Цитата:
Сообщение от Husen
Мени ўйлантираётгани ўқитувчини бу каби хор қилаётган "ёш"лар қачон пайдо бўлиб улгура қолди! Ёки замон, ёшлар шу қадар ўзгариб кетибди-ю, биз форумдан чиқмай бехабар қолиб кетганмиз-ми? Хуллас, видеони кўрганимдан бери шу каби саволлар тинчлик бермаяпти.
|
Yomon o'quvchilar bo'lmaydi, ularning qalbiga yo'l topa olmayotgan yomon o'qituvchilar bo'lishi mumkin.
Qorong'u joylari nurga to'lgur ustozim Mazluma Asqarovani eslayman. Opajonim 82 yoshlarida ham universitetimizga kelib dars o'tardilar. Ulardagi o'ktamlik, bilimlarining ko'pligi, talabalarga "nimadir" o'rgatishlari bizni rom etardi. Hamma Ularni birdek hurmat qilardi.
Afsuslarkim, safimizda oddiy gapini eplab gapira olmaydigan hamkasblarimiz ham bor. O'qituvchi muomala madaniyati, bilimi bilan atrofdagilarga o'rnak bo'la olsagina hurmat-e'tiborga sazovor bo'ladi.
Darsini zerikarli o'tib, vaqtni o'tkazishgagina auditoriyaga keladigan o'qituvchining qanday hurmati bo'lishi mumkin...