|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#1611 | |
Сообщений: 583
+ 955
822/346
– 24
7/6
![]() |
Цитата:
Оффтоп: Бир илтимос қилгандик-да энди ![]()
__________________
Allohning bergan rizqi, har insonning martabasiga ko'ra hikmatdir. (Rumiy) |
|
|
Ответить |
![]() |
#1613 |
Сообщений: 177
+ 129
243/106
– 2
2/2
![]() |
ДАШТ ҚИШЛОҚ
Бу ерларнинг тупроғида тоши кўп, Эгри қадам ташлаб бошдан айрилма. Ғаним эмас , дўсти кўп , қардоши кўп, Дўст тутингил чин йўлдошдан айрилма. Бу ерларнинг янтоғи кўп гулидан, Дўсти-ёри чўнтакдаги пулидан, Мушкул ишда қўллар ўнгу сўлидан, Сен кўз бўлсанг, паноҳ қошдан айрилма. Йигитлари мард: айтдими - қайтмайди, Аёллари бегона йўлатмайди, Қўшинсига ғийбат тошин отмайди, Сир сақлаган сирдошингдан айрилма. Боласига ширин кулча нон тутар, Отасига дон тўла ҳирмон тутар, Ғарибларга ўзин қадрдон тутар, Меҳр отлиқ бир қуёшдан айрилма. (C) |
|
Ответить |
![]() |
#1614 | |
Сообщений: 177
+ 129
243/106
– 2
2/2
![]() |
Цитата:
O’n ikkinchi o’yinchi bu bizlarmiz, O’ngu-tushda g’oliblikni ko’zlarmiz. Neki raqib bo’lsa barin tuzlarmiz, Olg’a, Olg’a , Olg’a bos O’ZBEKISTON, G’oliblikdir senga hos O’ZBEKISTON! Tog’larimiz viqorli , boshda qorli, Yigitlarning dili pok - nomus, orli, 30 million duolardan tumorli, Olg’a, Olg’a , Olg’a bos O’ZBEKISTON, G’oliblikdir senga hos O’ZBEKISTON! Jon bermaydi salga Qatar, Eron ham, Koreya ham , hatto kichik Livon ham, Lek yengamiz bo’lib bir tanu bir jon, Olg’a, Olg’a , Olg’a bos O’ZBEKISTON, G’oliblikdir senga hos O’ZBEKISTON! Qiyin yo’lni bosib o’tib so’ngida, Brazilda boshlab o’yin yangidan, Qaytsak edik chempionlik ranggida… Olg’a, Olg’a , Olg’a bos O’ZBEKISTON, G’oliblikdir senga hos O’ZBEKISTON! Qanot yozib butun o’zbek o’lkaga, Poyondozlar tashlab uchoq yo’lkaga, Nasib etsin o’ynash Anjon polkaga. Olg’a, Olg’a , Olg’a bos O’ZBEKISTON, G’oliblikdir senga hos O’ZBEKISTON! (C) |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#1616 | |
Цитата:
Ruh shamoli tanni qaqshatdi, Chaqmoq vujud olov sachratdi, Kecha yoqqan yomg‘ir charchatdi, Kel, bugunni bayram qilaylik. O’tgan kunim nadomat, armon, Orom bilmas sargardon bu jon, Esiz, umr o‘rtada sarson, Kel, bugunni bayram qilaylik. Azal jonga zavol andesha, Bu dunyoda yolg‘iz ishq pesha. Ayrilmoqqa o‘chmiz hamisha, Kel, bugunni bayram qilaylik. O’pib tursa sochlaringni nur, Baxt neligin kapalaqdan so‘r, Ne bo‘lsa ham tur, o‘rningdan tur, Kel, bugunni bayram qilaylik. Axir seni ko‘rganim tushmas, Xayolingsiz hushlarim qushmas, Osmon sinib, zaminga tushmas, Kel, bugunni bayram qilaylik. Bir xo‘rsinsam, qaytib kelar soy, Ayt, tilaging ayt, deb kelar soy, Qaytib jonni qay yerdan olay, Kel, bugunni bayram qilaylik. Tongim balki armonlarga soz, Ishq qismati ikkimizga rost, Men entikib chorladim, xolos, Kel, bugunni bayram qilaylik.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#1617 |
Сообщений: 177
+ 129
243/106
– 2
2/2
![]() |
Xalqimizda maqol bor : " Dam bu damdir , o'zga damni dam dema". Bu haqida hazrat Rumiy ham yozganlar, Navoiy ham ( mashhur, o'tkan kundan so'zlagan..., deb boshgan satrlari ). Umuman, bu gap yangilik emas. Farida Bo'tayevani o'qimayman.
Последний раз редактировалось Minglar; 24.05.2012 в 01:22. |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#1618 |
"Даракчи" газетаси
Бош муҳаррир
Сообщений: 14
+ 26
62/14
– 0
0/0
![]() |
Laylo deb, firoqning zahrini yutib,
Junun sahrosida o‘lgan men edim. Bu yorug‘ olamga ming yillar o‘tib, Sen sevmoq uchun kelgan men edim. Sokin so‘zlar uchdi goho tilimdan, Pinhona o‘rtanib, oshkora tondim. Dunyoni bilmadim, ammo, dilimda Sevgi borligiga mutlaq inondim. Nolon bulbullarga qilgancha havas Suysam, sukunatga aylanib suydim. Kuysam, ayriliqning gulxanidamas, O‘tli nigohlaring taftidan kuydim. Qutqarmoqchi edim, toqatni hatlab, Ruhingni qaqshatib yotgan muzlardan, Faqat avayladim bag‘rimda chaqnab Bo‘g‘zimni kuydirib qaytgan so‘zlardan. Har tong sochlaringni siypalab o‘tgan Bir daydi shamolcha bo‘la olmadim. Ko‘z-yoshdan namlangan kipriging o‘pgan Bir shohi ro‘molcha bo‘la olmadim. Yerdan ko‘kka tomon o‘nglandi yo‘lim Hayotimni tamom mahv etdi xayol, Yer bo‘lib poyingni quchmadim, gulim. Ko‘k bo‘lib ko‘ksimga bosmadim, hilol... ...Mayli, yodimga ham bo‘lmasang sodiq, Ismim xotirangdan mayli, yo‘qolsin. Orzum... kim bo‘lolsa, mehringga loyiq, Seni hech bo‘lmasa mendek sevolsin! |
|
Ответить |
![]() |
#1620 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Узоқ ўлкаларнинг бир чeккасида,
Кўзимда милтирар соғинч ёшларим. Эски хотиралар исканжасида Сизларни соғиндим, синфдошларим. Оқ кўйлак, қора шим, қўлларда папка, Тизилиб турардик тонглари сафга. Сочилиб кeтганмиз ҳамма тарафга – Қачон кўришамиз, синфдошларим? Тарих дарсларимиз – ювош муаллим, Матeм-чи, тушунмай, тинглар эдик жим. Сизлар мeнинг ортда қолган ёшлигим, Умримнинг парчаси – синфдошларим. Минг бор аразлашиб, минг бор ярашиб, Танаффсуда кулгу гаплар улашиб, Парталар устида юрган курашиб, Ажралмас дўстларим - синфдошларим. “Ким ўзар” бўларди ҳар битта фанда, Тошқин дарё эдик – тошар ўзандан. Бугун, майли, ортда қолай – ўшанда, Изингиз кўрардим, синфдошларим. Йиллар ўтган сайин ошаркан қадр, У онлар қайтариб бўлмас туҳфадир. Ғала-ғовур синф эсингиздадир? Шўхлигим қўмсадим, синфдошларим. Эслаб ўтирибман, эгиб бошларим, Билмам, нeга, сизсиз кeчар тушларим. Шу кeча, дардларим айтмай бировга, Сизларни соғиндим, синфдошларим. Жудаям соғидим синфдошларим… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
|