|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#51 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
![]() |
Имом Шихабиддин Абу Сайид Имрон ал-Хиваки давлат арбоби XII аср оҳири – XIII бошида яшаб ўтган. Муҳаммад Хоразмшоҳ (1200-1220) даврида давлат маслаҳатчиси сифатида шуҳрат қозонган. Бу ҳақида XIII асрда яшаб ўтган Ибн ал-Асир, Джувейни, Закария Казвини ўз асарларида келтириб ўтади. Унинг катта кутубхонаси бўлган Монголлар тарафидан Ниса шаҳри босиб олингандан кейин ал-Хиваки ва унинг ўғли Тажаддин ўлдирилиб кутубхона талон тарож қилинган. Бу ҳақида Муҳаммад ан-Насавийнинг «Султон Жалолиддин Мангуберди ҳаёти» номли қўлёзмасида ёзилган.
Оффтоп: Ҳурматли Абдураҳмонака Дукчи эшон ҳақида маълумот киритинг биз ёрдамлашамиз. Энди мен Хоразмийлар ҳақида маълумот киритяпман. Ҳали тугатганим йўқ. Кейин ўйлаб кўраман.
__________________
Nur bor joyda soya bor. Последний раз редактировалось Fayzbek; 24.03.2012 в 20:18. |
||
|
Ответить |
![]() |
#53 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
![]() |
Бу миннатмас домла, шунинг учунам оффтопга ёзилган. Маълумот бўлса киритинг, сабаби бир одам учун ишдан бўш вақтида маълумот киритиб ўтиришнинг ўзига вақт топиши ўзи амримаҳол. (Бу Дукчи эшонга тегишли) Шу орасида кайфият кўтарилиши учун, ҳазил ҳам қилиб турамизда (Учрашув фильмидаги совчи эпизодидан эди бу.)
__________________
Nur bor joyda soya bor. |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#54 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
![]() |
Абу-л-Аббас Мамун ибн Мамун Хоразмшоҳ (1004-1017) Ўрта Осиёдаги биринчи катта кутубхона ва илм даргоҳини «Дар ал-Илм» («Академия») тузган. С.П. Толстов (1907-1976) ўз меҳнатларида шундай кўрсатади. Хоразмшоҳгача кутубхоналар бўлганини МС:Абу Сайид Ахмад ибн Муҳаммад X асрда ташкил қилган, лекин Хоразмшоҳнинг номи бн боғлаш бежиз эмаслигини, сабаби бу ишни у давлат даражасига кўтариб, биринчи Академияни ташкил қилган.
__________________
Nur bor joyda soya bor. Последний раз редактировалось Fayzbek; 25.03.2012 в 09:10. |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#56 | ||
Алауддин Текеш ибн Ил-Арслон Хоразмшоҳ (1200й.да вафот этган) Тарихчи Тажаддин ибн Анжаб ибн ас-Сайи (1275й.да вафот этган) ўзининг «Жами ал-мухтасар» асарида ёзишича Ибн ал-Асирнинг Текеш ҳақидаги: "Ала ад-Дин номи билан машҳур Султон Хорезмшоҳ Текеш Хоразмда мадраса қурдирди" деган гапини тасдиқлайди.
__________________
Vijdonli odamlar tinch yashashi qiyin... |
|||
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#57 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
![]() |
Шайх Муҳаммад охунд Хоразмий - у зот тахминан Х111 асрлар бошларида Хоразмда етук мударрислардан бўлган экан. Унинг мақбараси ҳозирги пайтда Беруний тумани Султон Увайс тоғида жойлашган. Ул зотни мақбараси билан бир вақтда Султон Увайс Қараний мақбараси билан бир вақтда қурилган(Султон Муҳаммад Хоразмшоҳ буйруғи билан Султон Увайс дафн қилинган жойга катта мақбара қурилган. 1221 йилда Чингизхон тарафидан вайрон қилиниб унинг харобалари сақланиб қолади. Бу ҳақида граф Воронцовнинг архив дафтарида маълумотлар бор. Кейинчалик Хива хони Элтузархон ва кейинчалик Муҳаммад Раҳимхон 1 нинг ўғли Оллоқулихон тарафидан қайта тикланади).
Унинг ёнида Султон Увайс бобомиз ходими деб аталадиган Абдуллоҳ Яманий мақбараси бор(Абдуллоҳ Яманийни Увайс Қараний ҳазратлари "Чинорим" деб эркалар экан, шунинг учун ҳам бу халқ орасида Чинор бобо мақбараси деб аталади). Унинг ёнида Занги ота мақбараси бор. Унинг ҳақиқий мақбаралари Тошкентда экани маълум, бу ерда Занги ота мақбараси борлиги шундай изоҳланади: бу ер Занги ота қадамжоси бўлиб, Увайс Қараний ҳазратларини зиёрат қилишга келиб турган дейишади.
__________________
Nur bor joyda soya bor. |
||
|
Ответить |
![]() |
#59 |
Гелиоцентрик назарияни Галилей ёзган деб ургатишган.
Конуни-Масудийда Абу Райхон Беруний ундан бир-неча аср олдин ёзган экан. Узим укиб курдим. Хар ким тарихни узича гапириши хам мумкинми? Агар узимиз харакат килмасак, уранмасак бизни ташкаридан "ахмокка" чикариб куйишади, шекилли. Шунинг учун Файзбек (узр исмингизни бироз бузиб ёзган эканман) тарих билан шугулланганингизни куриб жуда хурсандман. "Поддерживаю!!!" |
|
|
Ответить |
![]() |
#60 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
![]() |
Aksar ulamolar zikr qilingan tarixiy manbalarda, asosiy urg’u u zotlarning amalga oshirgan faoliyatiga berilib, bazi yoki nomalum sabablarga ko’ra onalari va ahli oilasining ismlari hamda ular haqidagi malumot juda kam kelib, yoki umuman aytilmagan ham bo’ladi. Shu bois, Sulaymon Boqirg’oniy volidasi va ahli oilasi - bolalari borasida ham bizda xabar mavjud emas. Afsuski Sulaymon Boqirg’oniyning bolalik va yoshlik yillari haqida ham manbalarda aniq malumotlar yo’q.
Mashhur yurtdoshimiz Xoja Ahmad Yassaviyning zamondoshi, etuk shogirdi Qoraqalpog’istonda tug’ilgan Sulaymon Boqirg’oniy xalq orasida “Hakim ota” nomi bilan mashhur. Yassaviyga murid (shogird) bo’lgan, o’z iqtidori va sheriy istedodi bilan pirining etiborini qozongan. Uning sherlari jamlangan kitoblar inqilobdan avval ham bir necha bor nashr ettirilgan edi. Sho’rolar davrida esa, shoir Sulaymon Boqirg’oniyga ham, uning ijodiga ham noto’g’ri baholar (Hakim ota-diniy mistik shoir, jaholatni targ’ib qilgan, hukmron doiralar manfaatini ko’zlab ijod qilgan) berilgani sir emas. İstiqlol tufayli O’zbekiston va qo’shni mamlakatlarda Hakim otaning kitoblari nashr etila boshladi. Shu narsa etiborliki Sulaymon Boqirg’oniyning besh tomdan iborat hikmatlar kitobi Qozog’istonda yaqin yillarda nashr ettirilgan. Kitob ham qozoq tilida, ham o’zbek tilida, ham arab imlosida nashr etilganligi etiborga molikdir. Sulaymon Boqirg’oniy ustozining tariqati qoidalarini yanada chuqurlashtirib keng xalq ommasiga etkazgan. Yassaviyona sodda, ravon uslubda ijod qilgan. O’z asarlarida islomni, shariat va tariqat qoidalarini targ’ib qilgan, kishilarni u dunyoni o’ylab yashashga, Allohning karamidan bahramand bo’lishga davat etgan. Sulaymon Boqirg’oniy marifatni Allohni tanish, uning nazariga tushish, deydi. Oliy muhabbatni Allohga bo’lgan muhabbat, deb tushuntiradi. U tariqat yo’lini komil insonni tarbiyalash yo’li, jannatga eltuvchi yo’l, deb biladi. Sulaymon Boqirg’oniy o’z o’gitlarida davriga xos ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik va boshqa illatlar uchun javobgar shaxslarni u dunyo azoblari dahshatini eslatish bilan tarbiyalashga ham intiladi. İnsofsiz va iymonsiz amaldorlar, nopok ishlar bilan shug’ullanuvchi, xaromxo’r, nodon va johillar hamda bosqinchi, talonchilarni fosh etadi. Sulaymon Boqirg’oniy sherlari “Boqirg’on kitobi” nomi bilan mashhur. Uning “Bibi Maryam kitobi”, “Oxir zamon kitobi” kabi dostonlari ham bor. Bularda tasavvuf to’g’risida o’z fikrlarini bayon etadi. Sulaymon Boqirg’oniy turkiy sheriyatning boshlovchilaridandir. Sherlari tatar, boshqird va boshqa turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Sulaymon Boqirg’oniy kitobi XIX asr oxiri XX asr boshlarida Qozonda uch marotaba nashr etilgan. Uning yozgan asarlari, ustozi Xoja Ahmad Yassaviyning asarlari kabi o’lmas asarlar sirasiga kirib, ko’p asrlar davomida xalq orasida juda mashhur bo’lib kelgan, hamda biz va bizdan keyingi kelajak avlod uchun ham bebaho meros bo’lib qoladi. Ustozi Xoja Ahmad Yassaviy o’zining istedodli shogirdi Hakim otani o’zga yurtlarga shayx qilib yuborishidagi asosiy oliy maqsadi ham “Yassaviya” talimotini yani tariqatini davom ettirib, shimoldagi cheksiz hududlarni egallab yotgan sahroyi turkiy qabilalari orasida islomni yanada keng yoyish va mustahkamlash edi. Bobomiz Hakim Sulaymon esa, ushbu vazifani ado etib, ustozining topshiriqlarini alo darajada bajarib, bu ishlarning uddasidan chiqadi va oltmish yoshida 1186-yili bu foniy dunyodan ko’z yumadi. “Manoqib” kitobida yozilishicha: “Hikoyatda andog’ kelib tururkim Hakim ota alayhir rahma kichiklikda maktabg’a borsalar, Quroni Sharifni boshlarig’a ko’tarib borur erdilar. Barcha o’g’lonlar bo’yunlarig’a ko’tarib osib borur erdilar. Va Hakim ota qaytarda yuzlarini ustozlari sari qilib, orqalarini uylari sari qilib kelur erdilar. Muborak odlari Sulaymon erdi. Kunlardan bir kun Xoja Ahmad Yassaviy rahmatullohi alayhir rahma eshiklarinda o’lturub erdilar ko’rsalar,bir bo’lak o’g’lon kelurlar va maktabga borur erdilar. Bularning orasinda bir o’g’lon Kalomullohni boshig’a ko’tarib borur erdi”. Buni ko’rib qolgan Xoja Ahmad Yassaviy rahmatullohi alayhi, Hakim Sulaymonni shogirdlikka qabul qilish maqsadida unga qarab aydilar: “Ustozing ijozat bersa, albatta, kelgil. Men sanga Quron o’rgatayin”. Bu so’zni eshitib, Sulaymon ustozig’a adab birla salom qildi va ijozat tiladi. Ustozlari ijozat berdi. Ondin so’ng ota-onasidin ijozat tiladi. Ota-onalari ham ijozat berdilar. O’zlari kelib, Xoja Ahmad Yassaviydin Quron o’granur erdilar. Sahl vaqtda barcha ilmlarni zabt qildilar. O’n besh yoshig’a etgandin so’ngra masum egach, tavba qilib Xoja Ahmad Yassaviyg’a murid bo’ldi. Barcha tariqi adablarni zabt qilib, o’grandi. Kechayu kunduz sharti adab birla xizmat qilur erdi” – deb yozilgan. (Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan Jo’yboriyzoda qalamiga mansub,1330-hijriy (melodiy 1911-yil) da yozilgan avliyo Hakim ota to’g’risidagi “Manoqib” (tarjimai-hol) 2069/ V raqamli qo’lyozma kitobining 79-100-sahifalaridan nusxasi ko’chirib olinib, Hamidulloh Beruniy tomonidan 2006- yil 12-noyabr yakshanba kuni ushbu risola tabdil (tarjima) qilingan. Sulaymon Boqirg’oniyning shaxsiga va u zotning beqiyos manaviy merosiga Yurtimizda etibor yuksak darajaga ko’tarilgan. Qoraqalpog’iston Respublikasi Mo’ynoq tumanidagi u zot oxir qo’nim topgan joylari obod qilingan. Allomaning asrlar davomida olimu fuzalolarga dastur bo’lib kelgan insof va adolat, insonparvarlikni targ’ib etuvchi g’oyalari hozirgi murakkab davrimizning ko’plab axloqiy- manaviy masalalarini hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etishi bilan etiborga molikdir. Bobokalonimiz, Alloh taolo, u zotga ato qilgan muborak umrlaridan biror lahzasini ham behuda o’tkazmaganliklarini aqlan ilg’ab olsak bo’ladi.
__________________
Nur bor joyda soya bor. |
||
|
Ответить |
|