01.12.2011 11:45
|
#10
|
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360
10,318/4,529
– 37
58/50
|
"Dunyodagi eng uzun ism" haqida yapon rivoyati bor edi:
Цитата:
Sio Syan tug'ilganida onasi unga "Sion" deb ism qo'yadi-yu vafot etadi. Shu bilan bolaning ismi Sion bo'lib ketadi. Oradan ikki-uch yil o'tib Sionning otasi ikkinchi marta uylanadi. O'gay ona ham o'g'il ko'radi. U o'g'liga go'zal ism qo'yishni istar edi. Qoni-qo'shni, qarindosh-urug'lar bilan maslahatlashganida, ular agar o'g'lingga uzun ism qo'ysang, ana unda uning umri ham uzun bo'lib, baxtli bo'ladi, deyishdi. Ayol uch kechayu uch kunduz o'ylab, dunyodagi eng uzun ismni tanladi: Denyudo konyudo mapiranyudo sekartanyudo xeytokko xaritanimambedo xaritanikommeto itsigariko sigariko sioni setrabitsuni ayomonu omonu ayamotsu kosu mosunimosikunu xonaxixi sioni oysukyan
166 ta harfdan iborat ism onaga juda go'zal va salobatli tuyuldi va o'zining topgan ismidan benihoya xursand bo'ldi.
Aka-uka birga katta bo'lishdi. O'gay onadan tug'ilgan eng uzun ismli bola o'taketgan shum va maqtanchoq bo'lib o'sdi. Chunki ota-onasidan eng uzun va salobatli ism faqat senda bor, degan gapni ko'p eshitgan edi-da. U akasini masxaralab, bitta so'zdan ham iborat ism bo'larkanmi, Sionmish, deb kulardi. Sion ukasining uzun ismini masxaralamoqchi bo'lib,
Denyudo konyudo mapiranyudo sekartanyudo xeytokko xaritanimambedo...ga kelganida hiqichoq tutib qolardi.
Uyda ham ukaning ismi uzun bo'lganligi sababli unga ish buyurib o'tirishmas, o'rniga "Sion, bozorga borib kel", "Sion, ana uni qil", "Sion, mana buni qil", deyishardi. hatto ukasi to'palon qilganida ham Sion gap eshitardi, axir uning ismini aytish oson-da. Agar ota kichik o'g'lini urishmoqchi bo'lsa, Denyudo konyudo mapiranyudo sekartanyudo...
derdiyu, chakagi og'rib, keyin qo'l siltab qo'ya qolardi.
Bir kuni aka-uka quduq bo'yida o'ynab yurganlarida ukasi shumlik qilib akasini quduqqa itarib yubordi. Bolalar chuvillashib kattalarga murojaat qilishdi: "Sion quduqqa tushib ketdi", deyishdi hovliqib. kattalar quduq bo'yiga kelib, arqon tashlashdi, narvon tushirishdi, Sion eson-omon tahqariga chiqib oldi.
Oradan bir hafta o'tdi va Sionning uzun ismli ukasi sho'xlik bilan quduqqa tushib ketdi. Bolalar chuvillashib kattalarga murojaat qilishdi: Denyudo konyudo mapiranyudo sekartanyudo xeytokko xaritanimambedo xaritanikommeto itsigariko sigariko sioni setrabitsuni ayomonu omonu ayamotsu kosu mosunimosikunu xonaxixi sioni oysukyan quduqqa tushib ketdi,-deyishdi bolalar tillari osilguncha. Kattalar bolalarning gapini tushungunlaricha ancha vaqt o'tdi va quduq bo'yiga borib arqon tashlashdi, narvon tushirishdi, bolani bir amallab tortib olishdi, ammo vaqt o'tgan edi...
Chunki uning ismi juda uzun edi-da.
|
|
|
|
Ответить
|