Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 09.07.2011 09:53   #881  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Jazo.

Yashash kerak...
Bo'm-bo'sh qalb bilan...
Siniq, og'ir tonglarni kutib...
Baxt daftarin yoqqan dard bilan
Alamlarni yurakka yutib...

Yashash kerak - zulmatlar aro
To'lin oyning vaslini izlab...
O'tib ketgan bahorlar - qaro,
Oppoq qordan yuraklar muzlab...

Yashash kerak - kuygan sog'inchlar
Cho'g'larini ezg'ilab, bosib...
Bosh egmasdan -
Dard va o'kinchlar
Suronidan ko'ngilni to'sib...

Yashash kerak - voz kechib ishqdan,
O'jar g'urur qilib tantana...
Yana ishqsiz hayot...
Yana man -
O'shal bo'm-bo'sh qalb bilan...
Yana...

Yashashim shart...
Hayot bu - jazo...
Ответить 
Старый 09.07.2011 11:05   #882  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Yurak.

Kuymagan yurak bormi?
Ushalgan tilak bormi?
Menday mehr zoriga
Sizchalik kerak bormi?
Sizdayam yurak bormi...?

Yiroqlarda oy botar,
Firoqlarda tong otar.
Sochlarim silab sahar
G'amboda ashk uyg'otar...
Sizdayam yurak bormi...?

Yiroqlikdan jilmaysiz,
Tunim bedor - bilmaysiz...
Bir iltifot qilmaysiz -
Bir bor yo'qlab kelmaysiz...
Sizdayam yurak bormi?!
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 09.07.2011 11:21   #883  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Aliye BlackANGEL Посмотреть сообщение
Yashashim shart...
Hayot bu - jazo...
She'rni,
"Yashashim shart...
Hayot-bu ne'mat.."
deb tugatgan bo'lardim.
Ответить 
"+" от:
Старый 09.07.2011 11:42   #884  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Aliye BlackANGEL Посмотреть сообщение
Yashashim shart...
Hayot bu - jazo...
She'rni,
"Yashashim shart...
Hayot-bu ne'mat.."
deb tugatgan bo'lardim.
She`rning tushkun kayfiyatidan kelib chiqib, "Hayot bu - jazo" deb tugatgandim. Sizning fikringiz ham juda chiroyli... Hayot bu - ne`mat...
__________________
Olloh oqibatimizni xayrli qilsin...
Ответить 
Старый 09.07.2011 11:48   #885  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Hayot – sinovlardan iborat muddat,
Yillar – yoshimizni o’lchovchi mezon.
Afsus – tavbalarga tayangan fursat.
Shukr – talvasaga eng yaxshi qalqon.

Idrok – yo’l-so’qmoqni yoritguvchi sham,
Hislar – zulmat aro yumilgan ko’zlar.
Duo – aziyatni olguvchi malham,
Qarg’ish – alamzada aytilgan so’zlar.

Sevgi – qalb toriga uyg’un bir maqom,
Nafrat – parchalangan ko’ngil shishasi.
Mehr – inson hecham to’ymagan taom,
Qadr – har yurakning ustki parchasi.

Vido – umididan ajralgan qayg’u,
Diydor – asrlarga tatuvchi tug’yon.
Xijron – yiroqdagi yaqin his-tuyg’u,
Sog’inch – dil tubida ajib g’alayon.

Hayot – sog’inchlardan iborat tuhfa...

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
2 "+" от:
Старый 09.07.2011 12:03   #886  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Aliye BlackANGEL Посмотреть сообщение
Yurak.

Kuymagan yurak bormi?
Ushalgan tilak bormi?
Menday mehr zoriga
Sizchalik kerak bormi?
Sizdayam yurak bormi...?
Yurak agar kuymasa,
Yo kimnidir suymasa,
His-tuyg'uni tuymasa,
Ul yurak yurak emas.

Sog'inch nima bilmasa,
G'amga she'rik bo'lmasa,
Ashk agar eritmasa,
Ul yurak yurak emas.

O'zdan o'zgani demasa,
Savob, yaxshilik qilmasa,
Kulganda birga kulmasa,
Ul yurak yurak emas.

Yurak emas, desak tosh,
Tosh bu so'zga bermas dosh.
Bu yurak bo'lmas sirdosh,
Ul yurak, yurak emas,
Faqat bir parcha go'shtdir...
Ответить 
2 "+" от:
Старый 09.07.2011 13:33   #887  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
Севганимга ўхшайсан
..га)

Қошлар қора, ўртаси туташ,
Менинг учун дунёда яккаш,
Мумкин бўлса сени шу аташ-
СЕВГАНИМГА ЎХШАЙСАН ЖУДА!

Узолмайин қолдим нигоҳим,
Ўхшаш йигит, кечир гуноҳим-
Куйиб чиқар дилдаги оҳим,
СЕВГАНИМГА ЎХШАЙСАН ЖУДА!

Ёридирсан қайси бир гулнинг,
Эркасисан суйган кўнгилнинг,
Қўлдан чиқдим сендай булбулнинг,
СЕВГАНИМГА ЎХШАЙСАН ЖУДА!

Кўриб қолдим сени қайдан ҳам,
Юролмайман энди хотиржам.
Фироқингда ўртанар танам-
СЕН ЁРИМГА ЎХШАЙСАН ЖУДА!

Мен севганим жуда узоқда,
Асролмадим уни паноҳда
Ўхшаш йигит, сен куйма доғда-
СЕН ЁРИМГА ЎХШАЙСАН ЖУДА...
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Старый 09.07.2011 20:41   #888  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
********

Кўп савдолар бошга тушди,
Тақдир тинмай отар ўқ.
Юрагимни ишққа бердим-
Куйдиради тафти чўғ

Мен борар йўл аросатли.
Тушларимнинг ўнги йўқ.
Ишқим мани “тош”га тушди,
“Тош” нинг эса кўнгли йўқ.

(с)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Старый 10.07.2011 09:22   #889  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Sog’inch to’la chashming tubiga boqib,
Mehrli nigohingga ko’mililganim dam,
Jo’shqin hislar qalbda daryodek oqib,
Go’yo zulmat ichra nurdek, azizam
Seni angladim.

Tutqichsiz xayollar,
Erka xayollar
Tuyg’u aldamchi, deb qiynaydi goho.
Senga tunlar uyqu bermas savollar,
Halak bu jonimni tirnaydi goho.

Men, mayli, dardlarga bo’lay oshino,
Mayliga, qonlarga to’lsa ham ba’gir,
Minglab insonlar bor hayotim aro,
O’zgani tushunmay, faqat negadir
Seni angladim.

Ishq uchun hakamlar to’la jahonda,
Kalom in’ikosin topmas zabonda.
Xatto do’stlar vafo qilmas zamonda,
O’zimni bir chetga qo’yganimcha jim,
Seni angladim...

Umrimda hijronning yuki sarosar,
Visol, bilmam, qayda kezar o’ksinib.
Qandaydir g’alayon ichimni o’rtar –
Bedor kechalarda angladim seni...

Seni angladim-da, o’zni angladim...


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 10.07.2011 09:53   #890  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Bir holat,
yuragim izidan chiqqan,
Visol chizig'i-la kesishmaydi u.
Bir holat,
jonimmni bedorlik siqqan,
Aqlimga bo'ysinmay qo'ygandir tuy'gu.

Bir holat,
Xayolim tumandek xira -
Hislarim ko'zini to'sib oladi.
Qalbim gulzoriga kun bermay sira,
Tikonlar gulimni bosib qoladi...

Bir holat,
osmonlar judayam yaqin,
Qo'llarim yetadi bulutni tutsam.
Yo darddan bir zumga olganimda tin,
Yer yumshoq, kirsamu, yo'qolib ketsam.

Bir holat,
halovat ko'nglimdan yiroq,
Topolmam, jonimni berib jabborga
Uch nuqta umrimga to'lgandir so'roq,
Huzurim almashdim nolayu zorga.

Bir holat,
goh soqov,gunga aylanib,
Gohida mungli kuy chalguvchi nayman.
Shu taxlit kimnidir tanimay-tanib,
Umrining mazmuni bo'lib yashayman

Bir holat,
holatki, ko'zlar nigoron,
Garchi umidimdan asar qolmagan...

©
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Ответить

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх