|
Loock qo'ygan taklifingiz xozirgi kunda juda muxim taklif. lekin Dolimovning aytganlarida 100% jon bor. sizni taklifingizga men boshqacha taklif bildiraman. Balki shunda sal osonroq bo'ladi.
shu yerda bitta yaxshi bo'lim ochilsa Faqat o'zbek tilidagi maqolalar uchun. Forum doshlar ichida men bilishimcha xamma soxadan bor va ular o'z soxalarini mukammal bilishadi. meni taklifim o'sha ingliz va rus tilidagi kitob yoki maqolalarni so'zma-so'z yoki xarfma xarf emas mazmunidan kelib chiqib moxiyatini o'zini tarjima qilaylik mayli o'sha ma'lumot asl nusxasi (RUS, INGLIZ) 10 varoq bo'lsin tarjimada esa 4 varoq chiqsin lekin o'sha mazmunini yo'qotmasin shunda o'rganuvchiga xam oson bo'ladi va siz aytgan 10% ma'lumot oshadi. O'zimizni qora ko'zlarni qiziqishi otradi va mutaxassislar ko'payadi. yana shunday odatni yo'lga qo'ysakki yangi o'rgangan ma'lumot yoki bilimlarni xar kim o'zicha tarjima (mazmunini - xarfma-xarf emas) qilib qo'shib borsa balki bazamiz ko'payardi. birinchi navbatda imkon qadar 10% o'zbek tilidagi ma'lumotlarni 1 joyga jamlash kerak soxalarga ajratgan xolda. va shu soxa mutaxassislaridan iborat komissiya tuzilib shu komissiya xar bir ma'lumotni o'rgani chiqib qanchalik to'g'ri yoki noto'g'riligi va qanchalik o'rganishga extiyoj borligini xolis baxolab borsa. shunda Raqobat kuchayadi va o'zbek tilidagi ma'lumotlar ko'payadi. lekin buningn uchun forumga ko'proq o'zbek mutaxassislarni va qiziquvchi yoshlarni jalb qilish kerak. biror seminar yoki konferensiya shunga o'xshash narsalar tashkil qilish kerak u yog'i menimcha asta sekin rivojlanib boraveradi.
shunga ishni avval bor ma'lumotlarni yig'ishdan boshlash kerak va xar kim o'z fikrini bildirsa bir kunni belgilab shu fikrlarni yig'ib ish rejasini tuzish kerak. imkon bo'lsa bu xammasi online bo'lsa yaxshi bo'ladi.
shu taklifga qanday fikr bildirasizlar.
|