|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#31 |
![]()
Сообщений: 1,253
+ 1,042
1,526/636
– 63
80/43
![]() |
Erta bilan turaman
Erta bilan turaman, nahori nashta-yo, nahori nashta, O'ng qo'limda ignayu, tizzamda kashta-yo, tizzamda kashta. Borib ayting o'sha qalami qoshga-yo, qalami qoshga, Ho, boraveradi-kelaveradi, va'dasi boshqa-yo, va'dasi boshqa. Ey nozli yorim, ko'zi xumorim, Mehr bilan menga qarang, vafoli yorim-o, vafoli yorim. O'yinga tushgan ukamning nozi chiroyli-ga, nozi chiroyli, O'ng yuziga yarashgan holi chiroyli-ga, holi chiroyli. O'ng yuziga yarashgan holi bo'lsachi-yo, holi bo'lsachi, Ho, savlatiga yarashgan yori bo'lsachi-yo, yori bo'lsachi. Ey nozli yorim, ko'zi xumorim, Mehr bilan menga qarang, vafoli yorim-o, vafoli yorim. Doira dum-dum Doira dum-duma, bahori mavsum-a, Kelsa bahor gulg'unchalar qilar tabassum-a. Yurak duk-duk urodi yor oldiga borgani, So'zi uchun boraman-o, dardga davo olgani. Doira dum-duma, bahori mavsum-a, Kelsa bahor gulg'unchalar qilar tabassum-a. Ko'ring yuqori tog'da kecha-kunduz yog'ar qor, Ayrilib ketay desam-o kichiklikdan sevgan yor. Doira dum-duma, bahori mavsum-a, Kelsa bahor gulg'unchalar qilar tabassum-a. Sust xotin Sust xotin, suzma xotin, Ko’lankasi maydon xotin! Yomg’ir yog’dir, ho’l bulsin, Yeri jahon ko’l bo'lsin. Maysalar quloq yozsin, Sutu qatiq mo’l bo'lsin! Sust xotin, suzma xotin, Ko’lankasi maydon xotin! Yomg’ir yog’dir, ko’k bo'lsin, Qurgoqchilik yo’q bo'lsin. Arpa bug’doy bosh tortsin, Kayvonilar osh tortsin. Sust xotin, suzma xotin, Ko’lankasi maydon xotin! Yomg’ir yog’dir, ho’l bo’laylik, Biz ham senga jo’r bo'laylik. Ko’klamda o’ynab–kulib, Ham sho’xu ham zo’r bo'laylik. Sust xotin, suzma xotin, Ko’lankasi maydon xotin! Yomg’ir yog’di, do’l bo'ldi, Yeri jahon ho’l bo'ldi. Shaftolilar barg yozdi, Dunyo to’la gul bo'ldi. Sust xotin, suzma xotin, Ko’lankasi maydon xotin! |
|
Ответить |
6 "+" от:
|
![]() |
#34 | |
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98
119/64
– 0
1/1
![]() |
Цитата:
O'tolmayman, yor-yor. Otim oriq, manzil uzoq Yetolmayman, yor-yor. Otginamni oriq qilgan Shu mayda tosh, yor-yor. Ranginamni sariq qilgan Shu qalam-qosh, yor-yor. Iptanmidi ipakmidi Kiyganingiz, yor-yor Bizlardan ham ortiqmidi Sevganingiz, yor-yor.... ----------------------------------------------- Yallama yorim, yallola, Yallola-shaylik, yallola-shaylik Uchtama-to'rtta bo'lvolishib, Hasratla-shaylik Ariq bo'yida rayxon Gul burda, o'zi har yon O'z bo'yiga o'zi mast Rayxonning o'zi hayron Hayron o'zin bo'yiga Oshiqlarning ko'yiga Yallama yorim, yalla, Yallola-shaylik, yallola-shaylik Uchtama-to'rtta bo'lvolishib Hasratlashaylik..... ----------------------------------------------- Ariq bo'yida tollar, chipra dalli-dalli. Tollar tagida chollar, chipra dalli-dalli. Ha bu chollar yomon chollar, chipra dalli-dalli. O'tgan kampirni poylar, chipra dalli-dalli. Ikki kelin osh pishirar, chipra dalli-dalli. Oshiga pasha tushirar, chipra dalli-dalli. Ha yegan qorinni ishirar, chipra dalli-dalli. So'ng esa so'kish eshitar, chipra dalli-dalli. Ha jaqu, ha jaqala, ha jaqu ha jaqala..... Последний раз редактировалось Abdulaziz Muhammad; 26.10.2010 в 19:20. |
|
|
Ответить |
5 "+" от:
|
![]() |
#36 |
![]()
Сообщений: 1,253
+ 1,042
1,526/636
– 63
80/43
![]() |
Xalq laparlaridan
Suv keladi mo'ridan, yor-yor-yoroli, Mo'ridan ham naridan, yor-yor-yoroli. Akaginang aylansin, yor-yor-yoroli, Kokilingning toridan, yor-yor-yoroli. Ufu-jaqala, ufu-jaqala, ufu-jaqala. Qoshing bilan imlaysan, yor-yor-yoroli, Zulfing bilan dog'laysan, yor-yor-yoroli. Qaysi boyning qizisan-ey, yor-yor-yoroli, O'ldirmoqqa chog'laysan, yor-yor-yoroli. Ufu-jaqala, ufu-jaqala, ufu-jaqala. Ariq bo'yida tollar, chipra dalli-dalli. Tollar tagida chollar, chipra dalli-dalli. Bu chollar yomon chollar, chipra dalli-dalli. O'tgan kampirni poylar, chipra dalli-dalli. Heyyyy, nanananana nay-nay-nay-nay. ![]() Ikki jonon osh pishirar, chipra dalli-dalli. Oshiga pashsha tushirar, chipra dalli-dalli. Yesang qoriningni shishirar, chipra dalli-dalli. O'ldim jononning dastidan, chipra dalli-dalli. Heyyyy, nanananana nay-nay-nay-nay. |
|
Ответить |
6 "+" от:
|
![]() |
#38 | |
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98
119/64
– 0
1/1
![]() |
Цитата:
Qo'shiqni musiqa asboblarisiz kuylanga, ularning qo'shiqdagi kerakli o'rnini to'lg'izish uchun og'zaki tovushlardan foydalanilgan, menimcha. Biror bir ma'noni bermasada, qo'shiqqa rang baranglik kiritadi. |
|
|
Ответить |
![]() |
#40 |
![]()
Сообщений: 1,425
+ 1,056
1,039/518
– 16
9/9
![]() |
Колорада штатида дуэль тақиланган-ку, уни устига у ерда фарзадингизни хурмати. Шу ерда бир чеккада.... лекин боксёрский хам бўлаверади, агар Шохрух сизга секундантлик қилса. Тўпончани ўқини олиб қўйярмиди деб умид қиляпманде
![]() Лекин Болдерда чойхона очилгани яхши бўпти. |
|
Ответить |
"+" от:
|
|