Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov
... "х" ва "ҳ" ҳарфларининг ўрнини алмаштириб ёзишда сурункали хатоликларга йўл қўядиган дўстларимиз...
|
Domla,
"х" va "ҳ" harflarining o'rnini almashtirib yozishda xatoga yo'l qo'ymaslikning birorta yo'li bormi?
|
Бу саволга юқорида жавоб берганман-ку. Яъни, ўша ҳарфлар билан ёзиладиган сўзларни ёзаётганда "Ўзбек тилининг изоҳли луғати" китобига бир қараб қўйилса оламгулистон!
Энди, шу икки ҳарф ўрни алмашганида кўп сўзларнинг маъноси бутунлай ўзгариб кетишини яхши биласиз...
|
Domla,
yuqorida mening savolimga hech qanaqa javob yo'q. Sizning gapingizdan olingan iqtibos va mening savolimni qaytadan o'qisangiz, savol mohiyati siz uchun oydinlashardi.
Ya'ni, siz tepada
"х" ва "ҳ" ҳарфларининг ўрнини алмаштириб ёзишni o'zingiz bilib-bilmay to'g'ri narsaga chiqarib qo'yayapsiz.
Axir, aslida xato bo'lgan narsada qanaqa qilib yana surunkali ravishda xatoliklarga yo'l qo'yish mumkin?..
Gapning lo'ndasi, hurmatli domla, gap tuzishda qo'pol xatoga yo'l qo'ygansiz. Mana shunga hazilona ohangda ishora qilgandim xolos...
Salomat bo'ling!