|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#1852 |
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191
112/60
– 0
0/0
![]() |
Siz ertaga kelasiz...
Siz ertaga kelasiz...Hozir, Xabarini yetkazdi simlar. Bu xatarnok yo‘lda karvonni yutgan vabo - ohangdor qumlar. Siz ertaga kelasiz... Ruhim, Salimga ham guloblar quydi. Ko‘zingizdan o‘pdim, Lablarim, Yulduzlarga tekkanday kuydi. Labingizda - beshikda jahon, Jahonlarni suydim mastona. Siz ertaga kelasiz... Bugun, Yangi ranglar kiyar ostona. Siz ertaga kelasiz... Birday, Odamlarga noma’lum sirday. Ko‘rasiz, sevgimni ilib qo‘yibman, Yakshanbada yuvib yoyilgan kirday. Siz ertaga kelasiz... Hozir Yuragimni qo‘ydim o‘rtaga. Agar tuzlar yutib olsalar, Topolmaysiz meni ertaga. Siz ertaga kelasiz... Qochib, Ta’qib etgan farangi kuydan. Siz kelasiz shoshib, ammo men, Chiqib ketgan bo‘laman uydan. Siz ertaga kelasiz... Boqqa Liboslarni xazonday tashlab. Bugun mening cho‘llik qishloqqa, Ketgim kelar ko‘zimni yoshlab. Siz ertaga kelasiz...Biroq, Bugun tushub qoldim men asir. Bu dunyoda nima bo‘lsayam, Menga hozir keraksiz, hozir. Siz ertaga kelasiz...Bugun, Oy nuriga lim-lim to‘laman. Siz ertaga kelasiz...Ammo, Ertaga men o‘lgan bo‘laman... Zebo Mirzo
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib... |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#1853 |
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191
112/60
– 0
0/0
![]() |
Bizni yomon deb o’ylagan, ey yaxshilar,
Kechirsinlar bizni agar kuch topsalar. Kechirgaymiz gohi bilib, goh bilmasdan Mahzungina qalbimizga o’q otsalar. Kechirsinlar tun kechalar xoblarini, Bizga kelgan omadu baxt quvlasalar. Kechirgaymiz uzun kunlar keng jahonga, Ko’kdan tushgan “baxtimiz”dan so’zlasalar. Kechirsinlar peshonadan to’kkanimiz, Sho’r ter emas durdonaga aylansalar, Kechirgaymiz sizdan ketib omonlikda, Yaxshilarga yo’llarimiz boylansalar. Bizni yomon deb o’ylagan, ey yaxshilar, Kechirsinlar o’zlarida kuch topsalar, Sizning uchun bag’rimizdan joylar berdik, Kechirgaymiz yana ming bor o’q otsalar. Sizu bizning yaxshi, yomon amallarga, Ajr bergay yolg’izgina Yaratganim, Biz kechirdik qancha bo’lsa g’ayurlarni, Qolganini o’zing bilgin, Olloh Karim!!! Ra'no Yarasheva
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib... |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#1854 |
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191
112/60
– 0
0/0
![]() |
Qalb so'rog'i...
Qachongacha egik bu boshim, Qachongacha baxtni kutaman? Yelkam uzra bu yukni tashlab, Men ham manzilimga yetaman..? Olismikan tanlagan yo'lim, Shum taqdirning yozug'imi bu? Samo uzra ko'tarib qo'lim, So'ragancha qolarman mangu... Bilolmadim, Baxt nima o'zi..? Balki shudir...yetti muchcham sog'. Balki farzandimning kulgusi, Unda nedan yuragimda dog'..? Derazamni chertadi yomg'ir, Ovutolmas meni hatto u. Men yomg'irni yaxshi ko'rardim, Endi solar qalbimga og'u... Axir mening hamma narsam bor, Noshukurlik gunoh aslida. Unda ayting, nechun xazonman, Umrimning gullagan faslida..? Gulinoz
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib... |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#1855 |
Nayda bor
Qalbim jo'shqinligi jo'shqin soyda bor, Ko'p qiynamang, mendek dilkash qayda bor, Yuragingiz o'rtar-ku nolalarim Ohlarim oh yolg'iz faqat nayda bor. Sog'inchlarim o'rtanib tegsa jonga, Mushtoqsiz-u qaramay biz tomonga, Firoqni bosh qilasiz qo'zg'olonga Ko'p qiynamang mendek dilkash qayda bor. Shaydo qilib aybsiz, ham begunohsiz, Aybimga iqrorim ham sevdim so'roqsiz, Qiynab-qiynab bir kuni ochar quchoq siz Ko'p qiynamang mendek dilkash qayda bor Nizomiddin Mamatqulov
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось albatros; 19.09.2012 в 11:46. |
|
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#1856 |
Сообщений: 451
+ 1,525
573/266
– 3
7/6
![]() |
Жонингизга жон бўлай,
Жонимга дармоним отам. Камтарин, пиру-бадавлат, Шавкатим-шоним отам. Йўл ҳаётим кўрки, ёрқин, Уста боғбоним отам. Сиз билан йук заррача, Дилларда армоним отам. Боадаб, ақли расо, Фарзанд отанинг жонидур. Парпираб ёнган чироғи, Танда тоза қонидир. Беақл, нодон ўғил, Ранжу-аламнинг конидур. Жонингизга жон бўлай, Жонимга дармоним отам. Камтарин, пиру-бадавлат, Шавкатим-шоним отам. Сиз билан йук заррача, Дилларда армоним отам. Арзигай жондан товоф этсам, Отам кўз-қошини. Бор вужудим ўртанар Тўкса мурувват ёшини. Доимо меҳнат билан, Кўкка кўтаргим бошини. Жонингизга жон бўлай, Жонимга дармоним отам. Камтарин, пиру-бадавлат, Шавкатим-шоним отам. Сиз билан йук заррача, Дилларда армоним отам. Ш.Жўраев қўшиғидан Тўгрисини айтсам бир ҳамкасбимиз шу қўшиқни 2-3 марталаб эшитади. Кўп ҳам киравермайди, баъзида кирганида шуни сўраб қолади, бошқасини эшитмайди. Индамай қўйиб бериб, сездирмай 15-20 дақиқага чиқиб кетаман. Қайтганимда бирорда чиқиб кетган ёки энди кетиш тараддудида бўлади. Аммо унда худди (қандай тасвирласам экан) қандайдир ғамгинликдан устун хотиржамликми ёки мухтож булиб турган одамнинг ёрдам олгандаги кайфиятими, хуллас шунга ўхшаш холат намоён бўлади. Аммо унинг ичидан қандай ўй-ҳаёллар ўтишини билмайман, сўрагани истихола қиламан. Балки тўғри қиларман сўрамай...мен буни тушунмасман. Аввало шукр, сабаби, бувам, бувим, отам ва онамнинг бағридаман...
__________________
Ҳар қандай мушкулликда ҳам нажот тўғриликдадир. |
|
Ответить |
![]() |
#1857 |
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191
112/60
– 0
0/0
![]() |
Nima bo‘ldi, nimalar bo‘ldi,
Ikki yonga ketdik ayrilib. Ketarkanman qaragim keldi, So‘ng bora ortimga qayrilib. Qaramadim, qaray olmadim, Egsam hamki bu mag‘rur boshni. Hech ko‘rsatgim kelmadi Sizga, Ko‘zlarimga to‘lgan ko‘z yoshni. Men mehrlar bergandim Sizga, Yonib yoniq otash mehrlar. Bugun mening qo‘rlarim so‘ngan Bugun Sizni kimlar sehrlar. Ma’yuslanib qolasiz nogoh, Nafratmidir ko‘ksimda o‘sgan. Zor bo‘lasiz bir kun baribir, Jannatlarda topilmas hisga. Kimdan xato o‘tdi bilmadim, Siz hanuz jim, men hamon jimman. Qahratonli bir sovuq kunda, Xudo bir o‘t olar ko‘ksimdan. «Qaytarib ber mehringni» deysiz, Bilmaysiz qalb g‘amdan tolganin. Pichirlayman sovuq, xotirjam: «Banda bermas Xudo olganin». Muallifni bilolmadim
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib... |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#1859 |
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191
112/60
– 0
0/0
![]() |
Ketyapman...
Qaydan ham yo'limda kelgandingiz duch, Ayqash-uyqash qilib o'ngu ro'yoni. Topdim, Siz, yolg'iz Siz, qolgan dunyo puch, Yo'qotdim, qaytadan ko'rdim dunyoni. Qayta ko'rsam ko'zim kuyib ketar, chin, Armon to'lqinlari ketgaydir ko'mib. Qayta Sizni ko'rib qolmaslik uchun, Ketyapman umrbod ko'zimni yumib... Halima Xudoyberdiyeva
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib... |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#1860 |
Дерлар ортга қайтмоқ қийинмас,
Ҳижронни ҳам йўқ қилмоқ мумкин. Видо куни тупроққа эмас, Ҳатто кўкка... йиқилмоқ мумкин! *** Айриляпмиз, алвидо айтиб, Йўллар айро тушар бу замон, Бу гулханга кирмагин қайтиб, Энди қайта топишмоқ гумон. *** Қачондир ёдингга тушаман, гулим, Мудроқ кунларимни огоҳ этгали, Майин еллар эсган нурли саҳарда Сен ёнимга қайтиб келасан ҳали. Қайтмоқ истагингни яширганда ҳам, Кўп қатори яйраб, яшнаёлмайсан, Ҳаёллар кўнглингга соя солади: Сен менсиз... сен менсиз яшаёлмайсан... *** Келишингни билсам, қадаминг пойлаб, Сенинг йўлларингга гуллар сочардим, Ҳижрон онларига алвидо сўйлаб, Тиз чўкиб, пойингни қучардим.... Voris. "Umidlar intihoda o`ladi." [Ozar tilidan Iqbol Humoyun tarjimasi.]
__________________
Olloh oqibatimizni xayrli qilsin... |
|
|
Ответить |
|