Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 04.07.2012 19:22   #851  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Nigora Umarovaning blogidan olindi
Dunyodagi olti milliard odamzod orasidan yigirma ikkitasi ajralib chqib kaftdaygina yashil maydonda bir dona koptokni o'rtaga olib o'yin ko'rsatishyapti. Milliardlab ko'zlar ana shu mo'jaz maydonchaga qadalgan, ular hayajonlanishadi, quvonishadi, yig'lashadi, baqirishadi, kulishadi. Ana shu jarayon, ana shu ikki soatlik o'yin olti milliard odamni birlashtiradi. Ularning ichida men ham borman.

Ammo o'yin ikkiga bo'lingan, o'yinchilar ham ikki guruh, olti milliard odam xayrixohligiga ko'ra ikkiga bo'linib, butun fikru xayollari, qalblari bilan o'yin ishtirokchisiga aylangan. Kimdir chiroyli zarba bersa o'zlari tepganday qarsak chalishadi, to'p darvoza to'riga tushsa, o'zlari urganday o'rinlaridan turib sakrashadi, kimdir og'ir jarohat olsa o'zlari ham shu ko'yga tushishadi, iztirob chekishadi. Kimdir g'alaba qilsa olti milliard odamning yarmida shodlik, yarmida qayg'u. ularning ichida men ham borman.

Nega biz yer yuzining jamiki keksa-yu yosh odamlari oddiygina futbol atalmish o'yindan shunday holatlarga tushamiz, birlashamiz va bo'linamiz? Bu qanday sehrli qudrat bo'lishi mumkin? Uning nomi nima? Misol uchun Afg'onistondagi portlashlar, Iroq va Livandagi urushlar, Indoneziyadagi "sunami", Xitoydagi suv toshqini oqibatlari nega olti milliard odamni bab-baravariga futbolchalik tashvishga, hayajonga solmaydi, ya'ni sehrlab olmaydi.

Yoki boshqa misol. Qiz bola uchun odatdagi hol bo'lmasa-da, men 2006-jahon cempionatining hamma o'yinlarini o'zim maydonda o'tirgandek hayajon bilan ko'rgan edim. (Ming-ming afsuslar bo'lsinkim, O'zbekiston chempionat qatnashchilarining safiga qo'shila olmadi). Xullas, o'yinlar boshlanmasdanoq men Fransiya tarafida edim. Fransiyaning har bir o'yinini men shunchaki tomosha qilmadim, balki boshimdan kechirdim. Go'yoki men maydondaman yoki maydon mening ichimda edi. O'yindan so'ng futbolchilardan ham ko'proq charchab qolganimni his qilardim. Final o'yinidan keyingi ahvolimni tasavvur ham qilolmaysiz, qayta-qayta yig'ladim, ertalabgacha uxlolmadim. Go'yo Fransiyaga nisbatan, to'g'rirog'i menga nisbatan adolatsizlik qilinganday edi.

Hayratlanarli tomoni shundaki, nega men: "Men qay yerda-yu Fransiya qay yerda, г jamoaga nima aloqam bor: na yurtdosh, na dindosh bo'lmasam; ular meni tanimasa, muxlis ekanligimni bilmasa", deb o'z-o'zimga savol bermadim, nega bunday fikrlar xayolimga kelmadi? Bu futbolning sehrimi?!..

Biz spektakl yoki kino ko'rganda, kitob o'qiganda ham hayajonlanamiz, iztirob chekamiz, quvonamiz va qahramonlari haqida "Ular menga kim?" degan savol xayolimizga kelmaydi. Bu san'atning qudrati. Demak, futbol hamsan'at asari. U hayot haqidagi spektakning o'zi. Teatrga odamlar chipta olib kirishadi, futbolga ham. Teatrda sahna, dekoratsiya bor, futbolda sahna-maydon, dekoratsiya-ikkita darvoza, aktyorlar- futbolchilar. Muallif va rejissyor sahnada ko'rinmaganiday, futbol spektaklining rejissyorlari-trener-murabbiylar ham maydonga tushmay o'z asarlarini tomosha qilishadi. Yuqorida futbolni hayot haqidagi spektakl degandim, har qanday spektaklda ham maqsad bor, futbolda yagona maqsad-faqatgina g'alaba va chempion bo'lish.

Balki insonlar o'z hayoti boshidan oxir futbolda aks etgani uchun o'zlari bilmagan, sezmagan holda bu o'yinga, g'alabalarga bog'lanib qolishgandir. Balki biz hayot so'qmoqlarida adashgan umrimizni, mag'lub lahzalaarimizni hech bo'lmaganda zafarli soniyalar bilan berkitgimiz kelar?! Yashashdan maqsad esa har bir narsada- taqdir zaminining chuqurliklarida ham, fursat darvozalarini ishg'ol etishda ham faqatgina g'alabaga erishish. Bu esa inson umriga mazmun baxsh etuvchi eng oliy tuyg'ulardan biri-umid degani. Balki futbolning ana shunday mo'jizaviy qudrati tufayli yer yuzidagi katta-kichik o'yingohlarga ko'z tikkan olti milliard odamning orasida men ham bordirman...

Bibi Robiya, 2007-yil
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 05.07.2012 08:40   #852  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Dunyodagi olti milliard odam
Узр, дунё аҳолиси етти миллиард эмасми? Ё, адашдимми?
Ответить 
Старый 05.07.2012 12:36   #853  
Real ID Group
Аватар для Алишер Ашуров
Оффлайн
АО "Navoiyazot"
AKA:Alion
Сообщений: 948
+ 958  930/396
– 8  1/1

UzbekistanМой мир
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov Посмотреть сообщение
Узр, дунё аҳолиси етти миллиард эмасми? Ё, адашдимми?
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov Посмотреть сообщение
Bibi Robiya, 2007-yil
Ер аҳолиси 2011 йил 31 октябрь куни 7 миллиардга етган
Ответить 
Старый 05.07.2012 13:51   #854  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Dunyodagi olti milliard odam
Узр, дунё аҳолиси етти миллиард эмасми? Ё, адашдимми?
E'tiborliroq bo'ling, domla, e'tiborliroq...
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 05.07.2012 18:22   #855  
Аватар для Bobir Samadov
Оффлайн
Guliston Davlat Universiteti
o'qituvchisi
AKA:_-_ MASTER _-_
Сообщений: 727
+ 348  207/161
– 3  23/18

UzbekistanОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью ICQОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью YahooОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью Skype™Аккаунт на TwitterМой мирFacebook

Masud Mahsudov
, Менимча домла йилиги эътибор бермаганлар:
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Bibi Robiya, 2007-yil
__________________
Beshikdan Qabrgacha ilm o'rgan!
Ответить 
"+" от:
Старый 05.07.2012 21:47   #856  
Аватар для barlos
Оффлайн
Сообщений: 583
+ 955  822/346
– 24  7/6

Uzbekistan
Цитата:
Футбол бўйича Европа Чемпионати пайтида OLAM.uz Порталида “Ҳисобни топ” ўйини ўтказилди. Унда ғолиб чиқиш учун Евро-2012 ўйинлари натижаларини бошқалардан олдин ва тўғри башорат қилиш керак эди.
OLAM.uz логотипи туширилган футболкалардан иборат рағбатлантирувчи совринлар эса қуйидаги ўйиннинг ғолибларига топширилади:
Польша - Россия
yoqubjonsafarov (barlos-@olam.uz)
Таклифларига қуллуқ қилиб, 500 чақиримдан футболкани олиш учун борсаммикан?

Оффтоп:
Ушбу ютуқда форумдошимиз Алишер Ашуров томонидан ташкил этилган лойиҳанинг ҳам ўз ўрни борлигини қайд этиб ўтишим лозим ва лобуд.
__________________
Allohning bergan rizqi, har insonning martabasiga ko'ra hikmatdir. (Rumiy)

Последний раз редактировалось barlos; 05.07.2012 в 21:51.
Ответить 
Старый 06.07.2012 12:53   #857  
Real ID Group
Аватар для Алишер Ашуров
Оффлайн
АО "Navoiyazot"
AKA:Alion
Сообщений: 948
+ 958  930/396
– 8  1/1

UzbekistanМой мир
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от barlos Посмотреть сообщение
Ушбу ютуқда форумдошимиз Алишер Ашуров томонидан ташкил этилган лойиҳанинг ҳам ўз ўрни борлигини қайд этиб ўтишим лозим ва лобуд.
Yog`e, mani bunday no`maqul ishlarga aloqam yo`q

Цитата:
Сообщение от barlos Посмотреть сообщение
Таклифларига қуллуқ қилиб, 500 чақиримдан футболкани олиш учун борсаммикан?
Tabriklayman
Ответить 
"+" от:
Старый 07.07.2012 05:12   #858  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Bobir Samadov Посмотреть сообщение
Менимча домла йилиги эътибор бермаганлар:
Набираларининг туғилган йили, ҳатто исмини чалкаштириб қўядиган отахонларга ҳавас қилишнинг "оқибати"микин дейман...
Ответить 
Старый 29.07.2012 07:35   #859  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Бугун дунё нигоҳи Лондонга қаратилган. Бу ердаги спорт мусобақалари наинки миллионлар, балки, миллиардлар ўйинига айланмоқда! Улар орасида ўзбек спортчилари ҳам беллашаёгани ғурур бахш этади. Спортчиларимизга фақат ва фақат омад тилаб қоламиз!
Ответить 
Старый 29.07.2012 16:49   #860  
Аватар для Bahrom
Оффлайн
AKA:ABS
Сообщений: 223
+ 250  134/79
– 8  8/6

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov Посмотреть сообщение
Улар орасида ўзбек спортчилари ҳам беллашаёгани!
Futbolchilarimiz Londondami?
Menimcha shunisi aniqki, ular orasida bizni futbolchilarimiz yo'q. Afsuski shunday.
Ответить 
Ответить

Метки
jahon chempionati, Чемпионлар лигаси




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх