|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#51 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
|
|
|
Ответить |
![]() |
#52 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
|
|
|
Ответить |
![]() |
#53 |
Saylanma. Shavkat Rahmon
![]() Muallif: Shavkat Rahmon Hajmi: 713 Kb Fayl tipi: pdf, zip ![]() Online o'qish |
|
|
Ответить |
8 "+" от:
|
![]() |
#55 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Esdalik
Unutganim yo'qdir hali o'rikzorni, asov soyni, soy bo'yida ko'zdan holi baqaterak o'sgan joyni. Unutganim yo'qdir hali o'yinqaroq zilol suvni, tol tagida shom mahali g'ira-shira ikki quvni. Yodimdadir o'shal damlar, kulgularing edi so'lim, hali yiroq edi g'amlar, dunyoda yo'q edi o'lim. Qovjiradim yoz guliday sog'ingancha o'shal joyni, xoli kecha, yetim hulvo, yarqiragan ulkan oyni... Shavkat Rahmon |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#57 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Oy sinig'i to'la suvloqqa
sharsharaday quyilgan yollar. Bu yollarni silar mehribon shabadalar - ma'yus ayollar. Ko'k yollarin suvga botirib ne zamonki, suv ichar otlar. Atrofdagi ko'm-ko'k adirlar- o'tovlarda botirlar yotar... Biroq tunda o't-maysalarga to'kiladir kimning yoshlari? Nega suvdan bechora otlar ko'tarolmas og'ir boshlarin? Nima bo'lgan ularga, axir, yo sehrlab qo'yganmi suvloq? Nega jimlik bosgan vohada beg'am uxlar botirlar uzoq? Shavkat Rahmon |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#58 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Men yo'g'imda...
Gullar ochilar tashna bo'lib salqin yerlarga. Mayin, tiniq bo'ylar sochilar yolg'izoyoq, sokin yo'llarga. Men yo'g'imda... Tikilib yo'lga xo'rsingaydir yalang qoratol. Xotirlardan faromush bo'lgan buloqlarning ko'zida malol. Men yo'g'imda... Yovqur shamollar og'ushida rayhon kuladi. Guzarlarda mudragan chollar bir kechada g'oyib bo'ladi. Men yo'g'imda... Fig'on etarmish ko'kka qarab karnay-surnaylar. Men yo'g'imda tashlab ketarmish Farg'onani oppoq turnalar. Shavkat Rahmon |
|
Ответить |
|