|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#1801 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Чиройли шеър учун ташаккур...
Ўзбек тилида ҳежжаламоқ, деган феъл йўқ. Ҳижжаламоқ, бор. Унинг маноъси эса сўзни, бўғинни бўлиб, тўхтаб-тўхтаб ўқишга тўғри келади. " Тағин, бирор мисрам тушиб қолмадимикин, деган ташвишда шеърини йўл-йўлакай ўқиди. Ҳижжалаб ўқиди. Хайрият, мисралари тугал бўлди." ("Момо ер қўшиғи" Тоғай Мурод)
__________________
Мой ЖЖ |
|
|
Ответить |
|
|
#1802 | |
|
Сообщений: 177
+ 129
243/106
– 2
2/2
![]() |
Цитата:
E'tiboringiz uchun tashakkur. |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#1803 |
![]() |
Юрагим,
Меники эмассан бошқа, Энди бегонадир тўлишган ақлим, Бугун тинч, не тушар эртага бошга, Мен ҳам яшашгами сиз каби ҳақли? Меҳрим, Кўзларимни очдинг уммондай, Чўкканинг манзилда таъна, маломат, Дунё не кўрдики мендай ёмондан, Кутганим бўлсинми комил ҳаловат? Сабрим, Сизиб киргил тафаккуримга, Жонимни қақшатган ҳислар чекинса! Кошки ўзим топган рангсиз нуримга Чап бериб, бир зумга дилдан ўкинсам!.. Оҳим, Рутубатни қўмсаган хаёл, Икки дунёсини тутар ҳасратим, Айтинг, ҳали бор-ку топишга завол, Қалбхўр шайтонлардан асранг, ҳазратим! Умрим, ҳаққинг йўқ ҳеч сўнишга шамдай, Суя, ўз қадрингни кўтар, иродам! Оҳ, қандоқ бахтлидир ёруғ оламда Айтиб йиғламоққа дўсти бор одам! Аъзам Обид |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#1804 |
|
Andijan JB
Tadbirkor
Сообщений: 31
+ 58
45/20
– 0
0/0
![]() |
Ignalangan ko‘ksimni
Chokidan bir-bir so‘kdim. Yuragimni hovuchlab, Siqib-siqib she’r to‘kdim. Oy oy emas men uchun, O‘zgacharoq atayman. Yulduzning ismi boshqa, Barin bir-bir aytay man. Eshitaman qirlardan Ozodlikning sasini. Men his qilib turaman Gullarning nafasini. Zo‘r davralarga kiring, Men tog‘-u, yaylov yoqda. Siz minbarda qichqiring, Men kuylayman qishloqda. Baland gaplar yoz, deysiz, Qumdan qasr qurgum yo‘q. O‘rtacharoq, shunchaki Gapdon shoir bo‘lgum yo‘q. Aytilajak so‘zimni Hali bashar anglagay. Men qishloqdan hayqirsam, Butun jahon tinglagay. Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 07.08.2012 в 16:36. |
|
|
Ответить |
|
|
#1805 |
|
Заблокирован(а)
uzbek
manager
Сообщений: 21
+ 80
26/18
– 0
8/7
![]() |
Sen sabab....
Sen sabab - ko'zimga ko'rindi quyosh, Sen sabab - umrimning bordir mazmuni. Sen sabab - men she'rlar yoza boshladim, Bo'lmasa bu bahtning aslo yakuni. Sen sabab - hayotda topdim o'zimni, Sen sabab - angladim nedir muhabbat. Sen sabab - quvondim, sen sabab kuldim, Qalbdagi sevgimdir senga toabad. Sen sabab - bugunning ertasi bordir, Sen sabab - kulgular sof va beg'ubor. Sen sabab - bu yerak sevgiga yordir, Bir umr yo'lingda bo'lib intizor. Sen sabab - kuzlar ham men uchun bahor, Sen sabab - ko'nglim ham zavqlarga to'lar. Sen sabab - ko'zdagi quvonchim bilan, Ko'zingga termulib yashagim kelar... 'Hayotim' ijodidan... Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 08.08.2012 в 09:25. |
|
|
Ответить |
|
|
#1806 |
![]() |
Singan odam
Singan odam, tuyg‘ulari tingan odam, Singan odam, qismatiga ko‘ngan odam. Siniq kulib, siniqqina ko‘rishadi, Kun ko‘radi, yashamaydi singan odam. Yuribmiz-da, deydi endi o‘g‘il-qiz deb, Qoraqozon yonidagi qorako‘z deb… Men hamisha yoningdaman, ketdik, do‘st, deb, Yelkangga qo‘l tashlamaydi singan odam. Ko‘rilmagan katta xavfni ko‘rib qolgan, Qochib borib o‘z ichiga kirib qolgan. O‘z jonining mazasini bilib qolgan, Senga jonin to‘shamaydi singan odam. Ko‘rdim singan shoxni – oppoq guli bilan, Egam goho shunday o‘ynar quli bilan. Goho urar bandasining qo‘li bilan… Odam isin xushlamaydi singan odam. Unga tegma, u sendan ayb qidirmaydi, Aybing bilsa ham birovga bildirmaydi. Singan odam singanlarni sindirmaydi. Begonaga o‘xshamaydi singan odam Iqbol Mirzo |
|
|
Ответить |
|
8 "+" от:
|
| Реклама и уведомления | |
|
|
#1807 |
|
Andijan JB
Tadbirkor
Сообщений: 31
+ 58
45/20
– 0
0/0
![]() |
Mana bugun mening tug‘ilgan kunim,
Nega, nima uchun qutlaydi barcha. Axir nima qildim, neni do‘ndirdim, Tug‘ilganimdan to shu kunimgacha? O‘tgan kunlarimni qilgancha tahrir, Ko‘milib boraman tubsiz so‘roqqa. Nega tushunmaysiz, odamlar, axir Arzirli nimam bor tabriklamoqqa? Hali uxloqligim, mudroqligimmi, Ayting, qanday yaxshi jihatlarim bor? Yoki o‘ta ketgan qo‘rqoqligimmi, Siz jimsiz. So‘zimni qilmaysiz inkor. Eshik taqillatdi Baxt, Quvonch, Shodlik, Ochsam turar bari tutib quchoq gul. Kirib keldi yangi hamrohim — YOSHLIK, Ammo nimagadir ko‘nmasdi ko‘ngil. Men yangi do‘stlarga qilib iltifot, Bilmabman u meni o‘ksib kutganin. Sezmabman, qadrdon bolaligimning Qachon, qanday uydan chiqib ketganin. Mana bugun mening tug‘ilgan kunim… Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 08.08.2012 в 12:41. |
|
|
Ответить |
|
5 "+" от:
|
|
|
#1809 |
|
Заблокирован(а)
uzbek
manager
Сообщений: 21
+ 80
26/18
– 0
8/7
![]() |
Ignalangan ko‘ksimni
Chokidan bir-bir so‘kdim. Yuragimni hovuchlab, Siqib-siqib she’r to‘kdim. Oy oy emas men uchun, O‘zgacharoq atayman. Yulduzning ismi boshqa, Barin bir-bir aytay man. Eshitaman qirlardan Ozodlikning sasini. Men his qilib turaman Gullarning nafasini. Zo‘r davralarga kiring, Men tog‘-u, yaylov yoqda. Siz minbarda qichqiring, Men kuylayman qishloqda. Baland gaplar yoz, deysiz, Qumdan qasr qurgum yo‘q. O‘rtacharoq, shunchaki Gapdon shoir bo‘lgum yo‘q. Aytilajak so‘zimni Hali bashar anglagay. Men qishloqdan hayqirsam, Butun jahon tinglagay. Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 09.08.2012 в 11:44. |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#1810 |
![]() |
Аввал ҳайрон қолдинг, қувондинг, кулдинг,
Жим қотдинг. Кўзингга ёш олдинг бирдан. Сўнг бегонадай менга термулдинг, Йиғи нуқси урган нигоҳинг билан. Хавотир ичинда дединг: "Мен кетдим..." Тўхтадинг. Хўрсиндинг. Жўнадинг шитоб. Кузги чорбоғ аро йўқолдинг, йитдинг, Атлас либосларга беланган сароб. Аввал ҳайрон қолдим. Бепарво кулдим. Жим қотдим. Гўдакдай йиғладим бирдан. Сўнгра бегонадай кўкка термулдим — Мен ҳануз фалакка бегонадайман... Усмон Азим |
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|