|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#1172 | ||
Albatta bundan kiyin e'tiborliroq bo'laman
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|||
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#1175 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
Отим қолар демагин
Бу дунёда, шоирим. Номард тўфонлар турса, Отингдан гард қолмагай. Зотим қолар демагин Бу дунёда, шоирим. Қисмат тескари бурса Зотингда мард қолмагай. Бу дунёнинг дардини Териб кетгин шоирим. Жонингга ачинмагин- Кетмайдими чириблар. Бу дунёга бир қўшиқ, Бериб кетгин, шоирим,- Марҳумлар уйғонсинлар, Ухлолмасин тириклар. Усмон Азим
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
|
|
#1176 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
Ўлгин дединг — ерга кўмдинг —
Илдиз бўлдим. Кўкка отдинг — йўқ бўл дединг — Юлдуз бўлдим. Тилим кесдинг — дилим айтди — Рост калима... Қийин бўлди сенга шўрлик Душманим-а! Душманим-а, тошлар отиб Тўймайдирсан— Тупроқ бўлай десам, нега Қўймайдирсан?... Усмон Азим
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
| Реклама и уведомления | |
|
|
#1177 |
|
Iltijo
Mendan ibodatu Sendan ijobat, Mendan itoatu Sendan hidoyat, Mendan qanoatu Sendan baroat – Yojg’iz madadkorim, Parvardigorim. Savobu gunohim bilguvchi O’zing, Umrimni, rizqimni berguvchi O’zing, Imonimni butun etkuvchi O’zing – Yolg’iz xaloskorim, Parvardigorim. Qilgan gunohlarim kechir, Xudoyim, Obi Kavsaringdan ichir, Xudoyim, Borar yerimni keng bichir, Xudoyim – Sensan najotkoim, Parvardigorim. Isajon Topilov
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#1178 |
|
Hurlar bormish u yonda marvarid marjondek,
Pokiza ermish nihoyat, pokiza iymondek, Vasliga yetmakka oning bu umr yetmas emish Lek anga yetmakka bordur rahnamo Qur’ondek. Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga, Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga. Ikki dunyo borligi rostdir, rostdir mudom, Bu tomon aldoqchi derlar, u tomon rostdir mudom, Bunda kim och, kimsa to‘q, kimlarga ko‘p sozdir mudom, Kimni yozi qish esa, kimlarga qish yozdir mudom, Har kimni bosgan izi niyatiga mosdir mudom. Hurlar bormish u yonda marvarid marjondek, Pokiza ermish nihoyat, pokiza iymondek, Vasliga yetmakka oning bu umr yetmas emish Lek anga yetmakka bordur rahnamo Qur’ondek. Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga, Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga. Pok yursang bu jahonda senga shuldir toj-taxt, Kelganing haq, ketmaging haq, oxirat ham barhaq, Jannatu do‘zaxni Tangrim qilmishing-chun qildi taxt, Haq taoloning yo‘li ikki dunyoyingga baxt, Ushbu yo‘lda kimki o‘tdi hurlar tutgay qadah. Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga, Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga. Sherali Jo'rayev
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
|
Ответить |
|
|
#1179 |
|
Oftobdan nur tilagandim,qayerga botib ketdi,
Oltin degan do`stlarim oltinga sotib ketdi. ,,dardkashlarim,, dastidan siydam ham qotib ketdi Endi meni o`ldirsa ishqing o`ldirsin Alloh. Labimdagi kulgularni quzg`unlar yulib ketdi, men hasrtada kuyunsam odamlar kulib ketdi. Bag`rimga bosganimda bagrimni tilib ketdi Endi meni o`ldirsa darding o`ldirsin Alloh. Men bahorga yukundim, hazon sochdi yo`limga Bulbulga yukungandim tikon tutdi qo`limga. Yuraverib bu yo`ldan yo`l topmadim o`limga, Endi meni o`ldirsa hajring o`ldirsin Alloh. Dog`i borga o`xshayman to`lin oydek to`lishgan, Yulduzlarninh yuzini bulutlaring tosishgan. Meni shunday ko`zi ochiq tirigimda ko`mishgan, Endi meni o`ldirsa vasling o`ldirsin Alloh. Shamshir
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
|
Ответить |
|
|
#1180 |
|
Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon:
- Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon. Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron, Men kimga suyangum Allohdan boshqa. Tinimsiz aldasa muhit, makoning, Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning. Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning, Men kimga suyangum Allohdan boshqa. Noshukur emasman dunyoda garchand, Qaydadir menga ham bor balki dilband Va lekin tiriklay kuydirsa farzand, Men kimga suyangum Allohdan boshqa. Insofu ishonch ham shirin so‘z bari, Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari. To hayot ekansan qochgaydir nari, Men kimga suyangum Allohdan boshqa. Shunchalar kaj erur dunyoi gardun, Undan diyonatni axtarmoq nechun, Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun, Men kimga suyangum Allohdan boshqa. Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni, Joningmas, martabang, balki shoningni, O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni, Men kimga suyangum Allohdan boshqa. Bu ko‘hna dunyoda yashadim nega, Yaydoq ot misoli bo‘ldim beega. Malomat qilurman, olomon, senga: Men kimga suyangum Allohdan boshqa. Mendan ranjimasin bo‘lsa do‘st agar, Balki ularning ham dilida kadar, Hoynahoy mendaylar degay muqarrar: Men kimga suyangum Allohdan boshqa. Umr ham oxirlab bormoqda sekin, Endi sarg‘aymoqda men ekkan ekin. Mayli, sen o‘zingga suyangil, lekin, Men kimga suyangum Allohdan boshqa. Abdulla Oripov
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|