|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#1413 |
|
Muhabbat chiroyli kapalak,
qo'rqaman sho'rlikni tutgali. Kapalak quvganim yodimda, yodimda yo'q ammo tutganim. Yuragim ranjigan boladay na ermak,taskinga ko'nadi. Muhabbat chiroyli kapalak, hali ham gullarga qo'nadi. Ortidan halloslab chopaman, xijolat bo'laman g'o'rlikdan... Qanchalik yugirmay,baribir orqada qolardim sho'rlikdan... Shavkat Rahmon
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 04.10.2011 в 14:20. |
|
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
#1415 |
![]() |
Negadir istardim qiynalishingni,
Yuragingga kamand solmoqchi edim. Onangga aytolmay qolsang tushingni... Men sening yodingda qolmoqchi edim. Do‘stlar kechib qo‘ygan edi bahrimdan, Kimlardandir qasos olmoqchi edim. Haydab chiqardilar hayotlaridan, Men sening yodingda qolmoqchi edim. Alamim, hasadim, ginam tufayli, Ehtimol ustingdan kulmoqchi edim. Sog‘insang, o‘rtansang, yig‘lasang mayli, Men sening yodingda qolmoqchi edim. Ko‘zingni ko‘zimga bermading sira, Ishondingmi, yo‘qmi, bilmoqchi edim. Seni ko‘p o‘yladim. She’r yozdim qara, Men sening yodingda qolmoqchi edim... |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#1416 |
![]() |
Munis, mengadur damiki jonon munis,
Baxtimdek o'lur sipehri gardon munis, Chun bordi qo'shimdin ehtiroz aylab yor, Ne tole' erur manga, ne davron munis. Shermuhammad Munis Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 05.10.2011 в 16:00. Причина: She'r takror yozilganligi sababli o'zgartirildi |
|
|
Ответить |
|
|
#1418 |
|
Sevgi shunday navbahorki,
U tikandin gul qilur. Toshga jonu til bag`ishlab, Zog`ni ham bulbul qilur. Sevgi shunday dard erurki, Barcha bo`lg`ay mubtalo, Mubtaloni neki qilsa Telba bu ko`ngil qilur. Sevgi shunday tangridirki, Unga tengdur shoh, gado, Qulni aylab shohu sulton, Shohni bo`lsa qul qilur. Sevgi shunday bir olovki, Jonga undan yo`q omon, Gulxanida o`rtab-o`rtab, Bir kun oxir kul qilur. Sevginingdir hukmi mutlaq, Istasa shaydolarin Chashmi giryonidan ummon, Ohidan dovul qilur. Sevgiga she'r bitding, Erkin, Besabab ermaski, ishq - Aylagach ko`ngulni ishg`ol, She'r ila mashg`ul qilur. E.Vohidov Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 05.10.2011 в 16:01. Причина: Texnik xato bartaraf etildi |
|
|
|
Ответить |
|