|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#41 | |
Сообщений: 96
+ 7
80/47
– 0
5/3
![]() |
Цитата:
Shayh demoqchiki agar o’zingni shunday tutishing yolgon bo’lsa senining ikki duyoying kuydi, agar shu holating ihtiyoringdan tashqari bo’lsa sen tasavvuf yo’lida mendan ilgarilab ketgansan. So’fi Olloyor jamiyatda ro’y berayotgan voqealarga befarq bo’lmagan holda, dinda paydo bo’lgan “lavandlikki” qarshi fatvo bergan, biroq Hasani Basriy hazratlaridek istisno qilmagan. Ya’ni Devonalar orasida ahli hollar ham bor deb ketmagan. Negaki Hasani Basriyning ilmi ladundan habari bor So’fi Olloyorning esa yo’q. Shu o’rinda So’fi Olloyorni haqiqatda ham mutaassiblikka yo’l qo’yganini payqash mumkin. Va nima sababdan Mashrab u bilar uchrashishga intilgani anglanadi. So’fi Olloyorni yanglishishdan qaytarish uchun. So’fi Olloyorning Mashrab bilan uchrashuvida fikri o’zgarib, devonalarga qarshi fatvosiga nuqta qo’yildimi, yohud o’z qarashida qolib haqiqatda Mashrab o’limiga sabab bo’ldimi – Hudo biladi. Shu nuqtada o’tmish mualliflarning bugungi qalamkashlar unutgan bir hususiyati yodga tushadi. Qadimda har qanday hulosa so’ngida “Vallohu a’lam” turgan. So'fi Olloyorning ushbu satrlari uning qarashlari o'zgarganida darak beradi, Vallohu a'lam ... barchalariga Allohning rahmati bo'lsin. |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#42 | |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Assalomu alaykum, teran fikrlaringiz va postlaringizni hurmat qilgan holda bir savol bersam. Aynan quyidagi gapingiz qiziqtirib qoldi.
Цитата:
Mavzu chindan murakkab va juda qiziq ekan. Shu bois erkin xulosa va fikrlar bilan cheklanib qolmasdan, isboti bilan olim Z.Isomiddinovning Оффтоп: Misol uchun, ushbu olimning fikrlariga 1 % ham qo'shila olmayapman hozirda (So'fi Olloyor hazratlarining muxlisi sifatida).
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#43 | ||
Сообщений: 96
+ 7
80/47
– 0
5/3
![]() |
Цитата:
So'fi Olloyor Hazratlarining shu so'zlari zikr qilingunga qadar u kishini nafaqat avliyo balki , komil musulmon bo'lganlar deyish qiyin. Yana bir muhlisi bo'lganingiz Hazrat Rumiyning 72 firqa bilan birgaman deganlariga javoban bir mutaasibroq shayh muridi og'ziga kelgan so'zlar bilan so'kadi (Shayh topshirig'iga ko'ra), Hazrat sen aytganlar bilan ham birgaman deydilar. Ikki Zot qarashlari o'rtasidagi farqni ilg'ash qiyin emas. Boshqa birovni kofir deb atash juda katta da'vo va tasavvuf ta'limotiga zid. Shariat ilonni o'ldirishni buyursa, tariqat unga ozor berma deydi. Mavzu aytganingizdek juda murakkab va aksariyatning qarashlariga to'g'ri kelmaydi. Mansuri Hallojni ham musulmonlar o'ldirgan , ammo qarangki har ikki taraf ham o'zini "Haqman" deb hisoblagan. Shuni unutmaslik kerakki shariat umumiy ta'limot, tariqat bo'lsa hos. Оффтоп: Ozodbek Nazarbekov & co.ning emas So'fi Olloyor hazratlarining muhlisi ekanligingiz taqsinga loyiq. Sizday muhlislar bor ekan hali bu xalqdan ko'p narsani kutsa bo'ladi, Hudo hohlasa...barchalaridan Hudo rozi bo'lsin... Ozodbek Nazarbekovdan ham. Vaaleykum assalom |
||
|
Ответить |
![]() |
#45 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Muhtaram Nigora opa! So'fi Olloyor bobomiz haqlarida bir chiroyli alohida mavzu ochib berishingizni iltimos qilaman, ushbu bahslarni ko'chirgan holda.
Xudo xohlasa o'sha yerda ul hazrat haqlarining ijodlarini kengroq anglashga harakat qilsak, nima deysiz?
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#46 | |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Цитата:
Birgina "Sabot ul-ojizin"ning 100 dan ziyod variantlari bor, siz ko'proq qo'lyozmaning qaysi nusxasiga tayanasiz mutolaada? Hazrat Alisher Navoiy bobomizning "Hayrat ul-abror"da yozganlari "Soxta shayx va muridlar bayoni" xususida aytgan fikrlariga qanday munosabatdasiz?
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
|
Ответить |
![]() |
#47 | ||
Сообщений: 96
+ 7
80/47
– 0
5/3
![]() |
Цитата:
|
||
|
Ответить |
![]() |
#48 |
Сообщений: 96
+ 7
80/47
– 0
5/3
![]() |
Huzayfat ibnul Yamoniy degan payg'ambarimizning sahobalari bo'lgan. Payg'ambar sirlari sohibi ham deyishadi ul zotni. Sir saqlashga qobiliyatlari bo'lgani uchun payg'ambar (SAV) ummatga bog'liq ba'zi sirlarni shu kishiga aytib qo'yishar ekan. Shunday sirlardan ummat orasidaki munofiq kishilar kimligi habarini Huzayfat (RA) aytgan ekanlar.
Savol: nega oshkor qilmaganlar munofiqlarni? Nega sen sohta musulmonsan demaganlar? Dinda Hazrat Navoiy atmoqchi "Sohta shayh va muridlarning" paydo bo'lishidan zarar qancha bo'lsa, ularga senning dining sohta deyishlik ko'proq zararli. Musulmonni qonini musulmondan ko'proq hech kim to'kmagan. Savol: musulmon musulmonning qonini qanday qilib to'kishi mumkin? Uni kofirga chiqarish orqali. Din ishi juda murakkab, unda chuqur ketilsa adashiladi. Adashamiz... Hazrat Navoiy, So'fi Olloyor Hazratlari ham istisni emas bundan. |
|
Ответить |
![]() |
#49 | ||
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Цитата:
Оффтоп: Go'dak yig'lamasa ona sut bermaydi. Tolib tushunmaganini so'ramasa, bir ilmni o'rganolmaydi. Цитата:
Savolimga bergan javobingiz va asoslaringiz uchun tashakkur, lekin baribir jurnalxon sifatida Z.Isomiddin olimning qarashlariga bo'lgan fikrimni ijobiyga torta olmadi. Boborahim Mashrab hazratlarini ham, So'fi Olloyor bobomizni ham birdek qadrlayman, ruhlari shod bo'lsin. Birlariga ma'naviy farzand esam, birlariga avlodman. Nima bo'lgandayam, biz adabiyotning faqat ijobiy tomonlarini ochib berishimiz kerak, kelajagimiz shunga bog'liq. Kimdir tikanlarning ichidan gulu lola teradi, kimdir lolalar ichida bo'lib tikan yig'ib o'tadi... Adabiyot - bizning chamanzorimiz, undan faqat gulu lolalarni terib jamiyatga taqdim etishni nasib etsin.. Hurmat va samimiyat ila...
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy Последний раз редактировалось Kavsar; 29.10.2011 в 22:08. |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
|