Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ЎЗБЕКОНА > Умумий бўлим
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Умумий бўлим Ҳеч қайси бўлимига кирмаган мавзулар...


Результаты опроса: uForum да "Дин" бўлими керакми?
Ҳа, керак. 17 58.62%
Йўқ, керак эмас. 12 41.38%
Голосовавшие: 29. Вы ещё не голосовали в этом опросе

 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 31.07.2012 00:18   #11  
Аватар для Bahrom
Оффлайн
AKA:ABS
Сообщений: 223
+ 250  134/79
– 8  8/6

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Shokir Dolimov Посмотреть сообщение
Баъзи бир шахсларнинг товонини кўкрагига уриб, диндорлигини [/FONT]ҳаммага кўз-кўз қилганини кўриб, ҳар хаёлга бораман.
"Diniy ekstrimizm va fundamentalizmga qarshi kurashish" maxsus kursida o'qiyotgan edik O'zi aslida chala bilimga ega kursdoshim, faqat ishchi dasturi bo'yicha ma'lumotga ega o'qituvchimizga, qattiq qarshi chiqib qoldi.
Aksiga olib kursdoshlarim ham faqat uni din haqida yaxshi biladi deb o'ylashar edi. Butun kurs oldida o'zini chala-chala bilgan narsalarini aytib o'qituvchini o'zicha "mot" qila boshladi. Aslida o'qituvchi ma'ruzasi juda to'g'ri edi.
Men mavzuga avvaldan tayyorlanib kelganim uchun, kursdoshimga 1 ta savol berdim. Javob topolmay endi menga "tashlanish"ga o'tdi.
Men aytganimdek darsga tayyorgarlik ko'rib kelganim uchun aniq bilar edim, o'qituvchimiz aytgan gap to'g'ri va uni to'g'riligini isbotini kursdoshimga aytdim. U hamon tan olmas edi. Shunda men unga yana bitta savol berdim:

"Ho'p sen menga va o'qituvchimizga nisbatan din haqida yaxshi bilimga ega bo'lsang, hozirgina aytgan hadisingni al-Buhoriydan deding, menga Imom al-Buhoriyning to'liq ismini aytchi, qachon tug'ilgan u kishi?"
(Aslida Muhammad(S.A.V.) tug'ilgan yillarini so'ramoqchi edim, bilmasdan sharmandasi chiqib, shartta kelib do'pposlab ketmasin dedim)

Kutganimdek javob topolmadi, shunda tushuna boshladi u o'zining xatosini.
Ya'ni u dindorman deb ko'ksiga ursada, o'qituvchimiz kabi aslida hech narsadan habari yo'q edi.
O'sha holatda ko'cha-kuyda eshitgan chala fikrlarga tayangan kursdoshim ham,darsga tayyorgarliksiz kelgani natijasida to'g'ri ma'lumotni asoslab berolmagan o'qituvchimiz ham aybdor edi.
Darsga tayyorgarlik ko'rib kelganimga qaramasdan, dars boshidan faol qatnashmasdan men ham xato qilganman deb o'ylayman. Agar men dars boshida faolroq bo'lganimda va e'tiborsiz bo'lmasdan fiqhiy mazhab va aqidaviy mazhab farqini avvalroq aytganimda darsda janjal bo'lmas edi.

Sizlarchi, sizlar hayotda shunday holga tushib qolganda ziyoli inson sifatida namoyon bo'lishingiz uchun bu haqida bilimga egamsizlar?
Bunday bo'lim ochilmasa ham mayli, lekin ziyoliman degan inson, davlatni ishida ishlab, davlatni yuzi bo'lganlar ayniqsa ko'chada yurganlardan ko'ra ko'proq narsani bilishlari kerak, din haqida ham, uni niqob qilganlar haqida ham.
"O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida:Havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarini o'qib chiqishingizni tavsiya etaman.
Mahmud Jurat akamizga. Konstitutsiyada soliq stavkalari ham aniq qilib ko'rsatilmagan, u bosh qomus, boshqa qonunlar bor unga asoslangan.
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх