Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 11.08.2011 22:17   #91  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Izzatilla Ibragimov Посмотреть сообщение
Savolingiz uchun katta rahmat. 1989-90 yillarda san'atga endi kirib kelganimda 'Ho'ja" guruhiga 2-chi honanda sifatida ishga taklif etilganman. O'sha paytlar guruhumizda estrada yonalishida Odilbek Ho'jabekov kuylasa, men esa aksinch milliy va klassik yo'nalish bo'yicha ijrochi edim. Masalan Otmagay tong, Munojot, Asl yoring, Ko'cha bogi-2, Qaro zulfing, Fifon kim, Ey sarviravon, Shitob aylab kabi klassik qo'shiqlarimizni ijro etardim.

Assalomu alaykum, hurmatli Izzatilla aka Ibragimov!

Kech bo'lsada guruhingizni, ahli oilangizni barcha ro'zadorlar qatori ro'za ayyomlari bilan samimiy qutlayman! Xalqimizga ezgulik uchun xizmatlar qilishda aslo charchamang.

Har bir savollarimizga tartib bilan, yuqori saviyada chiroyli qilib madaniyat bilan javob berayotganingiz bizni quvontirdi. Xolis tilagim siz kabi inson sifatida ma'naviy kamolotga intilayotgan sa'natkorlarimiz yanada ko'paysin.

Javobingiz uchun katta rahmat. "Xo'ja" guruhining yana bir qirrasini kashf etdik, bundan faqat mamnunmiz. Albatta, yangi ijodlarda klassik qo'shiqlarni kutib qolamiz. ))
Yana bir kichik savol: Guruhingiz "Xo'ja" deb nomlanishining sababi nima?
Rahmat oldindan.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 13.08.2011 00:23   #92  
Аватар для pipicron
Оффлайн
"SDK Group And" FC LLC
Quality Manager
AKA:Ali Al Mehr
Сообщений: 455
+ 136  615/253
– 10  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для pipicron с помощью Skype™Мой мирFacebook
Цитата:
Сообщение от Izzatilla Ibragimov Посмотреть сообщение
Lekin doimo har-hil yoshdagi san'at shinavandalari bo'lsin hoh yosh shoir ukalarimiz bo'lsin biron-bir yangi she'rim bor deb murojat etganlarida jon deb qabul qilib olib o'qib chiqaman.
Мен хам тупламимни сизга жунатмокчиман. Бу борада ким билан ва кандай богланишим мумкин?
__________________
Масофага хамрох, манзилга тинчлик керак...
Ответить 
Старый 13.08.2011 01:09   #93  
Аватар для Izzatilla Ibragimov
Оффлайн
"Ўзбекнаво"
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист
Сообщений: 46
+ 17  172/43
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Izzatilla Ibragimov Посмотреть сообщение
Savolingiz uchun katta rahmat. 1989-90 yillarda san'atga endi kirib kelganimda 'Ho'ja" guruhiga 2-chi honanda sifatida ishga taklif etilganman. O'sha paytlar guruhumizda estrada yonalishida Odilbek Ho'jabekov kuylasa, men esa aksinch milliy va klassik yo'nalish bo'yicha ijrochi edim. Masalan Otmagay tong, Munojot, Asl yoring, Ko'cha bogi-2, Qaro zulfing, Fifon kim, Ey sarviravon, Shitob aylab kabi klassik qo'shiqlarimizni ijro etardim.
Assalomu alaykum, hurmatli Izzatilla aka Ibragimov!
Kech bo'lsada guruhingizni, ahli oilangizni barcha ro'zadorlar qatori ro'za ayyomlari bilan samimiy qutlayman! Xalqimizga ezgulik uchun xizmatlar qilishda aslo charchamang.

Har bir savollarimizga tartib bilan, yuqori saviyada chiroyli qilib madaniyat bilan javob berayotganingiz bizni quvontirdi. Xolis tilagim siz kabi inson sifatida ma'naviy kamolotga intilayotgan sa'natkorlarimiz yanada ko'paysin.

Javobingiz uchun katta rahmat. "Xo'ja" guruhining yana bir qirrasini kashf etdik, bundan faqat mamnunmiz. Albatta, yangi ijodlarda klassik qo'shiqlarni kutib qolamiz. ))
Yana bir kichik savol: Guruhingiz "Xo'ja" deb nomlanishining sababi nima?
Rahmat oldindan.
Bu savolga men juda ham ko'p intervyularimda javob berganimga qaramasdan, yana bir bora eslatib o'tishni lozim deb topdim. 1990-yil biz yugitlar to'planib o'z ansamblimizni tuzishga qaror qildik va unga chiroylik bir nom izlay boshladik. Yoshligimizga borib guruhimizga 'Oqshom" deb nom berdik. Chunki aytilganda, talaffuz etilganda go'yoki bu nom biz uchun bir o'zgacha ohangda eshtilayotganday tuyuldi. 1990-yil ohirlari 1991-yil boshlari bizni guruhimiz musiqali direktori Yunusali Ho'jabekov va prodyuserimiz Rustam Alimho'jaev guruhga O'zbekistonimizni eng kuchli gitarachilaridan biri Botiraka Toshho'jaevni ne mashaqqatlar b-n ishga olib kelishdi. Chinki Botirakam juda katta sahnalarda yurgan, katta-katta ustozlar b-n ishlagan, o'ta katta tajribaga ega inson edi. Oldiniga Botirakam bizga biroz ishonqiramay, kegin qanday maqsadlar va rejalar haqida o'ylayotganimizni ko'rib biz b-n ishlashga rozi bo'ldilar. Chunki yosh bola bo'lishimizga qaramasdan fikrimiz tiniq, maqsadimiz esa aniq edi. Va repetisiya jarayonlari boshlanib ketdi. Kunlardan bir kuni Botirakam; yigitlar kelinglar guruhimizni 'Ho'ja" deb nomlaymiz degan taklifni o'rtaga tashladilar. Hammamiz birin ketin nega desak, ular bizga javoban ahir guruhda aksariyat yigitlat ho'ja avlodidan ekan, qolaversa bu nom juda ham o'zgacha va magrur eshtiladi dedilar. Guruhimiz 6-kishidan iborat bo'lib, shulardan 4-tasi ho'ja avlodidan edi. Hammamiz bir ovozdan rozi bo'ldik. 1996-yilgacha mana shu yigitlar b-n ishlab ijod qildik va 1996-yil ohirida guruhimiz faoliyatiga yakun yasab hammamiz tarqaldik. Meni esa qo'shiq aytish ishtiyoqi tinch qo'ymasdi va 1997-yil mart oyida musiqa direktorim va prodyuserim, qolaversa menga hayotimda juda katta yordam qolini cho'zgan inson, haqiqiy do'stim Yunusali Ho'jabekov b-n maslahatlashib guruhimizni nomini saqlab qolgan holda, yangi yo'nalish b-n 'Ho'ja" guruhini qaytadan olib chiqdik. Ollohga behisob shukronalar bo'lsinki mana yorug yuz b-n vatanimizga, halqimizga va qolaversa muhlislarimizga sitqidildan hizmat qilib kelyapmiz. Shuni takidlab o'tishim kerakki men o'zim ho'ja avlodidan emasman. O'ylaymanki javobim sizni qoniqtiradi.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 13.08.2011 01:13   #94  
Аватар для Izzatilla Ibragimov
Оффлайн
"Ўзбекнаво"
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист
Сообщений: 46
+ 17  172/43
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от pipicron Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Izzatilla Ibragimov Посмотреть сообщение
Lekin doimo har-hil yoshdagi san'at shinavandalari bo'lsin hoh yosh shoir ukalarimiz bo'lsin biron-bir yangi she'rim bor deb murojat etganlarida jon deb qabul qilib olib o'qib chiqaman.
Мен хам тупламимни сизга жунатмокчиман. Бу борада ким билан ва кандай богланишим мумкин?
Izzat-khoja@mail.ru mana su meni pochtam. Bemalol shu pochta orqali jonatishingiz mumkin. Biz faqat hursand bo'lamiz. Oldindan katta rahmat.
Ответить 
Старый 15.08.2011 19:43   #95  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Izzatilla Ibragimov Посмотреть сообщение
Tanqid bolsa qancha bo'lsa bizlar tayyor. Ish bor joyda xato-kamchiliklar bo'lishi tabiiy.
Танқид ҳақида ўз муносабатингизни билдириб ўтдингиз. Сизнингча, мақтов нима?
"Мақтов худди сохта пулга ўхшайди, бу сохта пулни харажат қилишнинг ўзи оқибат- натижада кулфатга олиб келади.
Инсоннинг қадр-қийматини эътироф этиш самимий бўлса, мақтов сохталик ва кўзбўямачиликдан иборатдир. Биринчиси юракдан чиқса, иккинчиси фақат оғизда айтилади, холос". Сиз бу фикрга қандай қарайсиз?
Қадр-қийматингизни эътироф этишларини ва мақтовни қандай фарқлайсиз?
Ответить 
Старый 15.08.2011 19:49   #96  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook


Иззатилла ака, келажакда ўз "кўрсатув-шоу"йингизни олиб бориш ёки ташкиллаштириш ниятингиз борми? Нима учун бошқа ҳамкасбларингиз сингари рекламаларда чиқмайсиз?

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 15.08.2011 в 19:51.
Ответить 
Старый 15.08.2011 20:04   #97  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Устозингиз Мавжуда опа Ҳусаинова билан ўқувчилик йилларингиз ҳақида суҳбатлашганимда, партадошингиз-дўстингиз Нодир Шодиметов ҳақида сўзладилар.







Ушбу дўстлигингиз то сизларни "совуқ элчи" ажратмагунига қадар давом этган экан. Устоз шоир "Дўстнинг ўлимига қандоқ кўнармиз? Жон парчасин ерга қўшиб кўмармиз..." деб ёзган эдилар. Илоҳим, дўстингизнинг охиратлари обод бўлсин.
Оффтоп:
Ўтганларни эсламоқ биз тириклар учун фарздир.


Инсоннинг дўстлиги нима билан белгиланади?
Ответить 
Старый 05.11.2011 10:57   #98  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook


Izzatilla aka, tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!
O'zbek estrada san'atining rivojlanishi yo'lida qilayotgan barcha ishlaringizni xayrli aylasin.

Цитата:
Qadimdan insonning hamrohi - qo'shiq,
O'z qo'shig'ini aytadi hayotda har kim.
Baralla kuylasang qanday mo'jiza,
Aytagningni qaytaradi allakim,
Dunyo odil, shuning bilan go'zaldir,
Har kim ekkanini albat o'radi...

Muxtor Shoxonov
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 07.11.2011 10:10   #99  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Feruza Xodjayeva
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 243
+ 1,712  447/160
– 4  1/1

Uzbekistan
Ассалом алейкум Иззатилла ака.
Қурбон ҳайитингиз муборак бўлсин.

4 кун олдин радиода (қайси каналлиги ёдимда йўқ) олдинги қўшиқларингиз битта қилиб жамланган қўшиғингизни эшитиб қолдим. Жуда чиройли чиқибди. Агар иложи бўлса, шуни форумга жойлаштирсангиз, биз мухлисларингизни хурсанд қилган бўлар эдингиз

Олдиндан раҳмат!
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
"+" от:
Старый 02.12.2011 10:11   #100  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Feruza Xodjayeva Посмотреть сообщение
4 кун олдин радиода (қайси каналлиги ёдимда йўқ) олдинги қўшиқларингиз битта қилиб жамланган қўшиғингизни эшитиб қолдим. Жуда чиройли чиқибди. Агар иложи бўлса, шуни форумга жойлаштирсангиз, биз мухлисларингизни хурсанд қилган бўлар эдингиз
Feruza, sizga yoqib qolgan "Kimsiz" deb nomlanuvchi remixni internet tarmog'i orqali mana bu yerdan eshitishingiz mumkin.
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх