|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#791 |
![]() ![]() |
Surat
Mening kimligimni, Bilmaydi hech kim. Men bir g‘alatiman, Men – alohida. Ko‘zimning yoshini Keladi ichgim, Tilimni chaynagim, Kelar gohida. Oy mening yelkamga O‘tirib olgan, Oftob g‘avg‘o solar Yurgan yo‘limga. Xayol tushovidan Chiqolmay qolgan Umrimni topshirib Qo‘ydim ko‘nglimga. Endi toshni tepsam, O‘par izimni, Yerga ag‘anasam – Yer ham devona. Barmog‘in o‘pgandim Suygan qizimni, Qo‘li yonib ketdi Gurillab, mana. Yondi, Yonaverdi Kokillari, so‘ng, Charsillab yuragi Yondi bearmon. Yarmi yonim bo‘lgan Ko‘ylagi bir yeng Ishqning bayrog‘iga Aylandi alvon!.. Va o‘pdim bayroqni Men o‘sha alvon, Olov tan, Olov jon, Olov his-havas. Qizil cho‘g’ to‘shalgan Chimildiq tomon Otdim men o‘zimni Misli o‘tparast. Uyg‘onsam – ko‘rpam kul, Yig‘lar sevgilim. Men seni yig‘la deb Quchgan edimmi? Ayiq bosgan gulday Ezildi ko‘nglim, Yovvoyi o‘rdakka Berdim sevgimni!.. O‘rdak uchdi-ketdi, Mung‘ayib qoldim. Hayratim obketdi Qanotida u. Kim meni aldasa – Xudoga soldim, Mayli, aldanmasin, Hayotida u. Qoldim kulko‘rpamda To‘shagim – tuproq, Yumalab yotaman Ilonlar bilan. Ularga ishondim Bir yordan ko‘proq. Ilon chaqar, Ammo Gapirmas yolg‘on!.. Mening kimligimni Bilmaydi hech kim. Men bir g‘alatiman, Men – alohida. Kiyiklar qonini Keladi ichgim, Chayonni chaynagim Kelar gohida. (Muhammad Yusuf) |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#792 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Hurmatli forumdoshlar, Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin! Chiroyli kutib oldingizmi? Ibodatlaringiz dargohida qabul bo'lishini tilab, quyidagi to'rtliklarni sizlar uchun havola etaman. Zero, ilm olish, yaxshi she'rlardan bahra olish ham bir ibodat ekan...
Ne tilaging bo'lsa, Allohdan tila, Yo'qsa ishing to'xtar, uzayar ohing. Har ishni boshlagin Alloh nomi-la: "Bismillahir rohmanir rohim..." Qur'on sev, o'qishdan hech, sira tolma, Oyat, hadis bo'lsin qalbing gavhari. Shubha qilganlarning safidan bo'lma: "Fala takunanna minal mumtarin..." Haq yo'lidan ayrilma, gar qiyin bo'lar, Poyoniga yetar bir kun muhlating. Alloh to'g'ri yo'lda yurganni bilar: "Vahuva a'lamu bil muhtadin..." Islom bir haqiqat, jannat yo'lidir, Yo'lingni yoritar ixlos va imon. Allohning haq yo'li Qur'on yo'lidir: "Sirotu robbika mustaqiman..." To'g'ri yo'lda yurgan saodatlidir, Allohga yukunar Islom ummati. Ilohim g'aniy va marhamatlidir: "Va robbikal g'aniyyu zurrohmati..." Senga ma'lum ko'ngil siri ham Rabbim, Ilming, qudratingga yo'q zarra tahdid. Shohidsan har bo'lgan narsaga, Rabbim, "Va anta 'ala kulli shay'in shahid..." Alloh ne'matlari aziz naqadar, Lutfiga munosib shukr keltirgin. Alloh shukr qilgan bandasin bilar: "Alaysallohu bi a'lama bishshakarin..." Turk tilidan Abdumurod Xolmurod o'g'li tarjimasi. Hikmat yog'dulari (oyatlarga she'riy sharhlar).T., 2010.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy Последний раз редактировалось Kavsar; 10.09.2010 в 09:40. |
|
Ответить |
![]() |
#793 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
* * *
Агар сени алдаса ҳаёт Сен ноумид бўлма ҳеч қачон. Ғамли кунга қилгин итоат, Хушнуд кунлар келади, ишон! Қалб келажак ишқи-ла яшар; Бу кунимиз қайғу ва доғли: Бари оний, ўтишга шошар, Ўтган эса ҳамиша тотли. А.С. Пушкин, 1825. (Зулфия Исроилова таржимаси)
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy Последний раз редактировалось Kavsar; 10.09.2010 в 13:29. |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#794 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
...ГА
Эсимдадир ажиб дам ҳали: Кўз олдимда бўлдинг намоён, Пок гўзаллик даҳоси каби, Бир лаҳзалик хаёл, тушсимон. Ғам-аламдан дилим ёнганда Тушларимда кўрдим чеҳрангни, Ҳаётдаги бўм-бўш суронда Келиб турди товшинг жаранги. Йиллар ўтди. Исён бўрони Хаёлларим совурди дилдан. Ва унутдим дилбар садонгни, Ўчди азиз чеҳранг ёдимдан. Қувғинликнинг чангида нурсиз Ғамга тўлиб кунларим ботди; Худо, илҳом ва кўз ёшисиз, Ишқ, изтироб, ҳаётсиз оқди. Мана, қалбга ошно бўлди най, Кўз олдимда бўлдинг намоён, Гўзалликнинг соф парисидай, Бир лаҳзалик ажиб тушсимон. Руҳим яна уйғонди бу дам, Яна унда тирилди нажот; Яна дилда Худо ва илҳом, Кўз ёшию муҳаббат, ҳаёт. А.С Пушкин, 1825 (Зулфия Исроилова таржимаси)
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#795 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
* * *
Norizo zi xurshedi? Oftobi xud mebosh! Abr agar nashud chatrat, xud sahobi xud mebosh! Sham'ro namexohi? Xezu sham'i digar shav! Mohro namebini? Mohtobi xud mebosh! Girdi dar chi megardi bo kalidi begona? Qulfro shikan dar xud, fathi bobi xud mebosh! Ey suoli pechida, girdi lab chi mejui? Dastro lash az abru! Xud javobi xud mebosh! Az kitobi mo bayte gar pisandi tab'at nest, Matlae pur az ma'no dar kitobi xud mebosh! Ja'far Muhammad, Tajalli, 2008
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#796 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
* * *
Hama mastandu man yak hamdami hushyor mexoham, Hama xobandu man hamsuhbati bedor mexoham. Dar in manzil, dar in mahfil charog'e nest, nure nest, Man on parvonaam, yak sham'i otashbor mexoham. Ba har joe ki gul binam, ba chashmam mexalad xore Chi botel niyyati doram, guli bexor mexoham. Chahon obod gasht az chug'zu zog'u loshaxor, ammo, Payi ta'miri in vayrona yak me'mor mexoham. Chu Ja'far meravam oluda bo gil, to ravad az dil, Sharobi talxu soqii shakarguftor mexoham. * * * Zaminu osmonlardan, Seni topdim, Seni sevdim, Ayonu noayonlardan Seni topdim, Seni sevdim. Jahonni sarbasar kezdim, sabodek darbadar kezdim, Muqaddas oshyonlardan Seni topdim, Seni sevdim. Umiding birla kun o'tdi, xayoling birla tun o'tdi, Saharlardan, azonlardan Seni topdim, Seni sevdim. Necha yuz bog'ni aylandim, Sening atringga bog'landim, Muattar bo'stonlardan Seni topdim, Seni sevdim. Muhabbat oshkorodir, Samarqandu Buxorodir, Valekin men nihonlardan Seni topdim, Seni sevdim. Na Raydansan, na Yasribdan, na Mashriqdan, na Mag'ribdan, Magarki, Kahkashonlardan Seni topdim, Seni sevdim. Na may qoldi-yu na sog'ar, na devon qoldi, na Ja'far, Qay onlarda qayonlardan Seni topdim, Seni sevdim? Ja'far Muhammad, 2008/2010 (c)
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#797 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
O'y so'ngida bitta chuqur "uh"-
Turmush sari bosh egib yurmoq: Yurak tuzar dunyo bilan sulh, Sulh tuzganday kuz bilan yaproq. O'y so'ngida bitta xo'rsinish, Va yo'llarda qolmoq bemajol. Dunyo bilan sulh tuzr sinish- Qo'l ko'targan mag'lub qo'zg'alon. O'y so'ngida bir noiloj "oh"- Yurakka tik qadalgan pichoq: Bu so'nggi sulh... Suyimla dunyo Sotqinligi sezilgani choq. Qo'llrimda kulim bir hovuch, Yasharkanman ranglarim o'chib. Ichlarimdan chiqmas bir tovush- Har daqiqam umrimning songi... Usmon Azim |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#798 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Boshqa forumda bir singlimiz ushbu she'rni qoldirgan ekanlar, Sizlar bilan o'rtoqlashmoqchiman...
![]() Bir kun malikaga o'xshab qolaman, Gul qadalgan oppoq libos olaman, Muzdek yuraklarga o'tlar solaman, Men baxtli bo'laman, ishonavering. Bir kun ko'z o'ngimda gullaydi bahor, Oyqizlar tegramda aytishar yor-yor, Menga gullar tutar meni suygan yor, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kun mahkam quchib Dadam bo'yini, Singlimga tutqazib erka kuyimni, Yig'lab tark etsam-da ota uyimni, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kun barham topib agar... agarlar, Hovliga to'ladi misli askarlar --- Ayam orzu qilgan kuyovnavkarlar, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kuni yor-yorga to'lar samolar, Yo'limda tutashar ko'kka olovlar, Bobom va buvimdan olib duolar, Men baxtli bo'laman ishonavering... Bir kuni honamga baxtlar to'ladi, Oynadan go'zal bir kelin kuladi, Dadam juft, ayam ham ikta bo'ladi, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kuni yuzimga upolar surib, Boshimga popukli ro'mollar o'rab, Qizchalar chiqishar ro'molcha so'rab, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kuni charog'on bo'ladi kunlar, Guldonda ochilar oq atirgullar, Hovli-ko'chalarga sepkanda suvlar, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kun ULAR uchun sarpo teraman, Ko'zlariga o'tdek yonib turaman, Borsangiz, Sizga ham salom beraman, Men baxtli bo'laman, ishonavering: ) Bir kuni fayzli bir joy tuzataman, Dadajon, Ayajonga choy uzataman. Begimni ko'chaga shod kuzataman, Men baxtli bo'laman, ishonavering: ) Bir kun polvonimga aytsam allalar, Uyimga to'lar so'ng beshik-yallalar, To'ybola Ayasi bo'lgan pallalar, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kun nigohlarim bo'lar bo'lakcha, Orzularim sari baxtdan yo'lakcha, Qizchamga kuydirib atlas ko'ylakcha, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kuni boshimdan yog'ar yog'dular, Meni tark etadi g'amlar-qayg'ular, Farzandlarim uchun qilib orzular, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kun termulsalar ko'zimga kulib, Ko'zlaridan boqiy sevgisin bilib, Begim bekligini duolar qilib, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kuni uzilmas rishta bog'lasa, Bir kuni ishonchlar o'zin oqlasa, Bir kuni... Bir kuni Hudo xohlasa, Men baxtli bo'laman, ishonavering... (c) Maryam
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#799 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
* * *
Bir tutam sochlaring mening qo'limda G'ijimlab o'paymi, yo tarab yechay. Sir deb saqlaganing mening qo'ynimda, Sir deb saqlayinmi yo elga sochay. Sochilgan sochingdek, sochilsa siring,* Anor yuzlaringni kimga tutasan? O'zing-ku, ularda vafo yo'q deding. Tag'in nechun ularga yuzing tutasan? A.S. Cho'lpon, "Sozim" she'riy to'plamidan. * (Badiiy adabiyotda Alliteratsiya san'ati)
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#800 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Yashash
Men o'zimni sevaman, Menga o'zim yoqadi. Endi menga baribir, Kim qanaqa boqadi. To'nim kalta va lekin Yo'qdan ko'ra shukr, bor. Bu dunyoda hech odam, Emas mendek baxtiyor. Gap eshitsam jilmayib, Kaltak yesam kulaman. Chap yuzimga urishsa, O'ngin tutib turaman. Yurak degan qabrga Armonimni ko'mganman, Va ustida bolamga O'yin tushib berganman. Har tong qarab oynaga Deyman mening g'amim yo'q, Men sog'lomman, men zo'rman, Tashvishim yo'q, kamim yo'q. G'animlarim yov lekin, Men ulardan qarz emas, Hech qaysisi jonimni Tikishimga arzimas. Xomush bo'lar ba'zilar, Sochin oqin sanashib, Menga esa turibdi, Ajinlar ham yarashib. Tikan - tikan, gul - guldir, Har narsa o'z holicha, Azizlarim dunyoni Qabul qiling boricha. Oson yashay desangiz Maslahatim olvoling, O'zingizni ozgina Jinnilikka solvoling Yashashga emas, bizni Sinovlarga tashlabdir, Pirim o'shal - kovushsiz, Devonai Mashrabdir. Ko'ylagimni so'rashsa, To'nimni ham beraman, Tikanlarning ichidan Gullolalar teraman. G'am so'zidan o'zimga Shodlik so'zin yasayman, Men shunaqa o'zimni Xursand qilib yashayman.. (Ushbu she'r muallifini bilmayman, ammo Tohir Mahkam juda ajoyib qo'shiq qilib kuylagan. Menga shu qo'shiq rosa yoqadi.) Posted via Mobile Device
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
"+" от:
|
|