashirincha dastaklashga majbur qoldi. Masalan, 30 qo’y uchun Birinchi Jaxon urushidan qolgan bir dona miltiq berilardi. Turkiy elatlardan bo’lmish (O`zbek, Qozoq va boshqalardan) xarbiy mutaxassislar yuborildi. Qisqa vaqt ichida quyidagi ishlar bajarildi: soliqlar 50%ga kamaytirildi, saylash, ish soatlari borasida demokratik hurriyat berildi. Din va tilda erkinlik berildi. Xitoy amaldorlarining qo`llaridagi molar musodara qilindi. Последний раз редактировалось Аброр Шокиров; 19.02.2013 в 06:43. |
|
Ответить |
|
|