|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Маърифат Адабиёт, тарих, таълим, маданият, санъат ва ҳоказо |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#7 |
|
YTT
Сообщений: 141
+ 62
125/57
– 2
1/1
![]() |
G`arbiy Turkistondagi mujodalasi: Alixon To`ra Chor Rossiya hukumatining Turkistonda I - Jaxon Urushi uchun askar yig`ishiga qarshi chiqib: ”Halifa askarlariga qurol ko`targan murtad bo`ladi” degan fatvo chiqargan va Ruslarning bu yerlardan askar yig`ishlariga mone bo`lgan. Bu orada Alixon To`rani qol`ga olish haqida qaror chiqarildi, lekin tutilmadi. U davrda Rus hukumati xalqning bosh ko`tarishidan qo`rqib, din olimlariga ortiqcha bosim o`tkazmas edi. Bu sababdan, unga o`lim jazosi berilmadi, ammo qora ro`yxatga olindi. 1916 yil G`arbiy Turkistonda bo`lib o`tgan Chor Rossiyasiga qarshi ommaviy qo`zg`olonlarda Alixon To`ra vatani Bolasog’unda qurolli isyonda faol ishtirok etdi. Chor Rossiyasining zayiflashgan va axoli orasida ommaviy norozilik ruhining yoyilgan o`sha paytda mamlakatining mustaqillikni qo`lga kiritishini orzu etardi. Qo`zg`olonlar ruslar tarafidan qonli yo`l bilan bostirildi. Alixon To`ra Qashg`arga qochdi. 1917 yilda Bolsheviklar Chot Rusiyadan hukmronliki o’z qo’liga olganidan so’ng “Ozodlik uchun kurashganlar o’z yurtlariga qayta oladi”, degan e’lonlariga ishonib, mamlakatiga qaytdi. 1919 yilda esa Bolsheviklarning zulmiga uchragan (jabr diyda) insonlarga yordam bergani uchun yana mamlakatini tark etishga majbur bo`ldi. Xalq hokimiyatini o’z qo’liga olgan kommunistlarning asl niyatlarini anglab yetib, ularga qarshi chiqqanligi uchun takroran qora ro`yxatga olindi va chorani qochqinlikda topdi. Bir yil Qashg`arda yashadi. “Qashg`arda meni tushunadigan birorta ham inson topmadim va Vatanimni dushman qo`llarida qoldirib, qochish menga juda og`ir tuyuldi. Boshimga nima kelsa ham Vatanimga qaytishim kerak”, deb yana o’z ona yurtiga qaystib keldi O’sha paytda Sovet Ittifoqining kuchga kirib, mustamlaka siyosatini ochiqchasiga yoya boshlagan mahal, xalq ahvolining yomonlashishini ko`rgach, takroran mujodalaga kirishdi. Ushbu boshlagan kurashi yo`lida: 1- So’ro siyosati hisoblangan ateizmga qarshi vijdon hurriyatidan istifoda etib, Islom Dini va madaniyatini hayotga tatbiq qilish uchun, xalqning hoxishi bilan Bolasog`un shahar jome’ masjidida imomlik vazifasini boshladi. Vaaz va nasihatlari xalqda musbat ta’sir uyg`otdi. 2- Turkistonda o`rtaga chiqqan Qosimovchilar Harakatining (vatanparvarlarning kadrlashuv harakati) vakili bo`ldi. Alixon To`ra 1930 yilgacha olti marta xibsga olindi. Oxirgisida 10 yillik Sibir surguni jazosiga mahkum etildi. Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 18.02.2013 в 15:52. |
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
| Реклама и уведомления | |
|
|
|