|  | 
| 
 | |||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
|  | ...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) | 
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| ZiyoNET Общественная образовательная сеть | 
|  | Опции темы | Опции просмотра | 
|  04.04.2012 08:22 | #11 | 
|  
					Сообщений: 1,253
				 + 1,042 
	
		
			
				1,526/636
			
		
	 – 63 
		
			
				80/43
			
		
	  | 
            
            Domla,  siz bir narsani tushunmayapsiz yoki tushunishni istamayapsiz... Nega endi biz oddiy yo'lning sifati uchun tasanno aytishimiz kerak? Qachongacha biz yangi asfaltlangan yo'lni ko'rsak, Istiqlolga shukrona aytamiz? Axir, bu yo'l yuz yil oldin ham bo'lgan, xudo xohlasa, yuz yil keyin ham bo'ladi-ku! Nega endi sifati a'lo darajadagi, ravon yo'llar biz uchun odatiy hol bo'lmasligi kerak? Shaxsan men kundalik turmushimizda oynadek silliq va ravon yo'ldan yurish O'zbek xalqi uchun eng odatiy va oddiy holatlardan biri bo'lishi kerak, deb hisoblayman. Afsuski, yo'llarimizning umumiy sifati hali bunday deyishga imkon bermaydi... Aynan shu nuqtai nazardan ham, sizdan farqli ravishda, yo'llarning holati haqida gapirganda Istiqlolni aralashtiravermagan bo'lardim. Toshkentdan to Sirdaryoning Baxt tumani atrofigacha yo'l haqiqatda yaxshi holatda. Sirdaryodan to Samarqandgacha esa yo'lning AKSARIYAT qismi ta'mirtalab bo'lib qolgan... Buni bilib va ko'rib turib, inkor qilishingiz qiziq... (har holda, siz yo'lning o'sha 20 km.lik masofasida uyg'oq bo'lib, qolgan qismida uxlab ketganligingizga ishonmayman...) Bu hali O'zbekiston avtotrassalarining bir bo'lagi, xolos... Buni anglash uchun, balki shu kunlarda (yo'llardagi o'ydim-chuqur joylarni yamab qo'ymaslaridan oldin) Samarqand-Buxoro yo'nalishida yoki Samarqand-Qarshi yo'nalishida ham bir safar qilib ko'rarsiz?  Arz, shikoyat qilish kerak, deysiz. Shundoq ham har kuni o'nlab odamlar bu borada tegishli joylarga murojaat qilib kelishyapti... Mana, qish o'tdi, deyishadi. Endi ta'mirlaymiz, deyishadi. Ta'mirlashadi. Faqat ta'mirlangan joyning sifati keyingi qishning ilk 1 oyiga ham chidamaydi... Bu holat har yili takrorlanadi... Qopib gapirish, deb qiziq gapiribsiz, domla. Ha bu, maddohlikka berilmasdan gapirish qopib gapirish hisoblanmaydi, domla... | 
|  | Ответить | 
| 
3 "+" от:
 | 
|  | 
| 
 |