|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#29 |
|
net
net
Сообщений: 497
+ 612
393/230
– 41
22/22
![]() |
Birovg'akim, birovdan yetdi ofat,
Hamonkim qattig'roqdir mukofot. ya'ni, birovga zarar yetkazgan kishi, u kishidan ham ko'ra qattiqroq zarar ko'radi. Nako'y bo badon kamtar kun, ammo ba nekon beshtar kun nekii xesh. Ba neku bad barobar gar kuni lutf, Fitad bo nekuvon kam, bo badon besh. ya'ni O'z yaxshiligingni yomonlarga kamroq qil, ammo yaxshilarga ko'proq qil. Agar yaxshiyu yomonga barobar lutf ko'rsatsang, yaxshlarga kam, yomonlarga esa ko'p yaxshilik qilgan bo'lib chiqasan. Oshiqlikki, murodi kom bo'lg'ay, Oshiqlik anga harom bo'lg'ay. ya'ni, Hisob-kitob bilan yaxshi ko'radigan kishiga oshiqlik harom. Olam ahlidin tavaqqu aylamak ahdu vafo, Zahrdin hayvon suyi bo'lg'ay tavallo aylamak. ya'ni, Odamlardan ahdu vafo kutish, zahardan obi hayot umid qilishga o'xshaydi. Falakdin yaxshilik yetgay debon ko'nglungni shod etma, Yomonlig'kim yetar, holo unut, o'tkanni yod etma. ya'ni, Falakdan bir yaxshilik umid qilib, ko'nglingni ortiqcha shod ham etma, yomonlik yetganida ham xafa bo'lma, darhol unut. El aybini ayturg'a birovkim uzatur til, O'z aybini fosh aylagali til uzotur, bil. ya'ni, Boshqalarning aybini aytishga tilini shaylagan kishi, aslida o'z aybini fosh qilishga og'zini ochgan bo'ladi. Emgak tortib ilm o'rgangan xirandman. .ya'ni, mashaqqat chekib ilm o'rgangan donishmand bo'ladi Ey, ko'ngul, rahmat senga, har nechakim ko'rding jafo, Olam ahldin vafo hargiz tamanno qilmading. ya'ni, har qancha jabr ko'rsang ham, bu dunyo kishilaridan mehr umid qilmaganing uchun , Senga rahmat, ey ko'ngil... Erur mazlumi zolim qatli ishq oldida ko'p oson, Agar Farhod o'ldi, qatl topmay qoldimu Parvez? ya'ni, ishq uchun mazlumni ham zolimni ham ham qatl etish qiyin emas, Xusrav Parvez Farhodnni o'ldirdi, o'ldirgan bo'lsa ham uning o'zi ham o'g'li Sheruya tomonidan o'lim topdi-ku! Yuziga asli yomonning ko'p ochma gulshani xulq, Siyahgilemga albatta mehr aylama fosh. ya'ni, asli yomon kishini tarbiyalayman deb, behuda urunma, badbaxtga mehribonlk ko'rsatib ovora bo'lma. Yaxshi xotinlar safoyi zuhdidin, Olam ichra gar yorug'lik bo'lsa fosh. Yo'q ajab, chunki arab alfozida, Istiloh ichra muannasdur Quyosh. ya'ni, yaxshi xotinlar ilmi hunarining nuridan dunyo yorisa, nima taajjub? Chunki, quyosh ma'nosidagi "shams" so'zi arab tilida muannasdir. Qilma ul ishkim, yetib nuqson sanga, Oxiri bo'lg'ay vuboli jon sanga. ya'ni, o'zingga zarar yetadigan, joningga uvol bo'laigan ishni qilma. Qaysi ishdinkim, yetar nafsingg'a kom, Topar ondin komini shayton mudom. ya'ni, qaysi sihdanki, nafsing orom olsa, o'shandan shaytonning maqsadi hosil bo'ladi. Alisher Navoiy hikmatlaridan. R |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
|