|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#821 |
![]() |
Kel ey mahbub-matlubim, sening yoshing hazor o'lsun,
Niqob ochgil ko'ray yuzing, jamoling barqaror o'lsun. Shigufto fathi bezoring, kech-kunduz sani zoring, Ki jannat hurlari doim qoshingda sharmusor o'lsun. Arobi guftaam rixlat, badorsi guftaam qaddat, Ba turk so'zlasam bo'ying, chamanda sabzavor o'lsun. Arobi guftaam aynat, baforsi guftaam chashmad, Ba turki so'zlasam ko'zing, saharlarda xumor o'lsun. Arobi guftaam zihnat, ba forsi guftaam hamdat, Ba turki so'zlasam kulking, bu olam mushki bor o'lsun. Arobi guftaam yaddat, ba forsi guftaam dastat, Ba turki so'zlasam qo'ling, kushodi koribor o'lsun. Arobi guftaam rijlat, ba forsi guftaam poyat, Ba turki so'zlasam bo'ying, Navoiy beqaror o'lsun. Hazrat Nizomiddin mir Alisher Navoiy Оффтоп: Shiru-shakar usulida yozilgan she'r. Ushbu she'rni o'quvchilarimning nutqi ravon bo'lishi uchun yodlatgandim. |
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
#822 |
![]() |
Sukunat
sukunatni hurkitib yuborar yurak urishing daraxt shoxiga qo'nib orom olayotgan qushchaning tinchi buzilganiday uchib ketar sukunat janub bo'lmagan xilvat joylarga yurak urishi kuz emas qushni cho'chitgani janub qadar kuz hayotning yurak urishi har bir yurak urishi o'lim sari bitta qadam bo'lgani yanglig' hayot yurak urishidan xazonlar to'kilar yozgi shovullashlar xotirasi qushlar sayrog'ining xotirasi xotira bo'roni sukunatning oromin buzar Faxriyor |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#825 |
|
Ассалому алайкум, Маъсуджон,
Мен Фахриёр, ўша сиз мулоҳаза билдирган шеърни муаллифи бўламан. Аввало, сизга мулоҳазангиз учун раҳмат. Ҳар бир шеърхон исталган шеър ҳақида ўз фикрини билдиришга ҳаққи бор ва бу таҳсинга сазовор, деб ҳисоблайман. Энди шеърнинг шакли ва қофияланмаганига келсак, эҳтимол, фикрингиз тўғридир. Уни қофияласак, яхшироқ ҳам чиқар, лекин мен шеър ёзаётганда, шакл янгилиги фикр янгилигига олиб келади, деган ақидага амал қиламан. Шунинг учун сарбаст жанридаги шеърлар бир оз дағал туюлиши мумкин. Яна бир карра сизга фикрингиз учун раҳмат |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#826 | |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Цитата:
Samimiy javobingiz uchun rahmat. Yangicha shakldagi yangi fikrlaringiz jamlangan she'rlaringizni yana kutib qolamiz. Albatta, har bir ijodkor o'z ijod yo'lini o'zi tanlaydi va qalam tebratadi. Sarbast janri (to'grisi, bu janrni eshitmagan ekanman, o'zimcha "erkin she'r" yoki "oq she'r" deb yurarkanman) dagi yangi ijod namunalaringiz bilan yana o'rtoqlshashasiz, degan umiddaman. Yoshligimizdan qofiyaga asoslangan she'rlar bilan ko'proq tanish ekanimiz sabab, ko'zga boshqacha ko'ringandi she'ringiz, shunga o'z fikrimni bildirgandim, aybga buyurmaysiz. Dag'allik haqidagi fikringizga kelsak, aslo, unday emas. Faqat ohangini men topolmadim shekilli... Yana bir bor ijodiy barkamollik tilab, Mas'ud
__________________
Мой ЖЖ |
|
|
|
Ответить |
| Реклама и уведомления | |
|
|
#827 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Bisotimni bog'da bir halol,
Kapalakka almashaman men. Hayotimni ko'kdagi zilol, Kamalakka almashaman men. Yog'dularga ko'milgan shahar Betonlari biqinni chaqar. Uyim qasr bo'lsa ham agar, Guvalakka almashaman men. Shoirlikni suymaydi jinim, Menga havas qilmagin inim. Shuhratimni totli bir tilim, Handalakka almashaman men. Qo'shiqlarim bo'lib ovoza, Yurtda mashhur emishman toza!.. Barcha yozgan she'rim bir kosa Sumalakka almashaman men. (c) Muhammad Yusuf
__________________
Мой ЖЖ |
|
|
Ответить |
|
3 "+" от:
|
|
|
#828 | ||
![]() |
Цитата:
|
||
|
|
Ответить |
|
|
#829 | |
![]() |
Цитата:
|
|
|
|
Ответить |
|
|
#830 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Nigora opa, rahmat...
Men ham ba'zi she'rlarni zinapoya shaklida yozaman, lekin unda ma'lum vazn va qofiya bor... Masalan "Seni o'ylayapman", "Siz uxlaysiz" she'rlari... Ularni qanay she'r ataymiz? Rahmat |
|
|
Ответить |
|