Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 11.05.2012 09:22   #1  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Jon beray jonim oling, janonadir jonimda jon,
Yetmish ikki firqadin o’tgan tanu jonimda qon.
Jonning jonon bilan to'lgani ilohiy muhabbatga dalolat qiladi. Muhammad G'azoliy muhabbatni bunday ta'riflaydi:"Bandaning Ollohni sevmog'i Olloh bandasini sevmog'ining alomatidir... Sevgi ildizi sog'lom, shoxlari ko'kka yuksalgan muazzam daraxt kabidir. Bu muhabbat daraxtining mevalari ko'ngillarda, til va a'zolarda ma'rifat va zikr shaklida vujudga keladi. Bundan esa amal tug'iladi. Shunday qilib, xuddi tutun olovga, meva daraxtga dalolat qilganidek, til va a'zolarda vujudga kelgan ma'rifat, zikr va amal muhabbatga dalolat qiladi".
Hazrat Nizomiddin mir Alisher Navoiyda ham,
"Bo'lsa jonon jon ham, chu jonon qildi am,
Jon ketib jonon bila, manga hijron erur..." degan baytlar bor.
Ya'ni, "Jonon bo'lsa, jon ham bordir, jonon ketishga azm qilsa, jon ham jonon bilan birga ketadi. Jon bilan mening o'rtamga hijron tushadi. Ki jon bois men hijronda qolaman..."-deb yozadilar.
Bir nozik nuqtaga e'tiborni qarataylik,, bu-jon bilan inson o'rtasiga tushadigan hijrondir. Jonon ketishga shaylansa, jon ham u bilan birga ketadi;"Jondin menga hijron erur". Navoiy bu ayriliq iborasini olimona va orifona qo'llagan. Chunki jonning badandan ketishi jonning yo'q bo'lishi emas. O'limning ma'nosi jonning jasad degan qolipdan uzilishidir. Jon mavjud, ammo jasaddan ketgan. Jasad ham mavjud, faqat u tuproqqa aylangan. Hashr kunida jon bilan jasad qayta topishadi. Ana shu o'rtadagi masofa hijrondirki, Navoiy bu haqiqatni hayratomuz zarofat bilan majozga tushirgan.
Kavsarxonim ham, balki she'rlarida shunga ishorat qilmoqchi bo'lgandirlar.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх