Цитата:
Сообщение от Bekmirzo
Цитата:
Сообщение от Jamshid Begmatov
Дўстлар, келинглар, ушбу мавзуда ўзбек тилининг шеваларига оид қизиқарли, бошқалар тушунмайдиган сўзлар ва ностандарт грамматик ходисаларни тўплайлик.
|
Jamshid,
ancha foydali mavzu ochibsiz, uning yuritilishini qo'llab-quvvatlayman.
(har qalay, bu mavzu To'lqin Eshbekov ochgan mavzudan ancha farq qiladi...)
***********
- Namanganlik kursdoshlarimdan " Kenchabi" degan so'zni eshitganimda, gap kim haqida borayotganligini umuman tushunmaganman. Savolimga "Masalan, toshkentliklar Kennoyi deb chaqiradigan insonni bizda kenchabi deyishadi", deb javob berishgandi. Bizning Qashqadaryo, Surxondaryo taraflarda bu insonga " Yanga" va/yoki " Checha" deb murojaat qilishadi. Samarqandning ayrim tumanlarida ham shunday murojaat shakli mavjud.
Namangandagi "Kenchabi" so'zi "Kelinchabibi" so'zidan kelib chiqqan bo'lsa kerak, deb o'ylayman.
***********
- tirmovuq degan so'zni kim eshitgan?
|
Ока тугри Наманган шахарида катта хотинлар, жувонларни "Кенчаби" дейишади, сиз айтгандай ростан хам "Келинчакбиби" сузини киска килиб "Кенчаби" деб куя колишади.