Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 31.07.2011 23:48   #81  
Аватар для Izzatilla Ibragimov
Оффлайн
"Ўзбекнаво"
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист
Сообщений: 46
+ 17  172/43
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от pipicron Посмотреть сообщение
Izzatilla aka, Assalom alaykum.

Chet el xonandalarining ijodini kuzatib borganimda, ular classik kuylarni zamonaviy talqinda ijro etishlarini ko'p bor guvohi bo'lganman. Hatto Klassikaga murojaat qilish rok, rep janrlarida ham ko'p uchraydi. Klassik musiqa inson qalbiga qandaydir orom baxsh etadi, unda shirin xotiralar uyg'otadi. O'zbek mumtoz kuylarida ham ajoyib sehr bor. Mana shu kuylarni zamirida mayin, ohista qo'shiqlar yaratish mumkinmi? Albatta, bu ko'plab yoshlar talabiga mos kelmaydi. Lekin baribir insonni o'zining ajib taronasi bilan jalb qiladi deb o'ylayman. Siz mumtoz kuylardan estrada yo'nalishida foydalanishga qanday qaraysiz?
(Misol uchun, "The Rapsody" guruhini "Black Attack", "Prince Igor" qo'shiqlarida klassikadan parcha musiqalar bor. Menga juda yoqadi.)
Savolingiz uchun katta rahmat. Agarda qo'shiqni aslini buzmagan holda foydalanilsa bu juda ham ajoyib bo'ladi. Qaytaga qo'shiqqa yangittan jon bahshida etiladi deb o'ylayman.
Ответить 
Старый 01.08.2011 05:23   #82  
Аватар для Izzatilla Ibragimov
Оффлайн
"Ўзбекнаво"
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист
Сообщений: 46
+ 17  172/43
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
"Хўжа" гуруҳининг қўшиқлари жамланган мусиқий жавон. Жами 100 дан ортиқ қўшиқлар мавжуд.

Рустам Ғоиповнинг "Ҳақиқат"(Эркин Воҳидов шеъри) қўшиғи Иззатилла Ибрагимов талқинида худди устозларидек ниҳоятда гўзал куйланибди.
Nigorahon bu qo'shiqlar bizni san'atga bo'lgan qiziqishlarimizni o'z vaqtida haqihatdan ham taminlab qo'ygan. Shuning uchun ustozni bu kabi bir necha o'nlab qo'shiqlari yuraklarimda, qalbimda mudom yashaydi. Va kuylanganida ham ijro qilinganida ham ular yurak tub-tubidan otilib chiqib, tinglovchiga ham huddi shu tariqa yetib borib u yuraklarni ham biroz bo'lsada larzaga keltiradi.Bu qo'shiqlarni umrboqiy bo'lishini sababi esa ustozimiz Rustamaka Goyupov tomonlaridan o'ta mahoratli ijro, ustozni qoshiqqa ovoz b-n bergan o'ta jiddiy harakter va qolaversa nihoyatda kuchli dard b-n kuylanganida deb hisoblayman. Haqiqiy ijodkor mana shunday qo'shiqlar yaratishi va o'z muhlislariga taqdim etishi lozim deb hisoblayman.
Ответить 
Старый 01.08.2011 12:24   #83  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Izzatilla Ibragimov Посмотреть сообщение
Устозим Рустам Ғоиповнинг "Бандаман" деб номланган машқ қилаётганимда кичик қизим Асилзода мен билан биргаликда қўшиқ мисраларини ёдлаб олиб ижро этаётганлигининг гувоҳи бўлдим. Ҳайратланиб қизимга сўзларни яна такрор айтиб беришини сўраганимда ҳеч иккиланмасдан ушбу мисраларни қайтарди:“Илоҳий бандаман бечорадурман ,Ҳавойи нафс ила оворадурман” Тўғри, айрим ҳарфларни талаффуз этишда хато қилади. У фақат эшиттиши орқали қўшиқнинг оҳангига маҳлиё бўлиб уни ёд олган. Лекин эртага улғайса қўшиқдаги сўзларни мағзини чақишга ҳаракат қилади...
"Илоҳий, бандаман, бечорадурман..." қўшиғини тинглаш.
Тасаввуфона оҳангда ва мазмунда куйланган экан.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 02.08.2011 13:25   #84  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
hayotning qizig'i insonning chin dildan qilgan niyati amalga oshishida ekan. Gap shundaki men, 2000-2002 yillarda Germaniyada magistraturada o'qib yurgan paytlarimda "Xo'ja" guruhining ashulalari yozilgan kassetalarim bor edi...O'shanda ismingizni bilmas edim...Men, o'sha kassetalarni chet ellik dugonalarimga bergan edim... Ular Parij, Belgiya ko'chalarida mashinda aylanib yurganlarida o'sha kassetalarni baland qilib qo'yishar ekan...Sababini so'rasam, ularga "Xo'ja" guruhing ashulalar judayam yoqqanini aytishgan edi, shunda men ularga sovg'a qilib bergan edim kassetalarni hamda tarjima qilib bergan edim...Keyin ular urganib olishib, kimsan, kimsan deb o'zbek tilida ashula aytishadigan bo'lishgan edi...:-)

hurmat ila Ra'no
Fikrimcha, estrada qo'shig'iga (aytilayotgan tilidan qat'iy nazar) buning millati falon debchi deb yozib qo'yilmaydi. Milliylik musiqaning, jumladan, estradaning tub-tubida, ichki botiniy qatlamlarida makon topadi. San'atkor milliy qoyilmaqom estrada qo'shig'ini aytayotgan bo'ladi, u tinglovchining qalbiga yo'l topa olgan hamda tinglovchi beixtiyor qo'shiqni xirgoyi qila boshlagan ekan, demak bu san'atkorning yutug'i hisoblanadi. "Xo'ja" guruhining qo'shiqlari Parij, Belgiya ko'chalarida yangragan va o'z tinglovchisiga yetib borganligini guruh va uning rahbari qo'shiqni qoyilmaqom qilib ijro etganligidan dalolat beradi.
Milliylik kimgadir malol keladigan matoh emas. Milliylik xalq(tomoshabin) ko'ngliga yo'l topish, uning mehr-muhabbatiga noil bo'lish degani. Milliy estradaga arzigulik asar yaratish oson ish emas. Bunda katta iste'dod, yuksak ma'naviyat lozim. "Xo'ja" guruhining qo'shiqlari muxlislari qalbidan joy topa olgan va o'tgan 20 yil buni tasdiqlaydi.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 02.08.2011 в 16:02.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 02.08.2011 22:53   #85  
Аватар для pipicron
Оффлайн
"SDK Group And" FC LLC
Quality Manager
AKA:Ali Al Mehr
Сообщений: 455
+ 136  615/253
– 10  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для pipicron с помощью Skype™Мой мирFacebook
Izzatilla Aka,
Shunday kuy va qo'shiqlar borki (Men ko'pincha kuylar tinglayman) inson qalbini larzaga soladi, ham yig'latib, ham kuldiradi. Mana shunday kuy va qo'shiqlar dunyoga taniladi, ularni halq (millat emas) kuylaydi.
Bu forumda ham el hizmatidagi, halq hizmatidagi insonlarni ko'plab uchratdim. Bu yerda nafaqat ilm ahli, san'at ahli, ijod ahli, balki oddiy xalq ham birga, bir suhbatda.
Shunday ekan sizga iltimosim, qachondir eng go'zal qo'shiq qilmoqchi bo'lsangiz, unda insonni insoniyatga bo'lgan ilohiy ishqi haqida kuylang, zero undan kattayu kichik birdek ma'no topsin va qalbiga jo aylasin. O'ylaymanki, forum albatta birgalashib mana shunday qo'siq yaratadi.
Endigi savolim: qo'shiq uchun she'rlarni qaerdan olasiz? Halq ichidan topgan satrlaringiz ham bo'lganmi?
__________________
Масофага хамрох, манзилга тинчлик керак...
Ответить 
Старый 03.08.2011 01:20   #86  
Аватар для Izzatilla Ibragimov
Оффлайн
"Ўзбекнаво"
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист
Сообщений: 46
+ 17  172/43
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от pipicron Посмотреть сообщение
Izzatilla Aka,
Shunday kuy va qo'shiqlar borki (Men ko'pincha kuylar tinglayman) inson qalbini larzaga soladi, ham yig'latib, ham kuldiradi. Mana shunday kuy va qo'shiqlar dunyoga taniladi, ularni halq (millat emas) kuylaydi.
Bu forumda ham el hizmatidagi, halq hizmatidagi insonlarni ko'plab uchratdim. Bu yerda nafaqat ilm ahli, san'at ahli, ijod ahli, balki oddiy xalq ham birga, bir suhbatda.
Shunday ekan sizga iltimosim, qachondir eng go'zal qo'shiq qilmoqchi bo'lsangiz, unda insonni insoniyatga bo'lgan ilohiy ishqi haqida kuylang, zero undan kattayu kichik birdek ma'no topsin va qalbiga jo aylasin. O'ylaymanki, forum albatta birgalashib mana shunday qo'siq yaratadi.
Endigi savolim: qo'shiq uchun she'rlarni qaerdan olasiz? Halq ichidan topgan satrlaringiz ham bo'lganmi?
Qo'shiq uchun she'rlarni aksariyat holatda qanday mavzuda qo'shiq kuylamoqchi bo'lsam shoirlarga murojat qilib yozdirib ana undan kegun yozilgan she'r menga maqul bo'lsa undan kegin musiqa bastalashni boshlaymiz. Lekin doimo har-hil yoshdagi san'at shinavandalari bo'lsin hoh yosh shoir ukalarimiz bo'lsin biron-bir yangi she'rim bor deb murojat etganlarida jon deb qabul qilib olib o'qib chiqaman. Chunki kutilmaganda qalblarni larzaga keltiradigan biron-bir 'shedevr" chiqib qolishi hech gap emas.
Ответить 
Старый 09.08.2011 09:29   #87  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Иззатилла ака, инсон туғилибдики, бахтга интилиб яшайди... Сизнинг наздингизда бахт тушунчаси қандай? Бировнинг бахти устига қурилган бахтга қандай қарайсиз? Ўзингизни бахтли ҳисоблайсизми? Унга эришиш йўллари сифатида нималарни кўрсатган бўлар эдингиз?
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 09.08.2011 09:45   #88  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Burgut shamolga qarshi uchadi, baliq oqimga qarshi suzadi. Xonanda ham xoh quvonchli, xoh g'amgin bo'lsin, uyg'ongan tuyg'ulari asosida qo'shiq kuylaydi.

Izzatilla aka, tomoshabinlaringizga g'amgin paytingizda quvnoq yoki quvnoq paytingizda g'amgin qo'shiqni kuylab bera olasizmi?
Ответить 
Старый 10.08.2011 23:53   #89  
Аватар для Izzatilla Ibragimov
Оффлайн
"Ўзбекнаво"
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист
Сообщений: 46
+ 17  172/43
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Иззатилла ака, инсон туғилибдики, бахтга интилиб яшайди... Сизнинг наздингизда бахт тушунчаси қандай? Бировнинг бахти устига қурилган бахтга қандай қарайсиз? Ўзингизни бахтли ҳисоблайсизми? Унга эришиш йўллари сифатида нималарни кўрсатган бўлар эдингиз?
Savolingiz uchun katta rahmat. Har bir inson bahtli bo'lishga haqlidir. Gar shunday ekan insonlarda baht degan tushuncha bor ekan, ular uni qidirib, izlab va unga intilib yashaydilar. Baht tushunchasi har bir insonni o'z dunyoqarashida har-hil,ya'nikim oz' qarichi b-n o'lchanadi.Kimdir oddiy velosipedga ega bo'lsa go'yoki bu dunyoda undan bahtli inson yo'qday. Boshqa bir toifa insonlar borki ular boshqalarga,ya'ni atrofdagilarga nisbatan ham moddiy ham ma'naviy badavlat. Lekin nazar solib qarasangiz o'shalar yanada bahtliroq bo'lishga intilayotganday. Meni nazarimda inson har bir narsaga oddiy qaramogi lozim. Masalan shahsan men o'zimni insonlar nazaridagi baht tushunchasini pogonama-pogona hisoblaydigan bolsak, men o'zimni eng yuqori pogonaga, ya'ni eng bahtli insonlar qatorida hisoblayman. Chunki meni o'z Vatanim,ota-onam,oilam va o'zim sevgan kasbim bor. Menga shuni o'zi kifoya. Men har bir tongda eson-omon oilam,bolalarim b-n tinchlikda tong ottirganim uchun o'zimni bahtli hisoblayman. Savolingizni ikkinchi qismiga kelsak, hech qachon birovning bahti hisobiga birov bahtli bo'lolmaydi deb o'ylayman. Chinki bu dunyo Olloh tarafidan shunday yaratib qo'yilgan. Birovni burnini qonashini evaziga boshqa birov hech qachon to'la-to'kis bahtli bo'lolmaydi. Haqiqiy baht esa faqat halollik, poklik va tinimsiz mehnatlar evaziga insonni o'zi tarafidan yaratilinadi. Men bunga aminman.
Ответить 
Старый 11.08.2011 00:17   #90  
Аватар для Izzatilla Ibragimov
Оффлайн
"Ўзбекнаво"
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист
Сообщений: 46
+ 17  172/43
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Burgut shamolga qarshi uchadi, baliq oqimga qarshi suzadi. Xonanda ham xoh quvonchli, xoh g'amgin bo'lsin, uyg'ongan tuyg'ulari asosida qo'shiq kuylaydi.

Izzatilla aka, tomoshabinlaringizga g'amgin paytingizda quvnoq yoki quvnoq paytingizda g'amgin qo'shiqni kuylab bera olasizmi?
Nigorahon savolingiz uchun katta rahmat.Men o'ylaymanki biz san'atkorlar muhlislarga qidirilgan, yoki etishmayotgan ozuqa kabimiz. Ularni hech qachon bizni kayfiyatimiz qiziqtirmaydi. Faraz qiling bir inson necha yil yahshi niyatlar qilib orzu-havas b-n to'y qiladi.O'zi sevgan san'atkorni vaqtini bir necha oylar oldin belgilab, yaqinlariga, qarindosh-uruglariga men falonchini to'yimga olib kelaman deb aytadi. O'z-o'zidan kelib chiqadiki san'atkorni hattoki kasal bo'lishga ham haqqi yo'q. Shunday ekan haqiqiy san'atkor qanday holatda bo'lishidan qat'iy nazar doimo o'z muhlisi va tinglovchisini ko'nglini ranjitmasligi kerak.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх