Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ЎЗБЕКОНА > Ўзбекистон ва дунё янгиликлари
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ўзбекистон ва дунё янгиликлари Дунёда бўлаётган воқеаларга оид янгиликлар, хабарлар ва тафсилотлар


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 31.03.2005 12:38   #1  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Ўзбекистон тарихи хақида озгина маълумот

1.1. Tohiriylar va Somoniylar davlati

Arablarning O’rta Osiyo hududlaridagi deyarli bir asrlik hukmronlik davri, bu hududning erksevar xalqlarining o’z eli, Vatanining mustaqilligi yo’lidagi kurashini, intilishini so’ndira olmadi.
Darhaqiqat, IX asr boshlariga kelib Arab xalifaligida yuzaga kelgan siyosiy tanglik, Xuroson va Movarounnahrda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar, eng muhimi, bu hududda yuz bergan Rofe ibn Lays qo’zg’aloni (806-810) mazqur o’lka xalqlari uchun xalifalik tobeligidan qutilish, yurt mustaqilligini qo’lga kiritish yo’lida qulay imkoniyatlarni vujudga keltirgandi. Gap shundaki, mashhur xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vafotidan so’ng xalifalik taxtini egallash uchun uning o’g’illari - Amin va Ma'mun o’rtasida qizg’in kurash boshlangan edi. Bir necha yilga cho’zilgan bu siyosiy mojaro nafaqat xalifalik markazini tang ahvolga solib qolmasdan, balki unga tobe bo’lgan hududlardagi voqealar rivojiga ham sezilarli ta'sir ko’rsatgan.
Xuroson noibi Ma'mun o’z kurashida Xuroson va Movarounnahrning nufuzli kuchlariga tayanib, nihoyat 813 yilda xalifalik hokimiyatini egallaydi. Bundan avvalroq Ma'mun bu o’lkada xiyla uzoq davom etgan Rofe ibn Lays qo’zg’alonini bostirishda mahalliy feodal kuchlar madadidan foydalangandi. Ma'munning xalifalik taxtiga chiqishiga katta harbiy yordam ko’rsatgan Xuroson nufuzli doiralarining yirik namoyandasi Toxir ibn Husayn bir qancha muddat Bog’dodda xalifalik qo’shinlariga ham boshchilik qilgan edi.
Xalifa Ma'mun Xuroson va Movarounahrda davom etayotgan arablarga qarshi kuchli muxolifatchilik harakatilarini bartaraf etish qiyinligini anglab yetganidan bu hududlarni boshqarish huquqini mahalliy feodal tabaqa vakillari ixtiyoriga berishga majbur bo’ladi. Shu yol bilan u mazkur o’lkalarning xalifalikka tobeligini saqlab qolmoqqa intiladi.
Mahalliy hukmdorlar esa uddaburonlik bilan, xalifalikning zaiflashganligidan, shuningdek yangi xalifa Ma'munning "iltifoti"dan foydalanib, boshqaruv jilovini qo’lga kiritgach, undan yurt mustaqilligi, uning ravnaqi va qudratini oshirish yo’lida foydalanishga qat'iyan yo’l tutdilar.
Xurosonda Tohir ibn Husayn va uning avlodlari, Movarounahrda esa Somon Xudot va uning vorislari tomonidan siyosiy hokimiyatni kiritilishi, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi mana shu tarzda amalga oshdi.
Tohiriylar davlatining asoschisi Tohir ibn Husayn 821 yildan e'tiboran Xuroson noibligini qo’lga kiritadi. Dastlab Movarounahrning ko’pgina viloyatlari ham bu davlat tarkibiga kirgan. Buning boisi, ikkala o’lkaning noiblik markazi Xurosonning Nishopur shahri bo’lgan.
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
"+" от:
Старый 31.03.2005 12:39   #2  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Tohir ibn Husayn o’z davlatining mustaqilligini tiklash maqsadida 822 yilda xalifa nomini xutba namozidan chiqarib tashlashga amr kiladi. Biroq tez orada uning sirli o’limi bu borada katta ishlar qilinishiga imkon bermaydi. Uning vorislari Talha (822-828), Abul Abbos Abdulloh (830-844), Tohir ibn Abdulloh (844-862), Muhammad ibn Tohir (862-873) davrlarida Tohiriylar davlatining mustaqilligi xiyla ta'minlandi. Tohiriylar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotni, mulkiy munosabatlarni rivojlantirish, qishloq xo’jaligini tartibga keltirish, suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash, suv inshootlari barpo etish, shuningdek fuqarolardan olinadigan soliqlarni mo'tadillashtirishga ahamiyat beradilar. Jumladan, Abdullox ibn Tohirning chiqargan bir farmonida "dehqonlarni xafa qilmaslik", bularsiz xazinaga yetarli miqdorda soliq tushmasligi alohida o’qtirilgandi. Biroq shunga qaramay, Tohiriy hukmdorlar amalda dehqonlarni emas, balki ko’proq yirik mulkdorlar, savdogarlarning manfatlarini himoya qilardilar. Shu bois Tohiriylar davrida oddiy aholi, ayniqsa dehqonlar og’ir asoratda yashash, haddan ziyod soliq- o’lponlar to’lashga majbur etilgandi. Birgina 844 yilda ulardan olingan soliq miqdori 48 mln. dirxamni tashkil etgan. Bu o’sha davr sharoiti uchun mislsiz edi. Shuning uchun ham mamlakatning Seyiston va boshqa viloyatlarida dehqon g’alayonlari yuzaga kelib, kuchayib borgan.
Mamlakatning sharqiy hududlarida yuzaga kelgan g’oziylar harakati va dehqonchilik vohalaridagi g’alayonlar ko’shilib, keng miqyoslar kasb etib bordi. Bu harakatilarning yetakchilariga aylangan, asli kelib chiqishlari hunarmand - miskar bo’lgan aka-uka Yoqub va Amir ibn Layslar 873 yilda Toxiriylar sulolasini ag’darib tashlashga muvaffaq bo’ldilar. Buning natijasida Yoqub ibn Lays asos solgan safforiylar (miskarlar) sulolasi hokimiyatga keldi.
Biroq yangi hukmdor Yoqub shaxsiy hayotda qanchalik oddiy turmush tarziga amal qilib yashamasin, o’z kurolli kuchlarini jangovarligini kuchaytirish, askarlarini maosh bilan ta'minlashga urinmasin, bari-bir oddiy mehnatkash xalqning maishiy axvoli, intilishi, maksad-g’oyalari unga butunlay begona bo’lib kolaverdi.
Shuning uchun safforiylar siyosati faqat mayda va o’rta mulqdorlariga daxl etgani holda oddiy mehnatchilarning ayanchi qismatini chetlab o’tgandi. Binobarin, bu sulola hukmronligi davrida ham xalqning og’ir soliqlar to’lashi, boshqa to’lovlar va majburiyatlar avvalgidek o’zgarmay qolaverdi.
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
"+" от:
Старый 31.03.2005 12:40   #3  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Bu xoll Amr ibn Lays (879-900) hukmronligi davri uchun ham xos bo’ldi. Buning oqibati o’laroq, mamlaqatda xalq norozilik harakati, dehqon g’alayonlari to’xtovsiz kuchayib bordi. Bu hol oxir-oqibatda safforiylar sulolasi xukmronligining ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarini qaqshatib, uni halokatga mahkum etmay qolmadi.
Movarounnahrda somoniylar sulolasi xukmronligining yuzaga kelish jarayoni ham IX asr boshlariga to’g’ri keladi. Bunda ham xalifa Ma'mun o’ziga sodiq xizmat qilgan mahalliy hukmdorlardan Somonxudot avlodlariga Movarounahr hududlarini boshqarish huquqini topshiradi. Chunonchi, Asad ibn Somon o’g’illaridan Nuh Samarqandga, Ahmad Farg’onaga, Yaqub Shosh va Ustrushonaga, Ilyos Chag’aniyon va Hirotga hoqimlik qiladilar.
IX asr o’rtalariga kelib Ahmad va uning o’g’li Nasr Somoniylar Movarounahrning ko’pchilik hududlarini birlashtirishga muvoffaq bo’ladilar. Nasr Somoniy (856-888) davrida Movarounahr mavqei yanada kuchayib bordi. Xurosonda Tohiriylar sulolasi ag’darilgach (853y), uning tarkibiga kirgan Buxoro yerlari Somoniylar tasarufiga olinadi. Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga noib etib tayinlaydi (874y) va Somoniylar hukmronligi deyarli Movarounahrning barcha hududlariga yoyiladi. Ammo, ko’p o’tmay Ismoil o’z hokimiyatini kuchaytira borgach, u o’zining vassallik mavkeini tan olmay, Nasr hoqimiyatining xazinasiga to’laydigan yillik daromad miqdorini keskin kamaytiradi. Buning natijasida aka-ukalar o’rtasida uzoq muddatli katta urish bo’lib, unda (888y) Ismoil g’olib chiqadi va hokimiyatni o’z ko’liga oladi. Akasi Nasr vafotidan so’ng (892y) Ismoil Somoniy Movarounahrning yagona hukmdoriga aylanadi. Shu tariqa, o’zbek davlatchiligi qayta tiklanadi va yuksalib boradi. Mamlakat aholisining mutlaq ko’pchiligi turkiy qavmlardan iborat bo’lib, davlat ishlarini yuritishda turkiy qo’shinlar va lashkarboshilarning mavqei yuqori bo’lgan.
Ismoilning 893 yilda sharqdagi turkiy qabilalarga qarshi qilgan muvaffaqiyatli yurishi, Tarozni egalab, katta o’lja, asirlar bilan qaytishi ham Somoniylar kudrati yuksakligidan yaqqol dalolat beradi. Ismoil Somoniy davlati qudratining o’sib borishidan cho’chigan va uni zaiflashtirishni ko’zlagan Bog’dod xalifasi Xurosondagi Safforiy hukmdorlarga yordam berib, ularni Ismoilga qarshi gij-gijlaydi. Bu esa 900 yilda ikkala davlat o’rtasida katta urushga sabab bo’ladi. Urush natijasi Somoniylar foydasiga hal bo’lib, buning oqibatida Xuroson yerlari ularning qo’l ostiga o’tadi. Xalifalikning esa bu yerdagi ta'siri keskin pasayadi.
Ismoil katta, qudratli davlatga ega bo’lgach, u markaziy davlat boshqaruvi tizimini va shunga muvofiq keladigan mahalliy idora organlarini vujudga keltiradi. Bu tizim uning o’g’li Nasr II davrida (914-943) ham takomillashib boradi.
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
"+" от:
Старый 31.03.2005 12:41   #4  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Bunga ko’ra podshoh (amir) saroyi oliy dargoh va devonlar (vazirliklar)ga bo’linadi. Bunda eng asosiy siyosiy-ma'muriy va ho’jalik boshqaruvi vazir devoni tasarrufida bo’lgan. Boshqa devonlar esa unga bo’ysungan. Mamlakat hayotida muhim rol o’ynagan bu devonlar quyidagilardan iborat: Mustafiy devoni-davlat xazinachisi; devoni Amid al-mulk - davlatning muhim hujjatlari bilan, boshqa xorijiy ellar bilan, davlatlararo diplomatik munosabatlar o’rnatish ishlari bilan shug’ullangan.
Sohib ash-shuhrat devoni - harbiy ish, qo’shining oziq-ovqati, maoshi va hokazo sohalarni o’z tasarrufiga olgan. Sohib al-barid devoni pochta-aloqa xizmati sohasi vazifalari bilan shug’ullangan. U ayni chog’da davlat sirlari, mas'ul lavozimdagi xodimlarning ish faoliyati bilan ham mashg’ul bo’lgan. Bu devon boshlig’i faqat markaziy hokimiyatga bo’ysungan.
Davlatning muhtasib denoni esa bozorlardagi savdo-sotiq, toshu tarozi o’lchovlari nazorati bilan shug’ullangan.
Mushriflar devoni davlat ishlari nazorati, xazinaning daromad va xarajatlarini tekshirib borish bilan band bo’lgan.
Shuningdek Davlat mulklari (erlari) devoni, qozilik (sud ishlari) devoni, Vaqf (diniy muassasalar mulklari) devoni singari devonlarning ham markaziy davlat boshqaruvidagi roli va o’rni alohida bo’lgan.
Pochta-aloqa xizmatidan boshqa hamma devonlarning mahalliy bo’limlari mavjud bo’lib, ular mahalliy hokimlar, ularning idoralariga bo’ysungan. Har bir shaharda shahar boshlig’i - rais ma'muriyati mavjud bo’lgan.
Davlatda islom dinining ta'siri g’oyatda katta bo’lganligidan oliy diniy mansab - Shayxul-islomning mavkei yuqori darajada e'tirof topgan.
Somoniylar markaziy hokimiyat boshqaruvini qanchalik takomillashtirib bormasinlar, biroq ular mamlakatning hama hududlarida ham o’z hukmronlik ta'sirini birdek o’tkaza olmaganlar. Masalan, Xorazm, Chag’aniyon, Xuttalon viloyatlarining ichki mustaqilligi buni isbot etadi.
Somoniylar davrida qishloq xo’jaligi, mahalliy ishlab chiharish, hunarmandchilik, savdo-sotiq munosabatlari, shaharlar hayoti ancha yuqsaldi. Mamlakat mustaqilligi ta'minlangan, nisbiy ichki siyosiy barqarorlik, kuchli markaziy hokimiyat tizimi mavjud bo’lgan bir sharoitda jamiyatning barcha hayotiy sohalarida sezilarli o’zgarishlar, ijtimoiy siljishlar yuz berib borgan. O’lkaning Shosh, Farg’ona va Xorazm vohalarida turli xil g’alla ekinlari yetishtirish, bog’dorchilik, sohibkorlik, polizchilik, paxta yetishtirish ancha kengayib bordi. Ko’plab suv inshootlari barpo etildi.
Qishloq ahli xomashyodan turli ishlov berish yo’li bilan har xil matolar ishlab chiqara boshladi. Jumladan, Zandona qishloqida sifatli bo’z to’qish (u chetga ham chiqarilgan), Samarqand yaqinidagi Vadar qishloqida sarg’ish tusli chiroyli yumshoq, pishiq matolar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Bu yerdagi to’qilgan matodan oliy amaldorlar ham kiyim tiktirishda foydalanganlar.
Shaharlarda ko’plab hunarmandchilik korxonalari, o’nlab karvonsaroylar, bozor rastalari mavjud bo’lib, doimiy ravishda ishlab turgan. Shahar bo’lish uchun mazkur joyda qamida 32 xil hunar-kasb turlari bo’lishi kerakligi o’sha davr uchun xos bo’lgan.
Somoniylar davrida Samarqand, Buxoro, Marv, Shosh, Isfijob, shuningdek, Farg’ona, Xorazm vohasi shaharlari savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatida g’oyatda ravnaq topgan.
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
"+" от:
Старый 31.03.2005 12:42   #5  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Buyuk Ipak yo’li bu shaharlarni xalqaro karvon savdosi bilan tutashtirib, ularda yetishtirilgan barcha noyob mato-yu mahsulotlarning jahon bozoriga chiqishini ta'minlagan.
Metall ishlash, nodir metallardan, chunonchi, oltin, kumush, mis va boshqa ma'danlardan qimmatlu, bezakli buyumlar, asbob-anjomlar tayyorlash shaharlarda keng rivojlangan. Uch joyda (Buxoro, Samarqand, Farg’ona) kumush pullar zarb etilgan. Shoshda charm mahsulotlari, Farg’ona va Iloqda kurol-yaroqlar yuqori darajada tayyorlangan. Shuningdek Farg’ona vodiysi, Ohangaron, Samarqand, Nurota tumanlarida kon-ruda ishlab chiqarilishi taraqqiy topdi. Ip - yigirish, to’kuvchilik va to’imachilik (gilamlar, poyondozlar v.b) hunarlari rivojlangan bo’lib, bu soha yumushlariga xotin-qizlar ham jalb qilingan.
Somoniylar davrida mulk shakllari uch xil bo’lib. birinchisi - mulki sultoniy, ya'ni davlat yerlari, ikkinchisi mulklar, (xususiy mulklar) va uchinchisi - vaqf mulklaridan iborat edi. Somoniylar davrida davlat boshlig’i o’z farzandlari, yaqinlariga, amirlar, hokimlar, lashkarboshilarga ularning xizmatlari evaziga tuman, shahar, hatto viloyatlarni ham in'om qilgan. Bunday mulq - iqto, ularning egalari -iqtadorlar deb atalgan. Iqtadorlar o’ziga in'om etilgan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlar evaziga daromad olgan. Aholi iqtadorga bo’g’doy, paxta, quruq meva, gazmol yoki pul shaklida soliq to’lagan. Iqtadan foydalanish muddati davlat boshlig’iga bog’liq bo’lgan. Avvallari iqto vaqtincha berilgan, iqtador bunday mulkdan mahrum ham etilgan, ayrimlari iqtadan umrbod foydalanganlar.
Somoniylar davlati o’zining muayyan bosqichlarida ijtimoiy-siyosiy va boshqa sohalarda qanchalik yuksalish, muhim o’zgarish jarayonlarini boshdan kechirmasin, biroq keyinchalik asta-sekin tushkunlik, parokandalik sari yuz tutib bordi. X asrning ikkinchi yarmidan boshlab, xususan keyingi Somoniy hukmdorlar: Nuh ibn Nosir (943-954), Abdul Malik (954-962), Mansur ibn Nuh (961-971), Nuh II ibn Mansur (997-999) davrida mamlakat oliy hokimiyati ichida ham, mahalliy feodal beklar, amaldorlar o’rtasida ham o’zaro ichki nizolar, ziddiyatlar to’htovsiz kuchayib bordi. Davlatning harbiy tayanchi hisoblangan turk gulomlaridan iborat qo’shin boshliqlari oliy hukmdor saltanatiga bo’ysunmay, ayrim viloyatlarni egallashga ko’z tika boshladilar (Masalan, Alptegin, Abu Ali v.b.). Mahalliy hukmdorlarning o’zboshimchalik, boshboshdoqlik xatti-harakatilarining avj olishi ularni jilovlashga markaziy hokimiyatning ojizligi - bular davlatning yanada zaiflashuviga sabab bo’ldi. Xalq norozilik harakati shu qadar alangalanib bordiki, hatto amir Abdumalik vafoti bahonasi bilan boshlangan qo’zg’alon amir saroyini bosib olib, uni yakson qilish bilan tugallandi.
Bunday jiddiy nizolar, ziddiyatli jarayonlar pirovard oqibatda Somoniylar davlati tanazzulini tezlashtirishga olib keldi. Buning natijasida sharqdan kelgan Qorahoniylar sulolasi Somoniylar hukmronligini barxam topdirib, uning hududlarini o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi.
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
"+" от:
Старый 23.07.2011 08:47   #6  
Заблокирован(а)
Аватар для Шох Салтан
Оффлайн
internet
funtik
Сообщений: 99
+ 0  24/18
– 0  10/6

Uzbekistan
Ўзбекистон тарихи

менимча аниқлаб олиш керак:
Ўзбекистон тарихи дегани қандай тушунча? Географик нуқтаи назардан ҳамда хронологик н.н.
чунки Ўзбекистон ССР 1924 йилда ташкил этилган. мустақил Ўзбекистон эса 1991 йил мустақилликни эълон қилган. шундай экан Ўзбекистон тарихига нимага 2500-3000 йиллик тарих киритилади? нима деб ўйлайсиз?
Ответить 
Старый 23.07.2011 10:04   #7  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Menimcha esa tarixni o'rganishda hududning nomlanishiga bu qadar e'tibor berish shart emas. Umuman, "O'zbekiston tarixi" degan so'z birikmasida ko'ra "Vatan tarixi" degan jumla ko'proq mos keladi yashayotgan hududimizning tarixini o'rganish muddatini belgilashda. U Turon deb ataladimi, Mavorounnahrmi, O'zbekistonmi yoki boshqacha, asosiysi biz bu nomlar ortida Vatan nazarda tutilayotganini bilamiz, IMHO.
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 23.07.2011 11:06   #8  
Аватар для Anvar Atakhanov
Оффлайн
AKA:3Dman
Сообщений: 1,556
+ 1,993  1,466/628
– 253  99/50

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Abror Qodirov Посмотреть сообщение
bu nomlar ortida Vatan nazarda tutilayotganini bilamiz
Шунинг учун "Ватан тарихи" дейилса яхши булармикин, ИМХО канешна
Ответить 
Старый 15.08.2011 07:48   #9  
Заблокирован(а)
Аватар для Шох Салтан
Оффлайн
internet
funtik
Сообщений: 99
+ 0  24/18
– 0  10/6

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Abror Qodirov Посмотреть сообщение
Menimcha esa tarixni o'rganishda hududning nomlanishiga bu qadar e'tibor berish shart emas. Umuman, "O'zbekiston tarixi" degan so'z birikmasida ko'ra "Vatan tarixi" degan jumla ko'proq mos keladi yashayotgan hududimizning tarixini o'rganish muddatini belgilashda. U Turon deb ataladimi, Mavorounnahrmi, O'zbekistonmi yoki boshqacha, asosiysi biz bu nomlar ortida Vatan nazarda tutilayotganini bilamiz
ватан тарихи ўз номи билан ватан тарихи. уни чет элликка бу Ўзбекистон тарихи бу шу ҳудуд тарихи демасангиз улар ватан деб ўзлари туғилиб, яшаб турган маконларини тушунишлари мумкин. ватан ҳамма учун ватан, лекин Ўзбекистон тарихи дегандан конкрет нарса тушунилади (худди Америка тарихи, Испания тарихи, Япония тарихи каби).
шунинг учун "ватан" тарихимизани конкрет қилиб ўргатиш, ўқитиш керак келажак авлодларга. мисол, бундан 2000 йил олдин "фалон" тарих, ҳозирги Ўзбекистон ҳудудида мавжуд бўлган давлат ёки ҳудуд каби.
Ответить 
Старый 10.10.2011 00:18   #10  
Аватар для Alisher Asror
Оффлайн
sport maktabi
trener
AKA:da
Сообщений: 494
+ 483  466/264
– 3  9/9

UzbekistanLiveJournalМой КругМой мир
Цитата:
Сообщение от Шох Салтан Посмотреть сообщение
менимча аниқлаб олиш керак:
Ўзбекистон тарихи дегани қандай тушунча? Географик нуқтаи назардан ҳамда хронологик н.н.
чунки Ўзбекистон ССР 1924 йилда ташкил этилган. мустақил Ўзбекистон эса 1991 йил мустақилликни эълон қилган. шундай экан Ўзбекистон тарихига нимага 2500-3000 йиллик тарих киритилади? нима деб ўйлайсиз?
Markaziy Osiyo xalqlarining tarihi shaklida o'rganish maqsadga muvofiq deb o'ylayman...
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх