Bilasizmi, imlo xatolariga odatiy hol deb qarasak, ertaga bundan badtar savodsizlashib ketamiz. "Menga nima, senga nima" prinsipiga amal qila olmayman. Men faqatgina o'z vazifamni bajaryapman. "Men yonmasam, sen yonmasang, u yonmasa-kim yonar, kunimiz tutun hidiga qolar" bo'lib qolmasin. Forumning saviyasii ushlab turish va rivojlantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanman, men uchun bu odatiy hol emas.
Shu kerakmi, degan savolni ham daf'atan berib qolishingiz mumkin. Ha, kerak.
Nega maorif shu darajaga kelib qoldi. Chunki o'qituvchilar ham savodsizlashib ketishdi. O'qituvchi savodsiz ekan, qanday qilib farzandlarimiz savodli bo'la oladi?
Baraka topishsin, garchi imloviy xatolar bilan yozishgan bo'lsa-da, asosiy muammolarni ko'tarib chiqishdi, bunga slo e'tirozim yo'q.
Biroq savodli yozishsin. Ular ziyolilarning ko'zgusi-ku?!...
Ertaga farzandli bo'lsangiz farzandingizni savodli o'qituvchining qo'liga topshirasiz-ku...
|