Цитата:
Сообщение от Shukhrat Kayumov
Уша ота-оналар "кора руйхатга" тушиб болаларидан аламини олиш бошланадими?
|
Hamma uchun javob bermayman, ammo shaxsan menda va men ishlayotgan maktabda bolaga bunaqa munosabatga yo`l qo`yilmaydi. Rahbarimiz yo`l bermaydi. Ota-onalar shikoyat qilishgan, keyin bolalar qilishmasin, o`qituvchilar qilishsin degan gap chiqdi (ammo kimdan chiqqani haligacha noma`lum). O`qituvchilar ham shikoyat qilishgan edi, ayniqsa tungi navbatchilikni, faqat ma`muriyat qilsin degan buyruq keldi. Ma`muriytda esa asosan ayollar, ular bizga murojaat qilishadi, odamgarchilik yuzasidan rozi bo`lasiz. Agar shu navbatchilik rostdan ham zarur bo`lsa turar edik (shundayam agar pulini to`lashsa, birovning mehnatidan tekin foydalanish bu qullik deyiladi, bizda esa, agar adashmasam, qullik yo`q

). Bizning ko`p rahbarlarimiz yo qonundan behabar, yoki bilib turib uni oyoqosti qilishadi.
Sizga savol, avvaldan uzr so`rayman. Nega maktab va o`qituvchi deganda albatta yoniga "oddiy" degan so`zni tirkab qo`yasizlar?

Hamma gap mana shunaqa munosabatda emasmikan?