Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)

Результаты опроса: Teatrga borib turasizmi?
Ha, yangi chiqqan spektakllarni qoldirmay korgani boraman. 9 8.26%
Ba'zan-ba'zan borib turaman. 64 58.72%
Televizorda ko'rsatilayotgan yoki video lavhalarga yozilganini ko'raman. 21 19.27%
Teatr ko'rishni yoqtirmayman. 15 13.76%
Голосовавшие: 109. Вы ещё не голосовали в этом опросе

Ответить

Опции темы Опции просмотра
Старый 18.02.2012 13:49   #1  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Kecha O'zbek Milliy akademik drama teatrida qo'yilgan "Omon bo'lgin, azizim" spektakliga tushdim va forumumizda ochilgan "Yevropa madaniyatining kirib kelishi xavflimi?" degan mavzudagi savolga yana bir javob olgandek bo'ldim: Yevropa madaniyatining kirib kelishi xavfli emas, biroq Yevropa madaniyatsizligining kirib kelishi xavfli.

Ответить 
Старый 18.02.2012 14:38   #2  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Kecha O'zbek Milliy akademik drama teatrida qo'yilgan "Omon bo'lgin, azizim" spektakliga tushdim.
Ushbu spektakl amerikalik yozuvchi va dramaturg ayol Vinni Delmar(1903-1990)ning, asl nomlanishi "Bundan buyog'i-sukunat" p'yessasi asosida sahnalashtirilgan. Rejissyor Olimjon Salimov.
Olimjon Salimov bir paytlar Farg'ona teatridagi "Temir xotin", "Toshkentga sayyohat", Yosh tomoshabinlar teatridagi "Ot kishnagan oqshom" kabi mashhur bo'lgan spektakllarni muvaffaqiyatli sahnalashtirgan. Bundan tashqari rejissyor Milliy teatrda ham ikkita - "Ufq" hamda "Sohibqiron" asarlarini sahnalashtirgan.
Spektaklning avvalgi varianti ham Milliy teatrda 1976-yilda rejissyor Bahodir Yo'ldoshev tomonidan "G'ariblar" nomi bilan sahnalashtirilgan. O'sha davrdagi sahnalashtirilgan variantlarda bosh rollarni O'zbekiston xalq artistlari Sora Eshonto'rayeva va Nabi Rahimovlar ijro etishgan edi.
Ushbu spektakllarda esa ota rolini O'zbekiston xalq artisti Tesha Mo'minov, ona rolini O'zbekistonda xalq artisti Malika Ibrohimovalar ijro etishgan. Voqealar rivojida farzandlar timsolini Fathulla Mas'udov, Mahfuza Bobotillayeva, Shodiya To'xtayeva, kelin- Madina Muxtorova, kioskda narsa sotuvchi qariya- Saidkomil Umarov, Feruza Muhammadyorovalar ijrosida ko'rish mumkin.
Ota-ona farzandlarim hech kimdan kam bo'lmasin deb tinim bilmay mehnat qilishadi-yu, qariganlarida bemehr farzandlariga malol kelishadi. Spektaklning bosh g'oyasi - shu. Unda qarigan ota-onaga mehr-shafqatli bo'lishdek umuminsoniy qadriyatlarning bugungi kunda kamyob bo'lib ketayotganligi ochib berilgan.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 15.03.2012 в 15:46.
Ответить 
Старый 22.06.2013 21:53   #3  

ЎЗБЕК МИЛЛИЙ АКАДЕМИК ДРАМА ТЕАТРИНИНГ
2013 ЙИЛ ИЮНЬ ОЙИ РЕПЕРТУАР
Р Е Ж А С И
21 Жума “Омон бўлгин азизим!” В.Дельмар
"Омон бўлгин, азизим" спектаклининг Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист Ёқуб Ахмедов(мистер Купер) ва Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист Сайёра Юнусова (миссис Купер) ижросидаги талқинини томоша қилдим. Вазият бир хил, бироқ ўзгача талқин. Воқеалар талқини актёр психологияси ва ижросидан келиб чиққан ҳолатда бошқача ифода қилиб берилган. Бу сафар ўзгача таассурот. Сайёра Юнусова ижросида устоз санъаткор Сора Эшонтўраевани кўргандек бўлдим. Ёқуб Аҳмедовдаги салобат томошабинни ҳам воқеаларнинг ижрочисига айлантириб қўйди.
Ответить 
Ответить

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»

Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх