|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
| Результаты опроса: Как вам удобно читать текст на узбекоязычных сайтах?/Ўзбек тили: кириллча ёки лотинча? | |||
| На кириллице / кирил графикаси |
|
112 | 63.64% |
| На латинице / лотин графикаси |
|
18 | 10.23% |
| На обеих / иккаласида ҳам |
|
46 | 26.14% |
| Голосовавшие: 176. Вы ещё не голосовали в этом опросе | |||
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
|
|
#1 | |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Цитата:
Siz aytgan "o'tish"ni bosqichama-bosqich amalga oshirish, tanniy narsa, hech qachon bugun kiril alifbosida yozib, ertaga uxlab tursak lotin alifbosiga o'tib ketilmaydi. Lekin Siz aytayotgan "bosqich"ning bir pog'onasi ham ma'lum yilni o'z ichiga olishi kerak. Agar bizning alifboga to'xtaladigan bo'lsak, hozir o'sha bosqichlar o'tmayotgandek, nazarimda... Qolaversa, o'tgan 70-75 yil davomida kiril alifbosida chiqqan qancha ilmiy va badiiy asarlar o'quvchisiz qolib ketadimi endi? Aytishingiz mumkin, lotin alifbosiga o'giramiz, deb. Lekin unga necha yil ketishini tasavvur qila olasizmi? Rivojlanishni qancha ortga qarab ketishini ko'z oldingizga keltira olasizmi? Siz aytib o'tgan "zamon, extiyoj, qulaylik"ka unchalik ham qo'shilmayman. Zamon hech qaysi millatning yozuviini o'zgartirishga ta'sir qilolmaydi, Ikkisi ikki xil narsa. Sizning mantig'ingizdan kelib chiqqanimizda Yaponiya qoloq mamlakatlardan biriga aylanishi kerak edi, vaholangki, hozir Yaponiya aholi jon boshiga to'gri keladigan daromadi bo'yicha eng yuqori o'rinlardan birida turadi. Shu bilan birga Yapniiyaning lotin yozuviga o'tishga UMUMAN extiyoji yo'q Va ularning ierogliflari o'zlari uchun juda qulay. Bu misolni men Saudiya Arabistoni, Isroil, Eron, Xitoy, Hindiston misolida ham keltirb o'tishim va isbotlab berishim mumkin. O'zbekiston misolida esa, uning lotin yozuvidagi alifbosi bilan INGLIZ TILI ning umuman aloqasi yo'q. TIL VA YOZUV - alohida tushunchalar. Siz ularni aralashtirib, o'zingizni chalg'itmang. Ingliz tili turkiy tillarga nisbatan so'z boyligi bo'yicha orqada yuradi, buni bilsangiz kerak. Umuman, dunyoga chiqish, rivojlanish yoki xalqaro aloqalar o'rnatishda yozuvning ahamiyati unchayam katta emas. Fikr doirasini kengroq olsangiz, bunga amin bo'lasiz, degan umiddaman
__________________
Мой ЖЖ |
|
|
|
Ответить |
|
|
#2 | ||
|
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98
119/64
– 0
1/1
![]() |
Цитата:
Ingliz tili turkiy tillardan so'z boyligi bo'yicha orqada yuradimi, oldinda yuradimi, buni mazkur masalaga aloqasi yo'q. Ingliz tilining jahon tili unvoniga erishganini bekorga keltirganim yo'q. Tilni o'rganayotganda avvalam bor alifbo o'rganiladi. Bu lotin alifbosini bilish esa Ingliz tilini o'rganishda qulaylik yaratadi. Dunyoning juda ko'p mamlakatlari lotin alifbosidan foydalanadilar. Demak bu alifboda asoslangan yangi o'zbek alifbosining qulayliklari ko'proqdir. |
||
|
|
Ответить |
|
|
#3 | |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Цитата:
Yo Siz meni umuman tushunmadingiz yoki men Sizni umuman tushunmayapman... Siz til bilan alifbo tushunchalarini aralashtirib yuborayapsiz... Fikringizdagi xatolikning boshlang'ich nuqtasi o'sha yer. ![]() "Alifbo va til" ni solishtirgandan ko'ra "alifbo va savodsizlantirish" ni chog'ishtirish Siz yuqorida aytayotgan davrlar uchun ko'proq muvofiq. Siz ham uzoqqa bormang, birgina shu lotin alifbomizdagi bo'lgan o'zgarishlarga nima deysiz? Turkiya bilan alifbo o'zgarishida bog'liqlik yo'q, deb o'ylaysizmi? Menda oldin ruscha yozgan do'stimizning fikrlarida jon bor. Yaqin tariximizni yaxshilab o'rganishni maslahat beraman. Bizgacha yozilgan javoblarni yaxshilab o'qib chiqsangiz, Sizni qiynagan savollarga javob olasiz, men esa Siz bilan baxslashmayman... ![]() Sog'' bo'ling
__________________
Мой ЖЖ Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 06.10.2010 в 08:00. |
|
|
|
Ответить |
|
|
#4 | ||
|
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98
119/64
– 0
1/1
![]() |
Цитата:
Maslahatingizga quloq tutib mavzudagi fikr va mulohazalarni to'liq o'qib chiqdim. Hammada har xil fikr. Bir tayin, oydinlikka kelinmagan. Aytib o'tay, men til va alifbo tushunchalarni aralashtirib yuborayotganim yo'q. Ularning o'rtasidagi farqni va o'zaro ahamiyatini bilaman . Lotin yozuvining tanlanishiga dunyo mamlakatlarining kopchiligi (Turkiya ham shular qatorida) aynan shu alifbodan foydalanishining o'rni juda katta. Turkiyaning bu boradagi tajribasiga so'zsiz ahamiyat berilgan, buni in'kor etmayman. Ammo, Indexning olib kelayotgan gaplariga ahamiyat bering. Gap qay tarafga og'ishini bilmaydi kishi. Ular fikrlarida Turkiya bilan do'st bo'lish, va Rossiyaga teskari bo'lish niyati bo'lgan degan fikrni qo'shibgina qolmay, bu hech kimga sir emas degan gapni ham qo'shib qo'yyaptilar. Demagogiya qo'llanilyapti. Tashqi siyosatimizning odilligiga shubham yo'q. Muammoni oddiy umumiylashtirish yo'li bilan inson ongiga ta'sir qilish, halqlar orasidagi qarama qarshiliklarga olib kelish qiyin emas. Balkim Siz buni tushunib yetib ajrata olarsiz, va bulardan o'zingizni masofada ushlab turish qobiliyatini o'zingizda hosil qilgandirsiz, lekin millionlab boshqa insonlar ajrata olmasligi mumkin. Bunday gaplarni ko'paytiradiganlarning aksariyati ruslar emasligidan ham habarim bor. Alifboning o'zgartirilishiga, o'ziga yarasha jiddiy sabablar bo'lmaganda, ishoning bu ish amalga oshirilmagan bo'lar edi. Nega ham kirill ham lotin yozivini ishlatyapmiz, nega bitta emas degan savolga alifbo o'zgarishi jarayonida jamiyatda uchta qatlam paydo bo'lishi kutiladi. Kirill yozuviga o'rganganlar, Kirill va Lotin yozuviga o'rganganlar, Lotin yozuviga o'rganganlar. O'rtadagi qatlam birinchi va uchinchisini bog'laydi, yuqori darajadagi tarjima ishlari bilan shug'ullanadi. Aynan shu qatlam bugungi kunda kengaytirilmoqda. Xatoliklar. Bo'lgan xatoliklarni xisobga olish va ularni chetlatish ishlari bilan ham shug'ullanib kelayotgan insonlar ham bor. Halqaro kredit muassasalaridan olingan katta kreditlar yordamida bu dastur amalga oshirilb kelinyapti. Maktabgacha tarbiya, o'rta va oliy o'quv yurtlarida foydalaniladigan adabiyotlar, qo'llanmalar dastur davomida bosqichma bosqich mukammallashtirilib borilmoqda. Jamiyat savodsizlashishi haqida gapirdingiz. Nazarimda bunday sharoitda savodsizlashish muammolariga duch kelishimiz aniq. Ammo, ko'zim oldida o'qishni bitirib kelayotgan jiyanlarimga qarab bu fikrni ayta olamayman. Darhaqiqat, o'qiyman diganiga sharoit yo'q deb ayta olmaymiz. Последний раз редактировалось Abdulaziz Muhammad; 06.10.2010 в 20:26. |
||
|
|
Ответить |
|