Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 29.08.2010 13:26   #11  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan

Nigohlaring bunchalar mungli,
Nigohlaring yoradi toshni,
O’rtantirib jonsarak ko’nglim
Sinaysanmi sabru bardoshni?

Nigohlaring qat’iy va sergak,
Kipriklaring – chegarachilar.
Kamon otib sarhadim tergab,
Paykonlari bag’rimni tilar.

Nigohlaring o’ychan, parishon,
Bir nuqtaga termulasan jim.
Tez orada shubhasiz, ishon,
Shu nuqtaga aylanib qolgum...

Nigohlaring bu qadar ma’sum –
Shabnamlardan olganmisan yo?
Yo ko’zdagi yoshmi u yum-yum,
Javob bergin, ey, mehridaryo...

Nigohlaring shodon, beg’ubor,
Bola kabi hayron boqasan.
Va bolajon qalbimga dildor,
Shu sababmi, juda yoqasan...

Nigohlaring taftlari quyosh,
Kunduz nuri bilan siylaydi.
So’ngra ko’nglim sirin etib fosh,
Tunlar sog’intirib qiynaydi...

Nigohlaring to’la istara,
Isinaman,
Tashakkur aytib.
Muzliklarga ketgandim, mana,
Keldim yana yoningga qaytib...

Nigohlaring olar jonimni,
Aylantirar tezroq qonimni,
Imkon bo’lsa, unga almashgum,
Chinu Mochin va Jurjonimni...

Shu nigohdan joy ber, iltimos...


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
 

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх