Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ИКТ и телеком > Веб-ресурсы и доменные имена > Новости с внешних веб-ресурсов
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Новости с внешних веб-ресурсов Кросспостинг интересных новостей с различных веб сайтов наших пользователей...


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 27.08.2009 02:10   #51  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Blog uchun tasvir manbaalari va ulardan to‘g’ri*foydalanish


&copy; muha…
Avvalgi maqolada blog o&lsquo;quvchilarini nima jalb qilishi mumkin degan savol bergan edim. Ushbu savolga Adham Kurbanov o&lsquo;z malakalaridan kelib chiqqan holda foto-sur’atlar yaxshi jalb qilishini aytib o&lsquo;tdilar. Agar ushbu mavzuni bevositda blog yuritishga yo&lsquo;llantiradigan va bir oz kengaytiradigan bo&lsquo;lsak, haqiqatdan ham blog maqolalarida mavzuga tegishli tasvirlardan foydalanish o&lsquo;ziga xos muhitni yaratadi. Maqolani mazmun jihatdan boyitadi.
Blog maqolalarida tasvirdan foydalanish mavzusida bir necha maqola chop etilgan, lekin bugungi mavzuda tasvirlarni qayerdan topish mumkinligi va ulardan to&lsquo;g’ri foydalanish haqida gaplashamiz:
1. sxc.hu

Ushbu sayt 2001 yilda tashkil etilgan bo&lsquo;lib, bu saytda hoh ijodkorlar, hoh yosh havaskorlar o&lsquo;zlari yaratgan tasvirlar bilan o&lsquo;zaro almashishlari mumkin. SXC saytidagi tasvirlardan o&lsquo;z blogingizda va boshqa shaxsiy yo&lsquo;llarda bepul foydalanishingiz mumkin. Ayni paytda ushbu saytda 2,500,000dan ortiq ro&lsquo;yxatdan o&lsquo;tgan foydalanuvchi va 400,000dan ortiq tasvirlar mavjud.
2. Flickr

Flickr bu hammaga ma’lum va mashhur tasvirlarni boshqarish va ulashish sayti hisoblanadi. So&lsquo;nggi paytlarda nafaqat tasvir, balki videolarni ham boshqarish va ulashish imkoniyati qo&lsquo;shildi. Lekin, baribir Flickr deganda ko&lsquo;pchilik tasvirlar bilan ishlash saytini ko&lsquo;z oldiga keltiradi. Ushbu saytning bundan avval aytib o&lsquo;tilgan SXCdan farqi, Flickrdagi barcha tasvirlardan ham shaxsiy yo&lsquo;llarda foydalanib bo&lsquo;lmaydi. Albatta o&lsquo;ziga xos qoidalar mavjud. Ma’lum tasvirlardan muallifini ko&lsquo;rsatgan holda bemalol foydalanish mumkin. Bu haqda batafsil to&lsquo;xtalib o&lsquo;tmoqchiman.
Barcha huquqlari himoyalangan(All rights reserved) tasvirlardan muallifning roziligisiz foydalana olmaysiz.
Huquqlari himoyalanmagan tasvirlardan esa turli hil Creative Commons deb nomlangan litsenziyalar asosida foydalanishingiz mumkin. Ushbu litsenziyalarning 6ta turi mavjud. Ushbu litsenziya turlari tasvir qayerda va qanday foydalanishi kerakligi haqida ma’lumot beradi.
Attribution License
Bu litsenziyaga asoslangan tasvirlarni tahrirlashingiz, o&lsquo;zgartirishingiz, shaxsiy yoki tijorat yo&lsquo;llarida foydalanishingiz mumkin. Birgina sharti muallif profiliga bog’ qoldirish.
Ushbu litsenziyaga ega bo&lsquo;lgan tasvirlarni qidirish sahifasi: http://www.flickr.com/creativecommons/by-2.0/
Attribution-NoDerivs License
Bunday turdagi tasvirlardan ham muallif profiliga bog&lsquo;ni ko&lsquo;rsatgan holda, hohlagan usulda foydalanishingiz mumkin. Avvalgi litsenziyadan farqi shuki, bu turdagi tasvirlarni tahrirlash ta’qiqlanadi.
Ushbu litsenziyaga ega bo&lsquo;lgan tasvirlarni qidirish sahifasi: http://www.flickr.com/creativecommons/by-nd-2.0/
Attribution-NonCommercial-NoDerivs License
Bu turdagi tasvirlardan ham muallifini ko&lsquo;rsatgan holda, tarkibini o&lsquo;zgartirmasdan bemalol foydalanishingiz mumkin, faqat bir sharti bor — siz tasvir yordamida hech qanday foyda, rag&lsquo;bat ko&lsquo;rmayotgan bo&lsquo;lishingiz kerak. Masalan, onlayn magazinlarda, reklamalar mavjud blog yoki forumlarda va hokazolarda foydalanish ta’qiqlanadi.
Ushbu litsenziyaga ega bo&lsquo;lgan tasvirlarni qidirish sahifasi: http://www.flickr.com/creativecommons/by-nc-nd-2.0/
Attribution-NonCommercial License
Bunday tasvirlarni o&lsquo;zgartira olishingiz mumkin va muallifini ko&lsquo;rsatgan holda foydalanishingiz kerak hamda hech qanday foyda keltirmaydigan bo&lsquo;lishi kerak. Agar foyda oladigan bo&lsquo;lsangiz, boshqa litsenziyalik tasvirlardan foydalanganingiz ma’qul.
Ushbu litsenziyaga ega bo&lsquo;lgan tasvirlarni qidirish sahifasi: http://www.flickr.com/creativecommons/by-nc-2.0/
Attribution-NonCommercial-ShareAlike License
Bu turdagi tasvirlardan notijorat yo&lsquo;lda muallifini ko&lsquo;rsatgan holda foydalanishingiz mumkin. Qo&lsquo;shimcha talab litsenziya sahifasini ham ko&lsquo;rsatib o&lsquo;tish shartidir. Litsenziya sahifasi: http://creativecommons.org/licenses/...sa/2.0/deed.en
Ushbu litsenziyaga ega bo&lsquo;lgan tasvirlarni qidirish sahifasi: http://www.flickr.com/creativecommons/by-nc-sa-2.0/
Attribution-ShareAlike License
Bu turdagi tasvirlardan hohlagan tarzda foydalanishingiz mumkin, lekin litsenziya sahifasini ko&lsquo;rsatish majburiyati bilan. Litsenziya sahifasi: http://creativecommons.org/licenses/by-sa/2.0/deed.en
Ushbu litsenziyaga ega bo&lsquo;lgan tasvirlarni qidirish sahifasi: http://www.flickr.com/creativecommons/by-sa-2.0/
3. Photo Dropper

Yuqoridagi litsenziyalar haqida ma’lumotlardan so&lsquo;ng, bonus sifatida WordPress uchun Photo Dropper deb nomlangan plaginni sizlarga havola etmoqchiman. Ushbu plagin aynan Flickr orqali yuqoridagi litsenziyalarga asoslangan holda tasvirlarni topishga yordam beradi. Topilgan tasvirni bir harakat bilan maqola tarkibiga kiritishingiz mumkin. Tegishli litsenziya shartlari — masalan, tasvir muallifni ko&lsquo;rsatish, o&lsquo;z-o&lsquo;zidan amalga oshiriladi va tasvirning tagiga biriktiriladi. Bu harakatlarning barchasini WordPress boshqaruv panelidan tashqariga chiqmagan holda bajarishingiz mumkin.
Ushbu plagindan foydalanish bilan bog&lsquo;liq muammo yuzaga kelsa, bemalol menga yordam uchun murojaat etishingiz mumkin.
Ulashish/Saqlash</img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 08.12.2009 01:40   #52  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Post so&lsquo;zi ingliz tilidan olingan bo&lsquo;lib, blog yoki forumda ma’lum bir mavzu bo&lsquo;yicha yozilgan xabar yoki maqola hisoblanadi. Post degan so&lsquo;z o&lsquo;zbek tiliga bag&lsquo;ishlangan lug&lsquo;atlarga kiritilmagan, bu so&lsquo;zni o&lsquo;zbek tilida men o&lsquo;z blogimda ishlataman. Norasmiy manbaalarda ham bu so&lsquo;zni uchratishingiz mumkin.
Blogging sohasida, oz bo&lsquo;lsa ham, tajribamga asoslangan holda bloglarda chop etiladigan postlarni ikki turga ajrataman — odatiy va abadiy.
Odatiy post

Odatiy postlar bu siz bilan biz kundalik hayotda muntazam yozadigan hamda o&lsquo;qiydigan qisqa yoki uzun postlar bo&lsquo;lib, ular internetdagi mavjud postlarning juda ko&lsquo;p qismini tashkil etadi.
Bu turdagi postlarni o&lsquo;qiganingizda o&lsquo;sha zahoti qandaydir ma’lumotga ega bo&lsquo;lishingiz mumkin, qandaydir foydali narsani o&lsquo;rganishingiz mumkin lekin bunday postni hech qachon xatcho&lsquo;plar ro&lsquo;yxatiga qo&lsquo;shmaysiz yoki nashrdan chiqarib, ish joyingizga osib qo&lsquo;ymaysiz. Millionlab boshqa postlar qatori bunday postlarga ham ko&lsquo;z yugurtirib o&lsquo;tib ketasiz xolos. Ma’lum bir payt o&lsquo;tgandan so&lsquo;ng bunday postni o&lsquo;qiganligingizni elasy olmasligingiz mumkin.
Abadiy post

Abadiy postlar esa umuman boshqacha bo&lsquo;ladi. Ya’ni, aslini olganda odatiy postlardan ko&lsquo;rinishida hech qanday farqi yo&lsquo;q. Ular ham odatiy postlar singari qisqa yoki uzun hajmda bo&lsquo;ladi, lekin oddiy postlardan asosiy farqi uning ma’nosi va foydali hususiyatlarida.
Abadiy postlar internetda juda kam uchraydi, bunday postlarni qidirib topish lozim. Qidirib topganingizdan keyin esa darhol xatcho&lsquo;plar ro&lsquo;yxatiga qo&lsquo;shib qo&lsquo;yasiz, nashrdan chiqarib turli hil joylarga osib qo&lsquo;yasiz, barcha do&lsquo;stu-birodarlaringiz bilan Twitter yoki Facebook orqali ulashasiz. Ma’lum bir maslahat yoki turtkiga zor bo&lsquo;lganingizda albatta bu kabi postlarga ko&lsquo;z yugurtirasiz va o&lsquo;zingiz kutayotgan, sizga dalda bera oladigan satrlarni qidirib topasiz va mag&lsquo;rur ruhda rejadagi ishingizni amalga oshirasiz. Bu kabi postlar mana shunday nochor va tushkin holatlarda sizga ruhiy dalda berishi mumkin, rejalashtirgan lekin amalga oshirishga botina olmayotgan ishlaringizni ro&lsquo;yobga chiqarishda turtki bo&lsquo;lib xizmat qilishi mumkin. Bunday postlar ma’no va foydasi jihatidan juda ham qimmatli hisoblanadi.
Blogingizda qancha ko&lsquo;p abadiy postlar mavjud bo&lsquo;lsa, blogingizni o&lsquo;quvchilar va tashrif buyuruvchilarning soni hech qachon kamaymaydi. Odatiy postlarni siz uzoq vaqt va kuch sarflab boshqalarga yetkazsangiz, abadiy postlarni uni o&lsquo;qiganlar o&lsquo;zlari boshqalar bilan ulashishadi va sizning o&lsquo;rningizga juda yirik auditoriyaga yetkazishda yordam berishadi.
Odatda, abadiy post yozish uchun juda ko&lsquo;p vaqt ketadi. Lekin, natijada siz ega bo&lsquo;ladigan yutuqlar sarflagan vaqtingizni oqlaydi. Bu turdagi postlarni qancha ko&lsquo;p yozsangiz, shuncha foyda, lekin muntazam ravishda bunday postlarni yaratish oson ish emas. Agar siz o&lsquo;z blogingizni hafta mobaynida doimiy ravishda yangilab tursangiz, haftada bir marta yoki bir oyda 1-2 marta shunday maqola yozishga harakat qilib ko&lsquo;ring. Aminmanki, blog o&lsquo;quvchilaringiz soni tez orada ko&lsquo;payib boradi va doimiy muxlislarga ham ega bo&lsquo;lishni boshlaysiz.
Buning uchun o&lsquo;zingiz eng yaxshi bilgan mavzuda blogingizni o&lsquo;qiganlarga foydali bo&lsquo;ladigan 1-2 post yozing va blog o&lsquo;quvchilarining bunday postlarga bo&lsquo;lgan yondashuvini kuzatib ko&lsquo;ring. Blogingizda doimiy chop etiladigan odatiy postlardan ko&lsquo;ra mana shunday abadiy postlaringizga qiziqish, ularni muhokama qilish tubdan farq qilishi aniq.
Ulashish/Saqlash </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 14.01.2010 09:30   #53  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
2009 yilda chop etilgan eng sara*postlar

Hurmatli o&lsquo;quvchilar, mana 2009 yil tarixga aylanib ulgurdi va o&lsquo;tgan yilda juda ko&lsquo;p postlarni taqdim qildim. Bugun esa ushbu blogda 2009 yilda chop etilgan postlar haqida to&lsquo;xtalib o&lsquo;tmoqchiman.
2009 yilga kelib blog yuritish sohasida tajribam ancha o&lsquo;sdi deb ayta olaman, chunki aynan 2009 yildan boshlab ushbu blogga katta ahamiyat bera boshladim. Yilning boshidan boshqa bloggerlarni “hammualliflik”ka chorladim va bunga erishdim desam mubolag&lsquo;a bo&lsquo;lmasa kerak. Birinchilardan bo&lsquo;lib, do&lsquo;stimiz WebMonster mening blogimda post chop etishga qaror qildi. Bunday amaliyot xorijiy bloglarda odatiy bo&lsquo;lsa, WebMonster tayyorlagan post UzNetda bu yo&lsquo;nalishdagi eng birinchi postlardan biri edi. Bu intervyuni juda ko&lsquo;pchilik o&lsquo;qib chiqdi, menga ham yoqdi. Bunday intervyularning ijobiy tomoni shundaki, siz tanimagan, lekin tanishmoqchi bo&lsquo;lgan odamingiz haqida xolisona ma’lumotni olish natijasida, siz u odam bilan bog&lsquo;lanasiz, juda ham yaqin his qila boshlaysiz. Bunday postlar blog o&lsquo;quvchilari bilan intervyu berayotgan kishi o&lsquo;rtasidagi ko&lsquo;prik vazifasini o&lsquo;taydi.
Fevral oyida yana bir shunday ko&lsquo;prik yaratish maqsadida WordPress asoschisi Matt Mullenweg bilan bog&lsquo;landim va o&lsquo;zbek bloggerlari uchun bir oz vaqt ajratib, kichik bir intervyuga rozi bo&lsquo;lishini so&lsquo;ragandim, darrov ijobiy javob keldi. Kichkina bo&lsquo;lsa ham intervyu oldim, bundan juda ham hursandman.
Mart oyida, hamma ko&lsquo;chada bahor iforidan bahramand bo&lsquo;lib yurganida ham WebMonster intervyu olishdan toymadi va bu safar UzNetdagi birinchi bloggerlardan biri bo&lsquo;lmish Shuhrat Dehkanov bilan suhbat qurdi. Men esa 2009 yilda eng kutilgan voqealardan biri, WordPress 2.8 bilan qisman tanishib chiqdim.
Keyingi oylarda turli hil yo&lsquo;riqnomalar ham chop etib turildi, orziqib kutilgan BuddyPress 1.0 ham nazarimizdan chetda qolmadi. O&lsquo;zimning omma uchun yaratgan birinchi shablonimni e’lon qilishga ham ulgurdim.
Iyul oyi men uchun juda sermahsul keldi desam adashmagan bo&lsquo;lmana, chunki aynan shu oydan boshlab blogdagi postlarning mazmuni ancha o&lsquo;zgardi. Aynan shu paytdan boshlab, bevosita blog yuritish borasida postlar yoza boshladim. UzNetda birinchi marta o&lsquo;zbek bloggerlarining ro&lsquo;yxatini havola etdim, umid qilamanki, bu ro&lsquo;yxatni yana ham kengaytirishga yordam berasizlar.
Avgust oyida Boshlovchilar uchun rukni ostida postlarni yozishni boshladim. Bu postlarni yozishdan maqsad, albatta blogging sohasiga endi kirib kelayotganlar uchun amaliy maslahatlar berish. 2010 yilda bu mavzuga ko&lsquo;p bora qaytaman degan umiddaman. Vaqt o&lsquo;tib, texnologiyalar rivojlangani sari, turli hil yangi veb xizmatlarni ham o&lsquo;zlashtirib oldik, natijada UzNetda birinchi marta o&lsquo;zbek twitterchilarining ro&lsquo;yxati paydo bo&lsquo;ldi. Bu ro&lsquo;yxat hali ham to&lsquo;ldirib borilmoqda, agar bu ro&lsquo;yxatdan o&lsquo;zingizni topa olmagan bo&lsquo;lsangiz, darhol bu haqda xabar bering, sizni ham kiritb qo&lsquo;yaman.
2009 yilni blog uchun yoziladigan post turlariga bag&lsquo;ishlangan bir post bilan yakunladim.
2009 yilda rejalashtirgan ishlarimning barchasini amalga oshira olmagan bo&lsquo;lsam ham, juda ko&lsquo;p narsa o&lsquo;rgandim, juda katta tajribaga ega bo&lsquo;ldim. Eng muhimi – o&lsquo;zim o&lsquo;rgangan narsalarni boshqalar bilan o&lsquo;rtoqlashishga harakat qildim va ma’lum darajada buning uddasidan chiqdim. Kirib kelgan 2010 yil yana-da sermahsul bo&lsquo;ladi degan umiddaman, natijasini esa 1 yildan keyin bilamiz.
Ulashish/Saqlash </img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 01.02.2010 01:10   #54  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Eng zo‘r*post

Sarlvani o&lsquo;qib, hayron bo&lsquo;lmang. Bunday sarlavhadan maqsad siz ayni paytda o&lsquo;qiyotgan postni maqtash yoki o&lsquo;qvuchining e’tiborini o&lsquo;g’irlash emas. Aslida, bu postda maqtovga sazovor gaplar ham bo&lsquo;lmasligi mumkin, chunki bu postni yozishdan maqsad eng sodda, eng lo&lsquo;nda bir gapni yetkazish xolos.
Bloggerlarga oddiy savol: qaysi buyuk bloggerlarni bilasiz? Sizningcha ularning yutug&lsquo;i nimada? Javob berishga shoshilmang.
Blog yurutishga qiziqish ortib borgan sari bloggerlarning soni ham ko&lsquo;payib bormoqda, buning natijasida bloggerlar tomonidan chop etiladigan postlarning soni ham oshib bormoqda. Blog yuritish bo&lsquo;yicha chop etiladigan postlarni o&lsquo;qisangiz, ularning aksariyati qanday qilib blogging sohasida yuksak cho&lsquo;qqilarga chiqish mumkinligi haqida yoziladi. Qanday qilib mashhur blogger bo&lsquo;lish, qanday qilib blog yordamida millionlarga ega bo&lsquo;lish va hokazolar. Eng mashhur bloggerlardan olingan intervyularni o&lsquo;qisangiz, ular ham yuqori natijalarga erishish uchun nimalar qilish kerakligi haqida aytib o&lsquo;tishgan. Lekin millionlab sirlarning ichidagi eng ko&lsquo;p takrorlanadigani va hech ham e’tibor berilmaydigani bu bitta – eng zo&lsquo;r post yozish.
Eng zo&lsquo;r post yozish? Bu nima degani? Bu blogingizda yozadigan har bir postga eng zo&lsquo;r postingizni yozayotganday qarash demakdir. Ingliz tilida bir chiroyli atama bor – “content is king”, ya’ni “matn bu qirol”. Eng ahamiyatli, eng e’tiborli, eng muhim narsa bu siz yozayotgan post, uning matni. Blogingizning tashqi ko&lsquo;rinishi, uning SEO talablariga javob berishi ham ahamiyatga molik, lekin hech narsa chop etiladigan matnning mohiyatiga, mazmuniga yetmaydi. Qanchalik mazmunli, qanchalik foydali va qanchalik qimmatbaho ma’lumotlarni post sifatida chop etsangiz, shunchalik ko&lsquo;p o&lsquo;quvchilarga ega bo&lsquo;lasiz.
Yuqoridagi savolimga endi javob berishga harakat qilib ko&lsquo;ringchi. Sizningcha eng mashhur bloggerlarning yutuqlari nimadai? Nima uchun siz ularni doimo o&lsquo;qib borasiz? Menimcha izoh shart emas.
Men sizlarga yetkazmoqchi bo&lsquo;lgan eng oddiy qoida ham shu. Biron-bir postni yozishda huddi bu sizning hozirgacha yozgan eng zo&lsquo;r postingizdek qarang. Uni o&lsquo;qigan har bir inson o&lsquo;ziga foydali narsa olsin. 50-100 yillardan so&lsquo;ng o&lsquo;qiydiganlar uchun ham foydali, qiziqarli post bo&lsquo;lsin. Mana shundagina siz buyuk bloggerlar erishgan yutuqlarga erishasiz. Bu narsa bir kechada sodir bo&lsquo;lmaydi, bu juda ko&lsquo;p vaqt talab qiladi. Lekin siz hech qachon qo&lsquo;l siltamang, blog yuritishdan zavqlaning. Vaqti kelganida siz ham “bir kechada” mashhur bo&lsquo;lib ketasiz.
Ulashish/Saqlash</img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 16.12.2010 00:21   #55  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Motivatsiya

Internetning bugungi holatga kelishiga, bu darajada rivojlanishiga juda ko&lsquo;p oddiy foydalanuvchilar hissa qo&lsquo;shgan. Biz bugungi kunda foydalanadigan skriptlar, dasturlar, xizmatlarning asosiy qismi bir guruh foydalanuvchilar tomonidan rivojlantiriladi va ular tomonidan beminnat qo&lsquo;llab-quvvatlanadi.

Yuqorida “oddiy foydalanuvchilar” deganda ma’lum bir dasturdan doimo foydalanadigan, unga mehr qo&lsquo;ygan, xato va kamchiliklarini tuzatishga hissa qo&lsquo;shadigan (faqatgina kritika qilib o&lsquo;tirmasdan) va yangi foydalanuvchilarga o&lsquo;rgatadigan, yordam beradiganlarni nazarda tutyapman. Ularni qilgan kamtarona mehnati evaziga aytilgan birgina minnatdorchilik so&lsquo;zlari ham juda katta motivatsiya rolini o&lsquo;ynaydi, ularni yaxshi ishni davom ettirishga chorlaydi.

Lekin bunday mehnatni har doim ham qadrlay olmaymiz. Bir kishi bilgan narsasi bilan o&lsquo;rtoqlashmoqchi bo&lsquo;lsa, darrov uning xato yoki aybini topib, yuziga solishdan o&lsquo;zimizni tiya olmaymiz. Agar yordam berishni u eplay olmayotgan bo&lsquo;lsa, o&lsquo;zimiz unga yordam berishga harakat qilishni o&lsquo;rniga ustidan kulamiz.

Qanchadan-qancha bepul dasturlardan foydalanamiz, lekin ko&lsquo;pincha ushbu dasturlarni yaratadiganlarga minnatdorchilik bildirishni unutib qo&lsquo;yamiz. Bir necha bor o&lsquo;zingiz yoqtirgan dasturni vaqti kelib rivojlanmay, yangilanmay yotganiga e’tibor bergan bo&lsquo;lsangiz kerak. Ha, juda ko&lsquo;p bepul dastur yaratuvchilari foydalanuvchilar tomonidan doimo qo&lsquo;pol, asossiz savollar berishidan, muallifni yoki dasturni yomonlashidan bezib, o&lsquo;z dasturini rivojlantirishni to&lsquo;xtatib qo&lsquo;yadi yoki pullik xizmat ko&lsquo;rsatishni boshlaydi. Chunki uning bepul ko&lsquo;rsatgan xizmatini qadrlaydigan va uni ruhlantirib turadigan, motivatsiya qiladiganlar juda kam.

O&lsquo;zingizga savol berib ko&lsquo;ring, o&lsquo;zingiz mazza qilib foydalanadigan yoki juda ko&lsquo;p marta qo&lsquo;l kelgan, yordam bergan bepul dastur yoki kod muallifiga qachon “rahmat” degansiz?! Qachon uni ruhlantirgansiz? Agar eslay olmasangiz, hozir ayni payti deb o&lsquo;ylayman. Minnatdorchilik sifatida boshqalarga o&lsquo;sha dasturni maslahat qilishingiz mumkin, u haqda blogingizda ma’lumot berishingiz mumkin (bog’ qoldirishingiz mumkin) va hokazo.

Siz uchun oddiy tuyulgan narsa boshqalar uchun juda ham muhim bo&lsquo;lishi mumkin.

Ulashish/Saqlash




Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 17.12.2010 00:30   #56  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Gmail: Spamni bo‘shatish



Eng yoqtirgan elektron pochtam bu Gmail. Undagi hamma narsani yaxshi ko&lsquo;raman, faqat… chap tomondagi “Spam” deb nomlangan menyu bundan istisno. Gmail spam borasida menimcha eng xavfsiz pochta, Spam deb nomlangan papkada har doim o&lsquo;qilmagan spam maktublar bo&lsquo;ladi, aynan mana shu narsa asabimga tegadi.

Mening xarakterim shundayki, pochtamni tekshirganimdan keyin u doim bo&lsquo;sh bo&lsquo;lishi kerak. Spam papkasini har doim tozalash esa yoqmaydi. Hozirgacha, aslida bu odat yoqmasa ham, har doim ushbu papkani tozalab yurardim. Bugun bu narsaga chek qo&lsquo;yish uchun yechimini izlay boshladim va bir necha usullarga duch keldim. Ulardan eng qulayi bilan sizlarni tanishtirmoqchiman.

Gmailning moslamalar sahifasiga o&lsquo;tib Filterlar bo&lsquo;limini ochamiz. Barcha mo&lsquo;jiza aynan shu yerda amalga oshiriladi. Bizga yoqmagan, o&lsquo;qilmagan spam maktublarning sonini yashirish uchun yangi filter yaratamiz.

1) Has the words: in:spam
2) Next step
3) Mark as read

Yuqoridagini odam tiliga tarjima qiladigan bo&lsquo;lsak, qisqa qilib quyidagicha izohlash mumkin: Spam kelsa, o&lsquo;qilgan deb belgila. Ushbu ayyorlikdan so&lsquo;ng kelib tushgan barcha spamlar bizning ko&lsquo;zimizga umuman ko&lsquo;rinmaydi va Spam papkasi ham “o&lsquo;qilmagan maktublar soni” bilan asabimizga tegmaydigan bo&lsquo;ladi.

Ulashish/Saqlash




Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 03.03.2012 22:00   #57  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
E’lonlar taxtasi

Hozirgi kunda UzNet doirasida eng ko&lsquo;p tarqalgan sayt turi bu futbol haqidagi saytlar e’lonlar taxtasi. Ulardan 1-2 tasi bu yo&lsquo;nalishda yetakchilik qilishiga qaramay, ular bilan raqobatlashishdan cho&lsquo;chimay yangilari muntazam paydo bo&lsquo;lib bormoqda. Afsuski, ular “bo&lsquo;rilar” bilan raqobatlasha olmay o&lsquo;z-o&lsquo;zidan yo&lsquo;q bo&lsquo;lib ketishyapti. Nima uchun? Ulardan o&lsquo;tib bo&lsquo;lmaydimi?

Birinchidan, biron-bir ishni boshlagandan keyin uni mukammal darajada amalga oshirish kerak yoki bunday ishni umuman qilmagan ma’qul.

Ikkinchidan, raqobatchilardan o&lsquo;tib ketish uchun ularning kamchiliklarini o&lsquo;rganib chiqib, ularda yo&lsquo;q narsalarni kiritish kerak. Ularning “bo&lsquo;rilari”dan tortib, endigina tuhumdan chiqqanlarigacha barchasida mavjud bo&lsquo;lgan eng katta kamchilik bu foydalanuvchilarning e’lon berilayotgan mahsulot yoki xizmat bo&lsquo;yicha fikrlarining mavjud emasligidir.

Masalan, siz TV olmoqchisiz. Lekin, qanday TV sizga mos keladi, ularning qanday turlari bor, ularning farqi nimada va hokazolar haqida sizda hech qanday ma’lumot yo&lsquo;q. E’lonlar saytiga kirib TV qidirgasiz, qator qidiruv natijalari chiqib keladi. Hammasi turli rusumda va turli ishlab chiqaruvchilarga tegishli bo&lsquo;lishi mumkin. Endi ularning orasidan qaysi biri sizga to&lsquo;g’ri kelishini bilish uchun o&lsquo;sha rusumdagi TVdan foydalanib ko&lsquo;rganlarning fikri sizga yordam berishi mumkin. Qanday foydali tomonlari boru, qanday kamchiliklari bor. Bu haqdagi ma’lumotlarni faqatgina foydalanib ko&lsquo;rganlar bera oladi. Shuning uchun har bir e’lon qilinayotgan mahsulot yoki xizmat borasida foydalanuvchilarning fikrini to&lsquo;plash funksiyasini kiritish kerak.

Navbatdagi e’lonlar taxtasini yaratyoganingizda mana shu funksiyani kiritib ko&lsquo;ring va foydalanuvchilarni jalb qiladigan va boshqa “o&lsquo;yinchi”lardan ustun tarafingiz mana shu bo&lsquo;ladi.

Boshqa yozuvlar:




Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 03.03.2012 22:00   #58  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Xizmatni yaxshilash vaqti

Xizmatni yaxshilash vaqti birinchi raqobatchining paydo bo&lsquo;lishidan boshlanadi.

Boshqa yozuvlar:




Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 03.03.2012 22:00   #59  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
WordPress 3.3.1



WordPress 3.3.1 e’lon qilindi. Ushbu versiya 3.3 e’lon qilinganidan beri nashr etilgan birinchi kichik yangilash hisoblanadi va 15 ta xatoliklarni tuzatishga mo&lsquo;ljallangan.

3.3.1 versiyasini darhol ko&lsquo;chirib oling yoki Boshqaruv sahifasi -> Yangilash orqali yangilab oling.

Mavzuga doir yozuvlar:




Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 03.03.2012 22:00   #60  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
User Switching

WordPress bilan ishlaydigan dasturchilarga turli hil plagin yoki shablonlarni, ba’zi bir funksiyalarni bir nechta rollarda sinab ko&lsquo;rish uchun bir foydalanuvchidan ikkinchisiga muntazam ravishda almashishga to&lsquo;g’ri keladi. Ushbu yozuvda taklif etilayotgan plagin aynan mana shu uqubatdan bizni xalos etishda yordam beradi. Birgina harakat natijasida bir foydalanuvchidan boshqasiga o&lsquo;tish imkonini beruvchi plaginning nomi “User Switching“.



Xavfsiz tarafi shundaki, faqatgina sayt Administratori ushbu funksiyadan foydalana oladi. Oddiy foydalanuvchilarga ham bunday imkonni berish mumkin, lekin xavfsizlik qoidasiga rioya etgan holda faqatgina shunday imkoniyat berilgan foydalanuvchigina boshqa foydalanuvchi profiliga almashishi mumkin. Foydalanuvchi almashganida uning paroli ko&lsquo;rsatilmaydi.

Xullas, bir foydalanuvchidan ikkinchisiga almashish jonga tekkan bo&lsquo;lsa, ushbu plagindan foydalanib ko&lsquo;ring va o&lsquo;z fikringizni qoldiring.

Mavzuga doir yozuvlar:




Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх