|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
![]() |
#1 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Hurmatli Mas'ud aka, Mahsudov. Ramazon oyi, laylatul qadr tuniga atab ham she'rlar yozganmisiz? Menda unday she'rlar yo'q edi, afsuski. Faqatgina Abdujalil Xo'jam shoirning shunday chiroyli she'rlari borligini bilaman. (Hidoyat jurnalida ishlaydilar)
Nigoh va kuz haqidagi she'rlaringiz juda chiroyli chiqibdi lekin.. Ko'proq shunday ajoyib she'rlardan qo'yib bizlarni bahramand etib turasiz degan umiddaman. Yana bir savol bersam maylimi? Shoir sifatida javobingizni bilmoqchi edim. Siz ko'proq tabiatdan ilhom olasizmi? Men ko'proq adabiyotdan, teran-teran ma'noli so'zlardan ilhom olaman. Negadir tabiatdan kam ta'sirlanaman. Bu kecha Laylatul qadr deb eshitdim, agar shunday bo'lsa bu bo'limga kirib ruhiy ozuqa oladigan barcha forumdoshlarga muborak bo'lsin! Tuningiz ibodatla bezangan bedorlik ila o'tsin!.. Javoblar uchun oldindan tashakkur, yangi ijod namunalaringizdan kutib qolamiz. Samimiy hurmat ila..
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#2 | |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Цитата:
Ramazon muborak yana bir bor. Qadr kechasini Siz ham yaxshi o'tkazib oldingiz, deb umid qilaman. Afsuski, Siz so'ragan mavzuda yozmagan ekanman... Imon, e'tiqod haqida ko'p yozilgan, o'qigansiz, ammo, alohida Ramazonga atab yozmagan ekanman ![]() Ilhom masalasida, tabiatdan ilhomlanmayman doim ham, aksincha, inson ruhiyatini tabiat orqali tasvirlashga harakat qilaman... Adabiy asardan ham ruhlanib yozaman, tabiiy.. lekin, anchadan beri (2-3 oy) badiiy kitob qo'lga olganim yo'q... Faqat klassik she'riyatimiz bilan doimo yonma-yonman... Har kuni bo'lmasa-da, kunora Navoiy, Hofiz, Mashrab, Fuzuliy, Bobur, Nodira g'azallarini o'qib turaman... Asosan, Qur'on o'qiyman, eshitaman, undan ortolganim yo'q... Oxirgi o'qigan asarim, "Yulduzli tunlar"ni qayta o'qib chiqdim. Savollar uchun rahmat ![]()
__________________
Мой ЖЖ Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 07.09.2010 в 19:16. |
|
|
Ответить |
![]() |
#3 | ||
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Ёмғир шивалайди,
Сўнгсиз сукунат, Асрдeк туюлар ҳар ўтган оним. Дардларим кимгадир айтмоғим фурсат – Сассизлик ўймоқда тилинган жоним. Ёмғир томмоқда-ю, қалбим ёнмоқда, Томчилар оташни сўндира олмас. Танам руҳим азобидан тонмоқда, Туби йўқ жимликка асаб чидолмас. Ёмғир билдирмайди, кўзимдан зўрға чиқа бошлаётган аламли ёшим. Балки у синамоқ истаб қолгандир, Тугаб бораётган мeтин бардошим Ёмғир юзларимда қолади тўхтаб, Сочим ивиб кeтган – парвоим палак, Қибласин йўқотган дeрвeшга ўхшаб, Уриш-урмасликни билмайди юрак. Ёмғир, тиним билмас, Ёғавeради, Фасллар алмашар, ўтади йиллар. Осмон ўз сувини соғавeради, Айро тушганида қўшалоқ йўллар. Маюс тeрмуламан, Тун билан бирга, Хаёлим ёмғирга қўшилиб кeтди… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
||
|
Ответить |
![]() |
#4 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Сени эслайман-у, хўрсинаман жим,
Қалбимда куз фасли ҳукм суради. Ҳаётдан зериккан хассос юрагим, Билмайман қайдан куч олиб уради. Умид юлдузларим милтирар элас, Юзим-чи, хазон барг каби заъфарон. Сен билган мен энди асло мен эмас, Сен билган кошона кўнгил ҳам вайрон. Ўзимни бахтиёр кўрсатиб, кулиб, Тушкунлик хиссидан қочсам-да йироқ. Дил аёзда қолган гул каби сўлиб, Қиш томон тобора бўлар яқинроқ... Кўнглим жуда совиб кетади баъзан, Шунда мен аламим майдан оламан... Гар шароб тугаса, билмайман ҳолим, Менимча, совуқдан музлаб қоламан... Кетаман мангуга... исинмоқ учун (C)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
![]() |
#5 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Yana bir tun o’tar umrim opichib –
Ma’yus oy yuzini bulutlar to’sgan. Yana bir tun o’tar orzumni quchib – Shunday kechalarda umidlar o’sgan... Uyquga begona ko’zlarim giryon; Siyoh ko’k qo’ynidan qidiradi nur. Islagan ilinjin topmayin hayron, Muzlagan ko’z yoshdan yasaydi billur... Sog’indim... boshqa so’z kelmas xayolga, Qo’msadim beg’ubor bolaligimni. Qaniydi, ko’rsatsam baxtu iqbolga, Sog’inchga aylangan shu yuragimni... Sog’indim, Imonga yaqin kunlarim, Jonajon do’stlarga talpinadi dil. Duoda osmonga yetar unlarim, Ertamni o’ylasam yorishar ko’ngil... Sog’indim, indinim, kelajagimni, Ichimni nimadir o’rtaydi tinmay. Sog’indim yig’lashim, kulajagimni, Peshona taq etsa, dosh berib, sinmay... Umrimning parchasi har bitta taqdir, Har qismat oldida bosh egaman jim. Intiq qalb ko’ksimda titraydi dir-dir, Yaxshilar, Sizlarni juda sog’indim... Yana bir tun o’tar umrim opichib – Ham burkab sog’inchga ruhim, tanamni... (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
![]() |
#6 | |||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
![]() |
Цитата:
Соғинч Файз.... ....... Дўстлар билан йўлга чиққанда, Олдимда икки йўл қайсидан юрай? Орзу умидларим йўққа чиққанда, Гуноҳин, савобин қандайин билай? Ана ўша чоғда сен*и соғиндим мен! Қайда-қачон қилдим, ҳато билмасман, Билмасман нега, балки ишқдан мастман? Ман меёрин билмасман, балки қастдан Сен* буюк танҳо, мен нақадар пастман. Ана ўша чоғда сен*и соғиндим мен! Сен*инг ишқингла йиғлади қалам, Оппоқ қоғозни босди қора ғам. Сен* унутмадинг, мен эса ҳар дам, Кулиб алдашса, қиларкан алам. Ана ўша чоғда сен*и соғиндим мен! * - Аллоҳ азза ва жалла
__________________
Nur bor joyda soya bor. |
|||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#7 | |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Цитата:
She'ringiz juda chiroyli ekan. Meni ham oldin yozgan bir she'rimni yodimga soldi. Sog'indim Men O'znigni sog'indim Rabbim, Cho'llarda qaqragan yantoq misoli. Ildizim yerning ostidadir, men, Hamon sog'indim tomchi visolin. Aqlimga o'raldi, dunyo ummoni, Fikrimga g'arq edi shamol to'zoni Har zamon bir "Oh" tortdi-yu jonim, Qalbimni chulg'adi nafsim o'rmoni. Men O'zingni sog'indim, Rabbim, Juftidan ayrilgan qirg'oq misoli. Izlayman, sog'inchim yo'lingda garov, Chunki men inidan yiroq chumoli... Borliq havasiga qo'ngan qismatim, O'zila, dardimni oldi-yu, ketdi. Uning bu olamda shudir xizmati, Dardimni chamanga soldi-yu, ketdi. Men O'zingni sog'indim, Rabbim, Sog'indim, mahzuna bir "mim" misoli. Sen "Mim"ni boshidan ayirma, Rabbim, U mening qalbimda ishqning timsoli. K. (c) 27.04.2010 Izoh: Darhaqiqat, Haq bizning bo'yin tomirimizdan ham yaqinroqdir. Bu kabi she'rda esa Rabbini sifatini ko'rganlikka da'vo qilinyapti deb tushunilmasligimiz kerak. To'g'ri Uning hech bir sifati haqida ilm hosil qilmagan bo'lsak-da, bu o'rinda, o'z nafsiga ergashib, ruh ma'naviyatidan uzoqlashib yoki o'zga kishilarning ozoridan charchab Yaratuvchisiga yukungan, poklikni, hurlikni sog'ingan kishini tasavvur etsak to'g'riroq bo'lar edi, menimcha... (Chunki Sen Haqni ko'rganmisan sog'indim deysan degan e'tiroz paydo bo'lishi mumkin. Javob: Haqni har qancha qalbimizdan o'rin olmasin, sog'inmay bo'larkanmi?!... )
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy Последний раз редактировалось Kavsar; 10.09.2010 в 10:07. |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
|